Adabiyotshunoslik


yaxshi  o‘zlashtirmasdan



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/70
tarix26.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#131682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

 
yaxshi 
o‘zlashtirmasdan
 
turib, ilmiy ishlar yuzaga kelmoqda. Bu esa 
komparativistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning umumiy savi
­
yasiga ta’sir qilmoqda. 
Aynan shu ehtiyoj tufayli mazkur o‘quv qo‘llanma yaratildi va 
asosiy e’tibor qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga qa
­
ratildi. Bundan tashqari, qiyosiy adabiyotshunoslik mohiyatini 
yorqin misollarda ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda amalga 
oshirilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ulardan ayrim namunalar ham 
berildi. Shuningdek, jahon adabiyotshunosligida tanilgan kom
­
parativist olimlar va ular yaratgan ilmiy asarlar haqida ham qis
­
qacha axborot berildi. 
Albatta, o‘z fikrlarimizni yoritishda bizdan oldin bu borada 
bildirilgan Yevropa, Rossiya, o‘zbek olimlarining nazariy qarash
­
lariga tayandik. Ayniqsa, N.Konrad, M.Jirmunskiy, A.Dyurishin, 
I.Neupokoyeva, A.A.Kokorin kabi olimlarning fikr mulohazalari 
biz uchun metatekst vazifasini bajardi. Shuning uchun bizga 
qadar qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyasi va metodologiya-
sini shakllantirgan barcha olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni 
bildiramiz. 


6
7
1-mavzu:
FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA:
MAZMUNI VA MOHIYATI
Reja:
1.1. Filologik komparativistika haqida tushuncha
1.2. Adabiy komparativistikaga xos xususiyatlar
1.3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Tayanch tushunchalar: 
komparativistika, qiyosiy adabiyot
-
shunoslik, qiyosiy-tarixiy metod, D.Dyurishin, A.N.Veselovskiy, 
N.Konrad, I.Neupokoyeva, makro va mikrokomparativistika.
Komparativistika (lot.comparativus – qiyosiy) turli xil ja
­
rayonlarning qiyosiy o‘rganilishiga asoslangan fan yo‘nalishi 
bo‘lib, boshqa sohalar qatorida til va adabiyotni ham qamrab 
oladi.
Mazkur termin birinchi marta Fransiyada («littérature 
comparée», 1817), keyin Angliyada («Comparative literature» 
1886), Germaniyada (jurnal nomlanishida «Zeitschrift für ver
­
gleichende Literaturgeschichte», 1887–1910), Rossiyada (1889 
yil A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida) qo‘llanila boshlangan.
Filologik komparativistika til va adabiyot sohasida olib bo
­
riladigan qiyosiy tadqiqotlardir. Shu jihatdan filologik kom
­
parativistika ikkita katta guruhga ajratiladi: 
1. Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik.
2. Adabiy komparativistika – qiyosiy adabiyotshunoslik.
Lingvistik komparativistika, bir-biriga yaqin bo‘lgan va ya
­
qin bo‘lmagan tillarni turli yo‘nalishlarda qiyosan o‘rganishni 
maqsad qiladi. «Tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, 
ularga tarixiylik jihatidan yondashish kabilar qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohi
­
da, mustaqil fan sifatida qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi»
1

Adabiy komparativistika barcha adabiy hodisalarning mush
­
tarak va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi va ular uchun umumiy 
bo‘lgan qonuniyatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə