Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади



Yüklə 310,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix30.12.2023
ölçüsü310,83 Kb.
#166070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади

 
 
 
 


12 
 
KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI BIRLAMCHI QAYTA 
ISHLASH
.
 
Kartoshka oziq-ovqat, yem va texnik maqsadda keng foydalaniladi. Uning xalq 
xo’jaligidagi ahamiyati katta bo’lib, xalqda «ikkinchi non» so’zlari bilan ifodalanadi. 
U yuqori darajada saqlash bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Mamlakatimiz-
da yil bo’yi turli maqsadni ko’zlab mllionlab tonna kartoshka saqlanadi. Saqlash 
usullarini takomillashtirish va isrofni kamaytirish katta iqtisodiy samara beradi. 
Kartoshkani saqlash muddati va isrof miqdori asosiy ko’rsatkichlari bo’lib, hosil 
yig’ib olingandan keyin chuqur tinchlik davridagi biologik xususiyatlarini anglatadi. 
U 1-3 oy davom etadi va navga, yetishtirish hamda saqlash sharoitlariga bog’liqdir. 
Kartoshkani saqlash sharoitini belgilashda nav, saqlash davridagi fiziologik hola-
tiga va xo’jalikda foydalanishi inobatga olinadi. Oziq-ovqat maqsadida foydala-
niladigan kartoshkani saqlashda quyidagi davrlar belgilanadi: hosilni yig’ib olin-
gandan keyingi davolash-etilishi, chuqur va majburiy qismlarni o’z ichiga olgan aso-
siy davr va bahorgi unish davriga bo’linadi. 
Davolash-etilish davri yetilishi va mexanik shikastlarni bitishiga qarab bir necha 
kundan 2-3 xaftagacha davom etadi. Davolanish - yetilish davrida bu jarayonlarni 
o’tishi uchun sharoit yaratish kerak. Bunda harorat Q15 Q20
0
va havoning nisbiy 
namligi 85-95 foizligi ma’qul. Davrning oxirida harorat Q10
0
gacha tushirilib, 
mevalarni sovutishga o’tiladi. Davolash davridan so’ng harorat taxminan Q2 Q4
0

navga qarab belgilanadi, chunki xuddi shu sharoitda mevalarda moddalar al-
mashinishi balans holga kelib, sekinlashishi kuzatiladi. 
Kartoshka sovutish, ya’ni davolanish davridan asosiyga tezda o’tkaziladi va 
mevalarni uzoq saqlashga, unmaslikka, hamda mikrobiologik buzilishni oldini olishga 
erishiladi. Odatda, tabiiy shamollatilatiladigan omborlarda bu 40-60 kun, faol sha-
mollatilatiladigan omborlarda esa 20-30 kun davom etadi, ya’ni harorat bir kecha-
kunduzda 0,5-1
0
ga pasaytirilib boriladi. Asosiy saqlash davrida havoning nisbiy nam-
ligi 90-95 foiz bo’lishi kerak. 
Bahorgi davr ma’suliyatli hisoblanadi, chunki fevralning oxiri martning boshlari-
da mevalarda kurtaklar o’sa boshlaydi. Kurtaklarni o’sishini to’xtatish uchun bu 
davrda asosiy davrga nisbatan 1-3
0
pasaytiriladi. SHunday qilib, mevalardagi kurtak-
larni o’stirmasdan aprelning oxiri mayning boshlarigacha saqlashga erishish mumkin. 
YAna ham uzoq muddatga kartoshkani saqlash uchun sovutgichlarda, o’sishni 
to’xtatadigan kimyoviy preparatlardan va radioaktiv nurlanishdan foydalanish mum-
kin. 
Kartoshka urug’lik maqsadida Q2 Q4
0
S haroratda saqlanadi. Qovuriladigan kar-
toshka tayyorlash uchun mo’ljallangan mevalar uchun alohida sharoit yaratiladi. 
Qandlar miqdorini ko’payishiga yo’l qo’ymaslik uchun harorat Q8Q10
0
S atrofida 
bo’ladi. Agar qayta ishlash muddati kechiktirilsa avval odatdagi haroratda, ya’ni 4
0
S, 
qayta ishlashga 1-2 hafta qolganda esa Q10 Q15
0
S gacha oshiriladi. 
Mevalarda mexanik ta’sirlar va ortiqcha narsalar (tuproq) miqdori bo’lmasligi 
uchun yig’im - terimni to’g’ri tashkil etish kerak. Kartoshkani navlarga ajratib, shi-


13 
kastlangan va kasallanganlari olib tashlanadi, sog’lomlari esa katta-kichikligiga qarab 
kalibrovka qilinadi. Bu ishlarni ommaviy terim paytida dalada yoki shu maqsad 
uchun ajratilgan joylarda, ya’ni moslama-uskunalar yordamida amalga oshiriladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida kartoshkani saqlash uchun vaqtinchalik omborlar-
xandak va uyumlardan foydalanish mumkin. Bu usulda ba’zi xo’jaliklarda 60-70 
foizgacha urug’lik kartoshka saqlanadi. 
Faol shamollatiladigan omborlarda kartoshka devorli xirmonlarda 3,5-5m baland-
likda saqlanadi, ularda har xil navlar uchun turli rejimlar belgilash mumkin. Qatlam-
lardagi harorat bir tekis bo’lishi uchun vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi. Agar 
ombor yaxshi yopilgan bo’lsa, terlash bo’lmaydi. Kartoshka idishlarda-yashik va kon-
teynerlarda joylanib saqlanadi. Bunda harorat Q1Q2
0
S atrofida bo’lishi sababli kur-
taklarning jonlanishiga yo’l qo’yilmaydi va kartoshka iyunning oxirigacha, ba’zida 
undan ham uzoq muddatgacha ham saqlash mumkin. 
Karam uyumlarda, xandaklarda va turli doimiy omborlarda saqlanadi. 
O’zbekistonda yaxshi, sifatli saqlanadigan karam navlari yo’q, shuning uchun bu yer-
da yetishtirilgan karam navlarini saqlash muddati cheklangan. Erta pishar navlar 3-4 
xafta, kechki navlar 2-3 oydan ortiq saqlanmaydi. 
Uyum va xandaklarga faqat sog’lom, barcha yashil barglariga ega bo’lgan karam 
boshlari saqlashga joylanadi. Xandakning ostiga karamning to’kilgan barglarini 
yozish ma’qul. Ularga karam ildizlari yuqoriga qaratib, shaxmat shaklida joylashtiri-
ladi. Har bir qatorni nam tuproq bilan to’ldirib boriladi. Uyum va xandaklarning usti 
0,3-0,4 metr qalinlikda tuproq bilan ko’miladi. 
Uyum va xandaklarning har biridagi haroratni uyum termometri orqali kundalik 
nazorat qilib boriladi. Haroratdan qat’iy nazar har oyda ikki marotaba vaqtinchalik 
omborlarni 1-2 yeridan ochib, karam boshlari tekshirib boriladi. 
Karamni doimiy omborlarda saqlashda ko’pincha uni tokchalarga ildizini yuqori-
ga qaratib taxlanadi. Qavatlar qanchalik enli va baland bo’lsa, karamning saqlanishi 
shunchalik yomon bo’ladi. SHuning uchun 1 m eni bo’lgan tokchalarga bir qator kar-
amni joylab saqlansa u yaxshi natija beradi. Mahsulot tokcha-ning yuqori qavatlarida 
yaxshi saqlanmaydi, chunki u yerda harorat yuqori bo’ladi. Agar tokchalar eni keng 
bo’lsa, uni butun bo’ylab balandligi 0,6-0,8 m, ya’ni 3-5 qavat karam boshlari taxla-
nadi. 
Ba’zi karam boshlarni ildizlardan bog’lab, qoziqlarda saqlanadi. Keyingi pay-
tlarda karamni saqlashda yashiklar bilan bir qatorda 0,3-0,7 tonnali konteynerlar ham 
keng qo’llanil-moqda. Karam boshlarni saqlash uchun qulay harorat -1-0
0
S, lekin -2 
dan kam emas, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz. 
Uyumlarda karam urug’lik maqsadida faqat yaxshi saqlanadigan navlar joylanadi. 
Karam boshlarni joylashda ildizlar ichkariga qarab joylanadi. Urug’lik karam boshla-
rini saqlanayotganda harorat 0 dan Q1 gacha, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz 
bo’ladi. 
Oziq-ovqat maqsadida saqlanadigan ildiz mevaliklar uchun yaxshi harorat 0Q1
0
farqi Q0,5 dan oshmasligi kerak. Havoning nisbiy namligi 95 foiz atrofida. Sabzini 
saqlashda SO
2
miqdorini ortishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uning miqdorini 3-5 foiz 


14 
bo’lgan ma’qul, namli qum yoki tuproq bilan aralashtirib ko’milganda yaxshi saqla-
nadi. 
Sabzi, nozik ildiz mevaliklar-sholg’om, selderey asosan xandaklarda toza nam 
qum bilan, dagal ildiz mevaliklar-lavlagi, turplar uyum va xandaklarda kartoshka sin-
gari saqlanadi. Doimiy omborlarda lavlagi va turpni hech narsa bilan aralashtir-
masdan tor, 2 m xirmonlarda saqlanadi. Xirmon balandligi lavlagi uchun 1,6-2m, 
sholg’om va turpni 0,7-1 m balandlikda, faol shamollatiladigan doimiy omborlarda 
ularni qatlam balandligi 2,5-3,5 metrgacha yetkazish mumkin. 
Piyoz va sarimsoqni oziq-ovqat maqsadida alohida piyoz saqlash omborlariga tok-
chalarda, 16-20 kg yashiklarda taxlab yoki 1,5 m balandlikdagi xirmonlarda saqla-
nadi. Piyoz va sarimsoq ikki usulda-birinchisi issiq usulda harorat Q18-20
0
gacha va 
sovuq usulda -3Q1
0
gacha saqlanadi, havoning nisbiy namligi 60-70 foiz. 
Etilgan, qizil pomildorilarni sovutgichlarda taxminan bir oy davomida havoning 
harorati Q1 va nisbiy namligi 90-95 foiz atrofida bo’lgan muhitda saqlash mumkin. 
Nimrang va yashil pomildorilarni Q20-22
0
da 1,5-2 oy saqlash mumkin, sovutgichlar-
da ikki xaftagacha saqlash mumkin. 
Tarvuzlarni saqlash uchun harorat Q3
0
S atrofida, havoning nisbiy namligi 80-
90% tavsiya etiladi. Ularni yerga qator, quruq don, xashak va kepakka joylab 4 oyga 
yaqin saqlash mumkin. 
Qovunlarni to’la yetilganda bandi bilan teriladi. Ba’zida biroz yetilmagan 
mevalarni terib, dalada 10-12 kun davomida so’litib, yerga yondoshib yotgan joyini 
oftobga qaratib qo’yiladi. Saqlash uchun qulay harorat 0Q2
0
S havoning nisbiy namli-
gi 90% atrofida. Mevalar tokchalar, yashiklar, yer, quruq qum va qamish yoki chip-
talarga bog’lab ilib qo’yib saqlanadi. 
Olma va nok asosan yashiklarda, ostiga qog’oz yozib (noklarni o’rab) mevalar 
joylanadi, keyin qog’oz bilan yopiladi, qog’oz ustidan qirindi to’ldiriladi va yog’och 
bilan mahkamlab mixlanadi. Olmani saqlashdagi harorat 0Q1
0
S havoning nisbiy nam-
ligi 90-95%. Noklar ham shunday saqlanadi. TSitrus mevalar 6Q7
0
S, havoning nisbiy 
namligi 75-80%. Uzum bir xil yetilganda va tarkibida yetarli qand to’planganda teri-
ladi. Saqlash harorati 0-1
0
S va havoning nisbiy namligi 90-95%. Uzumni saqlashga 
qo’yishdan oldin 1-2 kun so’litiladi. Uzum yashik va tokchalarda hamda ilib saqla-
nadi. 
Danakli mevalarni sovutgichlarda 0
0
S atrofida, havoning nisbiy namligi 90-95%. 
SHaftoli, olxo’ri va o’rikning ba’zi navlarini 2-3 xaftadan 1,5-2 oygacha saqlash 
mumkin. Gilos, olcha va rezavor mevalarni bir necha kungacha, agar yaxshi sharoit 
yaratilsa bir haftagacha saqlasa bo’ladi. Ularni uzoq saqlab bo’lmaslik sababi faqat 
muzlatib va konservalash yo’li bilan aholi ta’minlanadi. 
Sabzavot va qovunni saqlash O’zbekistonda qadim zamonlardan rasm bo’lib ke-
ladi. Bu mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash borasida ko’p tajriba to’plangan. 
Aholini yangi sabzavot, poliz mahsulotlari va kartoshka bilan yil bo’yi muntazam 
ta’minlashda sabzavotkor xo’jaliklarda shunday mahsulotlarni uzoq saqlashning katta 
ahamiyati bor. 


15 
Xorazm, Sirdaryo, Buxoro va boshqa viloyatlarning polizchilari qovunni oddiy 
binolarda kelgusi yil aprel-may oylarigacha yetkazib saqlash texnologiyasini ishlab 
chiqishgan. 
Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanidagi sabzavotkorlar-ning piyoz ekinlari 
mahsuloti, bodring, turp va sholg’om yetishtirish-ning haqiqiy ustalari bo’libgina 
qolmay, balki shu mahsulotlarni barraligicha uzoq saqlash usullarini ham chuqur bili-
shadi. 
Samarqand dehqonlarida keng rasm bo’lib kelayotgan bahorgi navro’z bayrami 
ham katta e’tiborga sazovor. SHu bayram kunlari mehnatkashlarning dasturxoniga 
qovun, tarvuz, olma, nok, behi va anordan iborat yetti xil meva va sabzavot muhayyo 
bo’lishi lozim. SHu boisdan dehqonlar mazkur mahsulotlarni mart oyining oxirigacha 
yetkazib berishga harakat qilishadi.
O’zbekiston aholisi qovun saqlash bilan azaldan shug’ullanib keladi.Turli tuproq-
iqlim mintaqalarida xalq qovunni uzoq muddatga saqlashga imkon beradigan o’ziga 
xos usullarni bunyod etgan. yer yuzidagi har xil bino va yerto’lalar qovunlar asrashga 
moslashtiriladi yoki harorat va havo namligini rostlab turadigan maxsus qovunxonalar 
quriladi. CHunonchi, Xorazm viloyatida, Far-g’ona viloyatining Beshariq tumanida, 
Buxoro viloyatining Qizil tepa tumanida qovunlar maxsus qurilgan qovunxonalarda 
saqlanadi. Qovun saqlashga mo’ljallagan binolarda harorat va havo namligini 
to’g’rilab turish uchun deraza va eshiklar bo’lish kerak. Qovun bino ichidagi 3-4 
qator ustunlarga osilib, saxnda esa pahol, qamish, quruq va boshqa narsalar ustida 
saqlanadi. 
O’zbekistonda piyoz turli usullarda saqlanadi. Farg’ona viloyatining Oltiariq, 
Beshariq va Oxunboboyev tumanlaridagi mohir sabzavotkorlar piyoz bog’lamlarini 
so’kchaklarda, shuningdek, taxlamlarda saqlashadi. Respublikaning boshqa tuman-
larida piyoz odatdagi usulda: yerda yoki so’kchaklarda yoyib saqlanadi. Sabzavotkor-
lar derazalari yopiq har xil binolarni piyoz saqlashga moslashtirishadi, shuningdek 
bostirma yoki saroylardan ham foydalaniladi. Mutaxassislarning fikricha shamollati-
ladigan deraza va eshikli binolar eng yaxshi piyozxona bo’la oladi. Bunday binolarda 
piyoz yaxshi saqlanadi, muzlamaydi va o’z ta’mini o’zgartirmaydi. Bu usulda deyarli 
isrof bo’lmaydi. 

Yüklə 310,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə