Adabiyotshunoslik asoslari fanining ob’ekti va vazifalari


Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” fan sifatida” nomli maqolasida adabiyotshunoslik haqida shunday deydi



Yüklə 18,78 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü18,78 Kb.
#142051
1   2   3
Adabiyotshunoslik asoslari fanining ob’ekti va vazifalari

Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” fan sifatida” nomli maqolasida adabiyotshunoslik haqida shunday deydi:
1. Adabiyotshunoslikning diqqat markazida dastavval adabiyotning eng yaxshi namunalari, ya’ni klassik asarlar va klassik yozuvchilar ijodi turadi. Ana shunday asarlar va yozuvchilar ijodi tahlili jarayonida badiiy adabiyotning qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari kashf etiladi.
2. Adabiyotshunoslik tarixiy-adabiy jarayon – adabiyotning ma’sum bir davrda rivojlanish haroiti va yo‘llarini o‘rganadi, qonuniyatlarini ochadi.
3. Adabiyotshunoslik adabiyotni yaratuvchilarning o‘zlarining adabiyot va tarixiy –adabiy jarayon haqida aytgan fikrlari ham hisobga oladi, ularga tayanadi. Demak, adabiy klassika, buyuk yozuvchilarning adabiyot haqidagi fikrlari, tarixiy-adabiy jarayon va uning hamma arboblari faoliyati, ijodiy mahsuloti – adabiyotshunoslikning ob’ektidir.


Fanning tuzilishi, mazmuni va vazifalari
Adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi biridan, adabiy jarayonni, adabiyot taraqqiyoti an’analari, qonuniyatlari- chuqur o‘rganishdan iborat. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyoti zamon talablari asosida tinimsiz rivojlanib borishga va xalqqa xizmat qilishga da’vat etadi. Ikkinchidan, adabiyotshunoslik kitobxonning estetik didini shakllantirishga, uni nazariy jihatdan qurollantirishga xizmat qilishi kerak”.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ikkiga bo‘linadi:
I. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari:
1. Adabiyot nazariyasi – so‘z san’atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi o‘rni va rolini, o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
2. Adabiyot tarixi – so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq etadi. Kishilik jamiyatining rivojida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish ko‘radi va, ayni chog‘da, uni yangi ilmiy xulosalar bilan boyitadi.
3. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o‘z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o‘z zamonasining ijtimoiy talablari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi.

Yüklə 18,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə