Adabiyotshunoslik


Qiyosiy tahlilning vazifalari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/70
tarix26.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#131682
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Qiyosiy tahlilning vazifalari
Ilmiy adabiyotlarda izohlanishicha, qiyosiy tahlilning gno
­
seologik, mantiqiy, metodologik, metodik, akseologik kabi va
­
zifalari mavjud
1
. Boshqacha aytganda, biz adabiy hodisalarni 
qiyoslash jarayonida, albatta, shu bosqichlardan o‘tamiz.
Qiyosiy tahlilning gnoseologik vazifasi
. Uning mohiyati 
va asosiy maqsadi, qiyoslash obyektlari haqida yangi bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Bu orqali biz quyidagi natijalar
­
ga erishamiz:
Birinchidan,
qiyosiy tahlil jarayonida, har bir taqqoslanadi
­
gan obyekt haqida yangi ma’lumot olamiz.
Ikkinchidan,
qiyoslanayotgan adabiy hodisalarning o‘zaro 
ta’siri haqida yangi tushunchalarga ega bo‘lamiz.
Uchinchidan
, agar obyektlarni taqqoslash jarayoni yetarli 
darajada to‘liq va aniq bo‘lsa, unda ularning o‘tmishi, buguni 
va kelajagi haqida umumiy tasavvur hosil qilamiz. Shu bilan 
birga qiyoslash metodikasi nazariyasini boyitamiz.
Qiyosiy tahlilning mantiqiy vazifasi.
Adabiy hodisalar-
ni taqqoslash jarayonida mantiqiy qonun-qoidalar ifodasi. 
Qiyosiy tahlil jarayonida mantiq talablaridan uzoqlashmaslik 
uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
1.Turli xil asosga ega adabiy hodisalarni taqqoslash man
­
tiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘pincha adabiy hodisalarni qiyosiy 
tahlil etish uchun turli asoslar tanlanadi. Bu hol yuz berganda 
– qiyoslash jarayoni o‘zining aniqligini yo‘qotadi. U ko‘p jihat-
dan predmetsiz, demak, samarasiz bo‘lib qoladi. Qiyoslash 
uchun aniq asos bo‘lishi kerak. To‘g‘ri kelgan narsani bosh
­

Минералов Ю.И. Сравнительное литературоведение (Компаративистика). Учебник. 
– М.: Юрайт, 2018; Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение // Изб. тр. – М.: 
Наука, 1979; Кокорин А.А. Сравнительный анализ: теория, методология, методика. – М.: 
МГОУ, 2009.
qasi bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Masalan, syujetni syujet bilan, 
asar tilini boshqa bir asar tili bilan qiyoslash mantiqan to‘g‘ri 
bo‘ladi; 
2.Obyektlarga aloqasi bo‘lmagan ma’lum bir vaziyatlar tah-
lildan olib tashlanmasa, kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi;
3.Qiyoslash jarayonida ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklar
­
ga uchrash mumkin, bu tabiiy. Hatto, o‘ta qarama-qarshi 
bo‘lgan personajlarda ham albatta, mantiqqa zid bo‘lmagan 
umumiy tomonlar topiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə