Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix26.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#131682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

Fanning vazifasi 
qiyosiy-tarixiy metod va uning asoschilari, 
asosiy tushunchalari; makro va mikrokomparativistika; Sharq 
va G‘arb adabiy aloqalari, tarjima tanqidi, badiiy matn ning qi
­
yosiy tahlili mezonlari kabilar haqida nazariy bilim berish va 
tadqiqotchilarda adabiy hodisalarni qiyoslash va chog‘ishtirish 
ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.

Дюришин Д. Теория сравнительного изучения литературы. – М.: Прогресс, 1979. – С.69.
O‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti Ilmiy kengashining 2019-yil 28-avgustdagi 1-sonli 
qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.


4
5
Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba, magistr va tad-
qiqotchilar:
– qiyosiy tadqiq metodologiyasi va uning asosiy tushuncha
­
larini izohlay olishi;
– qiyosiy adabiyotshunoslikka oid asosiy adabiyotlarni va 
ular ning qisqacha mazmunini bilishi;
– tarjima, tarjima turlari, tarjima tanqidi haqida umumiy 
tasavvurga, original va tarjimani qiyoslashga oid muayyan bi-
limga ega bo‘lishi; 
– qiyoslash orqali adabiy hodisalarning umumiy va xos to
­
monlarini aniqlash, poetika, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir 
ma salalarini tahlil qilish bo‘yicha malakalarni egallashi lozim. 
Qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni qiyosan o‘rganish 
metodologiyasi va tamoyillari bo‘yicha Yevropa, Rossiyada juda 
ko‘p darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Ular adabiy kom
­
parativistikaning turli xil masalalariga bag‘ishlangan. Ammo 
o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada hanuz darslik yaratilma
­
gan. Shuningdek, qiyoslash metodining yaxlit nazariyasi, meto-
dologiyasi va metodikasi ishlab chiqilmagan. Qiyoslash usulining 
tahlil, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolarga munosabati va 
o‘zaro aloqasi borasida muayyan to‘xtamga kelinmagan. Nimani, 
qachon, nima bilan, nima uchun qiyoslasa bo‘ladi, kabi savollarga 
o‘zbek adabiyotshunosligining zamonaviy nazariyasi bizga to‘liq 
va aniq javoblar bermagan. 
D.Bahronovaning ispan tilidagi, A.Qosimov, A.Hamroqulov, 
S.Xo‘jayevlar birgalikda tayyorlagan o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llan
­
malarini bu boradagi dastlabki qadam sifatida baholash mumkin
1

Mazkur qo‘llanmalarda sohaning taraqqiyot bosqichlari, asosiy 
adabiy aloqa turlari hamda qiyosiy tahlil masalalari yoritilgan. 

Bakhronova D. Literatura comparada. – Tashkent: Turon, 2019; Qosimov A., Hamroqulov 
A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2019.
O‘zbekistonda har yili «Qiyosiy adabiyotshunoslik, cho-
g‘ish tirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (10.00.06) ixtisos
­
ligi bo‘yicha o‘nlab ilmiy tadqiqotlar qilinayotganiga qaramay, 
o‘quv-metodik manba yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoq
­
da. Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasini

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə