Adabiyotshunoslik


Qiyosiy tahlil obyektlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/70
tarix26.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#131682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy tahlil obyektlari
tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy ob-
yektlarga bo‘linadi. Ushbu uchta nisbatan mustaqil hodisa lar 
guruhlari bir-biriga uyg‘un bog‘langan. Aynan ular bir bu
­
tunlikda inson yashaydigan muhitni shakllantiradi va badiiy 
adabiyotda obraz shaklida o‘z ifodasini topadi. 
Tabiat hodisalarining nisbatan mustaqilligiga qaramay
ular odamlarning ijtimoiy hayotiga jalb qilinganidan keyin
­
gina qiyoslash obyektlariga aylanadi. Boshqacha aytganda
tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili bilan odamlar shug‘ullan
­
gani bois ular o‘z manfaati va qarashlaridan kelib chiqib, unga 
o‘zlarining ijtimoiy xususiyatlarini singdiradilar. Buning nati
­
jasida tabiat hodisalarining qiyosiy tahlili ma’lum darajada ij
­
timoiylashadi. Shunday qilib, ijtimoiy omillar ta’sirisiz tabiat 
hodisalarini qiyoslash mexanizmi mavjud bo‘la olmaydi.
Qiyosiy tahlil obyektlarining ikkinchi guruhini 
ijtimoiy ho di-
salar
tashkil etadi. Ularning qiyoslash metodi o‘z xususiyat lariga 
ega. Bunda tahlil maydoni kengayadi, qiyosiy tahlil ko‘r sat-
kichlari soni ortadi. Sababi, bu o‘rinda ijtimoiy taraqqiyot qo-
nunlari, ijtimoiy munosabatlarning barcha guruhlari: iqtiso diy, 
siyosiy, ma’naviy-g‘oyaviy, huquqiy, ilmiy-texnik, axborot, har-
biy, ekologiya va boshqa ko‘plab munosabatlar e’tiborga olinadi.
Ma’naviy-g‘oyaviy
masalalar qiyosiy tahlil obyektlarining 
uchinchi guruhini tashkil etadi. Bu jarayon ma’naviy-g‘oyaviy 
soha obyektlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bog‘liq.
Demak, badiiy adabiyotda mavjud tabiiy, ijtimoiy va ma’-
naviy-g‘oyaviy hodisalar – qiyosiy tahlil obyektlaridir. Ammo 
bu obyektlar o‘ziga xos bo‘lib, ular o‘zining bir qator xususi
­
yatlarini hisobga olishni talab qiladi.


16
17

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə