Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

tuz

yuz

uz
qofiya vazifasini bajargan. Birinchi
ikkinchi hamda to‘rtinchi misralarning qolgan so‘zlari radif 
vazifasini bajarmoqda:
Tuz
oh
Zahiriddin Muhammad Bobur 
Yuz
oh
Zahiriddin Muhammad Bobur 
Ilmi qofiyada qofiyaning bu shakli bosh qofiya deb yuriti-
ladi. Biz qofiyani misra oxirida ko‘rishga ko‘nikib qolganmiz. 


175
Mazkur misolda esa u misraning boshida turibdi. Bunday 
hodisalar o‘zbek tilining ifoda imkoniyatini ko‘rsatishiga ko‘ra 
ham e’tiborlidir.
Ruboiylarda taxallusni qo‘llashga ko‘ra ham Bobur boshqa 
shoirlardan ajralib turadi.
She’rning mazkur shaklda yaratilishi har ikki misradagi 
so‘zlarning takroriga tayangan yuksak ohangdorlikni hosil 
qiladi. Natijada yoqimli musiqiy ohang, takrorlanmas she’riy 
jarang yuzaga keladi.
Ruboiydagi uchinchi misra, ko‘pincha yakunlovchi misra 
uchun munosib tayanch vazifasini bajaradi. Mazkur ruboiy 
ham shunday tuzilgan. Unda yaxshi kishining hech qachon 
yomonlik ko‘rmasligi ta’kidlangan.
E’tibor berilsa, ruboiyni mazmuniga ko‘ra ikki qismga 
ajratish mumkin. Birinchi qismda, umuman, har qanday 
odam haqida gap boradi. Ular umumlashgan obraz sifatida 
tasvirlangan. Ularning bir guruhi vafodorligi, ikkinchi toi-
fasi jafokorligi bilan «mashhur». Keyingi ikki misrada esa 
nisbatan aniqroq shaxslar: yaxshi va yomon odamlar tilga 
olingan. Ruboiydagi asosiy tasvir vositalari – so‘z takrori 
va tazod. Ular vositasida har bir harakat va uning natijasi, 
olam dagi sabab va oqibat munosabatining taso difiy bo‘lmasli-
gi ta’kidlanmoqda. Boburning ko‘pgina g‘azal va ruboiy 
larida 
bo‘lganiday, bu yerda ham yaxshilik qilishga un 
dash, yo-
monlikdan uzoqlashishga da’vat asosiy o‘rin tutgan. Muhimi, 
ular quruq pand-o‘git emas, balki yuksak badiiyat libosida 
taqdim etilgan. 
Bobur hayotda kutilmagan sinov va mashaqqatlarga duch 
keldi. U hayot zarbalarini juda erta yoshligidan ko‘rdi. 
Shunga qaramay, uning lirikasida hayotsevarlik, odamga va 
butun olamga bo‘lgan qizg‘in muhabbat, chuqur samimiyat 
juda yorqin tarzda o‘z aksini topdi.
Bobur asarlari o‘zbek she’riyatining, o‘zbek nasrining, 
o‘zbek adabiyotining Navoiydan keyingi eng go‘zal, eng 
nurli sahifalarini tashkil etadi. Ularning barchasi nihoyat-
da go‘zal va ta’sirchan, takrorlanmas bir shaklda namoyon 
bo‘lgan. Ular o‘zbek tilining kuch-qudrati, ichki imkoniyat-
larini ko‘rsatib bera olishiga ko‘ra ham bebahodir. 


176
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Bobur ruboiylari o‘zbek ruboiynavisligi taraqqiyotida alo-
hida bir bosqichni tashkil etadi. Ularda falsafiy teranlik, 
ijtimoiy ho disalarga uyg‘unlik, hayot rang-barangligining nafis 
ifodalari, ayni paytda, o‘zbek tilining o‘ziga xos ifor va 
tarovati takrorlanmas bir tarzda mujassamlashgan.
Bobur nazarida olamning munavvarligi odamning istaklari, 
shu istaklarning amalga oshishi bilan bog‘liq. Agar inson 
istaklari, tilak va xohishlari amalga oshsa, bu olam yanada 
go‘zal bo‘ladi, aksincha holatda esa olam uning ko‘zlariga 
tor va qorong‘i ko‘ri 
nishi mumkin. Unda bunday kishiga 
olamda yashashning ma’no va mazmuni yo‘qoladi:
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar o‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
Ruboiylarda insoniy fazilatlar, o‘zaro hamjihatlik, umr-
ning qisqaligini nazarda tutib, uning qadriga yetish g‘oyalari 
tarannum etiladi:
Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz!
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!
Chun gardishi charx bu durur, Tengri uchun
Bir-birni necha kun g‘animat tutungiz!
Ruboiydagi murojaat shakli (
ahbob
– do‘stlar, yorlar), 
fe’ldagi ikkinchi shaxs ko‘plik qo‘shimchasining takrorlanishi 
uni ko‘ngilga juda yaqin qilib qo‘yadi. Unda qo‘llangan 
so‘zlar 
ning og‘zaki nutqdagi faolligi esa tinglovchini o‘ziga 
rom qiladi.
Bobur ruboiylari ushbu janrning o‘zbek adabiyotida yana-
da mustahkam o‘rin olishi, uning takomili va rivojida 
alohida bir bosqich bo‘ldi. Adib ruboiy janri imkoniyat-
laridan unumli foydalanib, uning mavzu qamrovini ken-
gaytirdi. Ayniqsa, Vatan, yor, g‘urbat, ayriliq, ona yurtga 
mehr va sadoqat Bobur ruboiylarining o‘zagini tashkil etadi. 


177
Ruboiylarning tili sodda, ulardagi tuyg‘ular samimiy, ifodalar 
yengil, shuning uchun adib tasvirlagan tuyg‘ular kitobxonga 
tez «yuqadi», uning qalbida ham o‘ziga xos aks-sado beradi.
Bobur ruboiyni dubaytiy va tarona degan nomlar bilan 
ham yuritilishini, ruboiy vazni hazaj ekanini ko‘rsatadi. 
Bobur o‘zbek tilining tarovat va nazokatini juda te-
ran angla 
gan, nozik tushungan. Adib o‘zbekcha so‘zlarning 
ma’no tovlanishlaridan zavq tuygan. Shu zavqning boshqalar 
tomonidan tuyulishiga ham imkon bergan. Tuyuqlar bu ji-
hatdan alohida e’tiborga molik.
Ulki har ko‘zi g‘izoli Chin durur,
Qoshida payvasta oning chin durur.
Chunki ul ko‘p yolg‘on aytti ul menga,
Gar desam yolg‘onchi oni, chin durur.
Bu yerda tajnisga olingan so‘z 
chin
dir. Birinchi baytda 

g‘izoli Chin
birikmasida kelmoqda. Birikmaning ma’nosi 
«Chin (Xitoy) ohusi» demakdir. Ikkinchi misradagi 
chin
qoshlarning o‘rtasida paydo bo‘ladigan tirish, burishiqlar, 
ajinlarni anglatadi. Oxirgi baytdagisi esa «haqiqat», «rost» 
degan ma’nolarni bildiradi.
Tuyuq – adabiyotimizdagi to‘rtlik shakliga tayanadigan 
go‘zal lirik she’rlardan biri. U aruzning ramali musadda-
si maqsur vaznida yoziladi. Tuyuqning shakliy ko‘rinishlari 
xilma-xil. Bobur 
ning o‘zi uning yetti turini misollar bilan 
ko‘rsatib bergan. Ulardan biri har to‘rt misradagi qofiyada 
ham tajnis qo‘llash bilan bog‘liq. Tajnis shakldosh so‘zdir. 
Ularning ma’nosi har xil bo‘ladi. Tilshunoslikda u omonim 
– shakldosh so‘z deb yuritiladi. 
Tuyuqning vazni ramali musaddasi maqsur yoki mahruf 
bo‘ladi:
– v – –
– v – –
– v –
fo i lo tun
fo i lo tun
fo i lun
– v – –
– v – –
– v –
fo i lo tun
fo i lo tun
fo i lun


178
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə