Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади


SABZAVOT VA POLIZ MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH



Yüklə 310,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix30.12.2023
ölçüsü310,83 Kb.
#166070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади

SABZAVOT VA POLIZ MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH 
TEXNOLOGIK JARAYONI
.
 
 
Qayta ishlash va konservalashning asosiy maqsadi keng ma’noda sabzavot va 
mevalarni sof holatda saqlashdan farqliroq tinch, jonsiz holatda saqlashni va ortiqcha, 
uzoq pazandalik ta’sirsiz oziq-ovqatga foydalanishni ko’zda tutadi. Konservalash 
ayniqsa rezavor, danakli mevalar, mevalik va bargli sabzavotlarni qayta ishlab, 
konservalar olish katta ahamiyatga ega bo’lib, shu yo’l bilan aholini yil davomida 
uzluksiz vitamin va boshqa moddalarga boy mahsulot bilan ta’minlash mumkin. 
Mevalar va sabzavotlar tez buziluvchan mahsulotlarga kiradi, shuning uchun ularning 
oziq-ovqat qiymatini va organoleptik sifatlarini saqlash uchun shunday texnologik 


16 
qayta ishlash usulini topish kerakki, tayyorlangan mahsulotni oddiy yoki ba’zi bir 
qo’shimcha sharoit yaratilgan omborlarda uzoq saqlash imkoniyatiga ega bo’lsin. 
Mahsulotlarni sof holda saqlash va ularni konservalash ikkalasi bir-birini to’ldiruvchi 
va bir muammoni, ya’ni aholini yil bo’yi meva-sabzavot mahsuloti bilan ta’minlovchi 
usullar hisoblanadi. 
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash asosan agrosanoat korxonalarida keng ko’lamda 
amalga oshiriladi. Uncha katta bo’lmagan, o’rta va kichik korxonalar joylardagi 
sanoat va jamoa, shirkat xo’jaliklar tarkibida mavjuddir. 
Xo’jaliklarning joylashishi va yo’nalishiga qarab ularda turli qayta ishlash 
korxonalari tashkil etilishi mumkin. 
Meva-sabzavotlarni ishlab chiqarishda konservalarning quyidagi usullari keng 
joriy etilmoqda: quritish, tuzlash, sirkalash, va jadal muzlatish. Keng tarqalgan va 
kelajakda rivojlanishi zarur bo’lgan sohalar-tuzlash manzillari, meva-sabza-vot 
kompotlari ishlab chiqaradigan tsexlar, muzlatish uskunalari, sabzavot va mevalarni 
quritish tsexlari va konserva korxonalaridir. 
Qayta ishlash va konservalash meva-sabzavotlardagi ro’y beradigan biokimyoviy 
jarayonlarni to’xtatishga asoslangan bo’lib, mahsulotlardagi fitopatogen mikroflorani 
so’ndirish va mahsulotni tashqi muhitdan, ya’ni havo va nurdan yoki yorug’likdan 
ajratish bilan erishiladi. 
Konservalash usullari fizik, mikrobiologik va kimyoviylarga bo’linadi. 
Konservalashning fizik usullariga quyidagilar kiradi: 
1.
 
Issiqlik bilan sterilizatsiyalash - konservalashning asosiy ishlab chiqarish usuli 
hisoblanib, o’z ichiga sirkalashni (marinovaniyani), ya’ni sirka kislotasi qo’shib 
sterilizatsiya qilishni nazarda tutadi; 
2.
 
Qand, tuzlarning yuqori kontsentratsiyasi hisobiga, osmatik bosimning 
kamayishi, ya’ni mikroorganizmlar xayotini to’xtatish imkonini vujudga keltirish; 
3.
 
Past salbiy haroratda jadal muzlatib sterilizatsiya qilish; 
4.
 
Nurlatib sterilizatsiya qilish - ultra binafsha, yuqori to’lqinli; 
5.
Turli mikroorganizmlardan tozalaydigan filtrlardan foydalanib sterilizatsiya qi-
lish. Ulardan o’tkazilgan sharbatdagi mikroorganizmlarning sporalaridan holi 
bo’linadi.
Sut kislotasi va spirt to’planishiga asoslangan konservalashning mikrobiologik 
usullariga quyidagilar kiradi: karamni achitish va sabzavotlarni tuzlash; mevalarni 
namlash va musallaschilik. Konservalashning kimyoviy usullari antiseptiklardan 
foydalanishga asoslangan bo’lib, ularga quyidagilar qaraydi: 1) sulfitlash; 2) benzoy, 
sorbin va boshqa kislotalarni qo’llash. 
Konservalash tor ma’noda - zich yopiladigan idishlarda issiqlik sterilizatsiyalash 
usuli bilan konserva ishlab chiqarilishi demakdir. Bu usul hozirgi davrda meva-
sabzavotlarni konservalashning asosiy usuli hisoblanadi. U yuqori harorat ta’sirida 
mikroflorani o’ldirish va biokimyoviy o’zgarishlarni to’xtatishga asoslangan. Konser-
valarni issiqlik sterilizatsiyasi yordamida tayyorlashga moslashtirilgan hozirgi zamon 
texnologiyasi va uskunalari mahsulotlar tarkibidagi vitamin va boshqa moddalarni 
imkoni boricha oz isrof bo’lishiga va qayta ishlanayotgan xom ashyoni noo’rin organ-
oleptik o’zgarishlarga yo’l qo’ymaydi. Bunga erishishda zanglamaydigan temirdan 


17 
tayyorlangan uskunalardan foydalanish va xom ashyoni konservalash jarayonida 
havodagi kisloroddan muhofaza qilish orqali amalga oshiriladi. 
YUqori haroratda mikroorganizmlar - zamburug’ va bakteriyalar halok bo’ladi. 
Ammo ularning yuqori haroratga bo’lgan munosabati turlichadir. Agar ba’zilari 
100
0
S gacha yo’qolsa, ba’zilari esa 100
0
S dan keyin yo’qoladi. Ayniqsa spora shaklli 
bakteriyalar o’ta chidamli bo’lib, ularni yo’qotish uchun 120
0
S gacha qizdirish kerak 
bo’ladi. Odatda yuqori issiqlikka chidamli mikroflora tarkibida ko’p miqdorda azot 
moddalarga ega bo’lgan sabzavotlarga mansubdir. 
Sterilizatsiyaning davomiyligi mahsulotlarning konsistentsiyasiga bog’liq bo’lib, 
suyuq pyure butun sabzavot yoki mevalarga nisbatan tez qiziydi. SHuningdek, idish 
turlariga (shisha idishlarda temir idishlarga nisbatan qizish sekin boradi) va hajmlar-
ga bog’liqdir. 
Issiqlik sterilizatsiyalashning asosiy turi - sharbatlar va pomidorli konserva 
mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan qaynatib quyish hisoblanadi. Mahsulotni qay-
natishgacha olib boriladi va tezda zararsizlantiriladi hamda qizdirilgan idishlarga joy-
lanadi va zich yopiladi. 
Issiqlik sterilizatsiya usuli yordamida olinadigan konservalar - asl sabzavot, sab-
zavot va pomidor mahsulotlari, rezavor-meva kompotlari va pyuresi, tiniq va laximli 
sharbatlar, shuningdek, marinadlarga bo’linib, ularda issiqlik sterilizatsiyasi 
yordamida ishlash bilan bir qatorda oziq-ovqat konservanti - sirka kislotasi qo’shiladi.
YUqori sifatli konservalar olish uchun birinchi navbatda xom ashyoga, ya’ni sab-
zavot va mevalarning ma’lum oziq-ovqat va texnologik ko’rsatkichlariga - vitamin
ta’m, xushbo’ylik, konsistentsiya, rang, shakl, katta-kichiklik, tozalangandan keyingi 
chiqim miqdori, issiqlikda qayta ishlash va boshqalarga bog’liqdir. 
Konservalash uchun shisha, temir, polimer hamda alyumin tublar-dan iborat id-
ishlardan foydalaniladi. Jahon amaliyotida meditsi-na nuqtai nazaridan shisha kon-
serva idishlari ma’qul hisoblanadi, chunki shisha nordon mahsulotlarga nisbatan 
chidamli hisoblanadi. 
Vatanimizda 0,2-1 litr hajmli bonkalar, 2-10 litrli ballonlar va tor og’izli shisha 
idishlar ishlatiladi. Idish rangsiz bo’lishi (ozgina havorang yoki yashil rangli idishlar-
ga ruxsat etiladi) kerak. 
Asl sabzavot konservalash tayyorlashdagi texnologik sxemaga quyidagi ishlar 
kiradi: yuvish, nav va katta-kichiklikka qarab ajratish, blanshirovka qilish, ba’zida 
kesish va maydalash, idishlarni to’ldirish, yopish va sterilizatsiya qilish kabi ishlar 
qaraydi. Ayniqsa, keng tarqalgan konservalar - yashil no’xot, yaxlit holda konserva-
langan pomidor va bodringlar hisoblanadi. 
Boshqa asl sabzavot konservalarga rangli karam sabzavot loviyasi, garimdori, 
shpinatdan tayyorlangan pyure singari, ~arbiy yevropada vinegret, garnir va suyuq 
ovqatlar uchun sabzavotlar aralashmasidan iborat konservalar keng tarqalgan. Bizda 
esa achchiq-chuchuk holida konservalar ishlab chiqariladi.
Ovqatga qo’shib iste’mol qilinadigan sabzavot konservalari oldindan qovurilgan 
mahsulotdan tayyorlanadi. SHuning uchun ular ortiqcha pazandalik ta’sirisiz 
iste’molga tayyor hisoblanadi. Bunday konservalarning quyidagi turlari ishlab 
chiqariladi:


18 

Yüklə 310,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə