Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix03.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#88615
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Xalqchillik tushunchasini izohlang. 
2. Xalqchillik xususiyatlari. 
3. Xalqchillik va tarafkashlik atamalarini izohlang. 
4. Xalqchillik, milliylik, tarafkashlik. 
5. Mazkur atamani o`zbek adabiyoti misolida tushuntiring. 
6. Sizningcha badiiy adabiyot qanday bo`lishi kerak? 
7. Masalaning o`rganilishi. 


8. «Sof san’at» tushunchasi. 
9. Xalqchillik va milliylik qanday namoyon bo`ladi? 
10. Qanday asar xalqchil hisoblanadi? 
11. Tarafkashlik tushunchasi. 
12. Tarafkashlikning adabiyot va san’atda namoyon bo`lishi. 
13. Adabiyotning umuminsoniyligi. 
14. Tarafkashlikning salbiy jihatlari. 
15. Adabiyot va jamiyat. 
16. Mumtoz adabiyotda tarafkashlik. 
17. Tarafkashlik va uning XX asr adabiyotiga ta’siri. 
18. Adabiyot - san’atdir. 
19. Milliy mafkura va adabiyot. 
20. Istiqlol davri adabiyoti. 
TAYANCH IBORALAR: 
1. Xalqchillik. 2. Xalqchillik xususiyatlari. 3. Tarafkashlik.
4. Xalqchillik va tarafkashlik. 5. Adabiyot va jamiyat. 
ADABIYOTLAR: 
1.U.Normatov. Mafkuraviy-siyosiy tayziq va iste’dod qudrati. Jahon adabiyoti, 2000 
yil, aprel. 
2. Mustaqillik: Til va adabiyot. Anketa savollariga javob. O`zbek tili va adabiyoti. 
2001 yil, 

4.
BADIIY ASAR SYUJeTI VA KOMPOZITSIYASI 
ReJA: 
1. Syujet ta’rifi. 
2. Syujetning ichki tuzilishi. 
3. Syujet tiplari. 
4. Badiiy asar kompozitsiyasi 
M.Gorpkiy 
syujetni 
«aloqalar, 
qarama-qarshiliklar
simpatiyalar 
va 
antipatiyalar va umuman kishilarning o`zaro munosabati u yoki bu xarakterning 
o`sishi va tashkil topishi tarixi», - deb ataydi. Syujetga xarakterlarning kechinmalari 
tarixi ham kiradi. Arastu fabulani go`-zallikning hajmi va tartibi deydi. Fabula 
voqealardagi keskin bu-rilishlardir, voqeaning bir maromdan boshqa maromga birdan 
o`tishidir deydi. Fabulaga tugun bilan echimni kiritadi. Demak, syujet asardagi 
voqealar oqimidir, ularning bir-biriga bog`lanishidir, undagi aloqalar, qarama-
qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, ana shu tarixning bosqichlaridir, 
asardagi tuyg`u va kechinmalarning mantiqiyligidir.
Badiiy asarlarda voqealar borishida, xarakterlar taqdirida birdan kutilmagan 
keskin o`zgarishlar bo`ladi. Bu esa asarda yangi-yangi tugunlarni keltirib chiqaradi, 
kitobxonda qiziqishni kuchaytiradi. Ana shu tugun va echimlarda xarakterlar mantiqi, 
voqea va xarakterlar rivojlanishi tarixi namoyon bo`ladi. Tugun va echimlar o`z-
o`zidan xa-rakterlar rivojlanishini ko`rsatmaydi. Xarakterlar va voqealarning 
rivojlanishi tarixi ana shu momentlar vositasida ochiladi. 
Syujetni qarama-qarshiliklar, xarakterlarning rivojlanishi tarixi, asardagi 
voqealar oqimi deb ta’riflashda asosan yirik nasriy va dramatik asarlarga xos 
xususiyatlar ko`zda tutilgan. Vaholanki, lirik asarlarda xarakter bo`lmaydi. Bo`lganda 


ham ularning rivojla-nishi tarixi ko`rsatilmaydi, kichik janrlarda voqealar 
berilmasligi, ularning oqimi ko`rsatilmasligi mumkin. SHuning uchun ham syujet fa-
qat asardagi voqealar oqimi, xarakterlarning rivojlanish tarixigina emas, asardagi 
tuyg`u va kechinmalar oqimi, ularning rivojlanish mantiqi hamdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə