Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja



Yüklə 50,54 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü50,54 Kb.
#160126
1   2   3   4
Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja-hozir.org (1)

Yuridik shaxs bo’lmagan fuqarolar uchun;
-so’ralayotgan kredit miqdori ko’rsatilgan ariza;
-pul oqimlari ko’rsatilgan biznes-reja.
Yuqoridagi xujjatlarga qo’shimcha ravishda kreditni qaytmay qolish xavfini oldini olish maqsadida likvidli ta’minot turlaridan biri garovga taqdim qilinishi zarur.
Respublikamizning yirik tijorat banklari “Savdogarbank”, “Asaka bank”, “Mikrokreditbank”lar ham:
-so’ralayotgan kredit miqdori ko’rsatilgan ariza;
- biznes-reja;
-buxgalteriya balansi;
-kredit ta’minoti (garov).

Jismoniy shaxslar uchun:
- biznes-reja;
-shaxsni tasdiqlovchi xujjat;
-kredit ta’minoti (garov)ni talab etadilar.
Ushbu xujjatlar to’liq bo’lgandan so’ng tegishli tijorat banklari kredit ajratish masalasini ko’rib chiqadi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha belgilangan foizlar asosida kredit ajratadi (1-jadval).
Kredit olishda garovga qo’yiladigan mol-mulk qiymati tijorat banklarida turli miqdorda belgilangan. Masalan, “Agrobank”, “Savdogarbank”, “Asaka bank”da garovga qo’yiladigan mol-mulk qiymati kredit miqdoriga nisbatan 120% belgilangan bo’lsa, “Mikrokreditbank”da 125%miqdorida belgilangan.
Tijorat banklarida kreditlarni yo’nalishlar bo’yicha necha yil muddatga berilishi va qaysi muddatdan boshlab kreditni to’lab borish turlicha belgilangan (2-jadval).
Respublika “Asaka” banki va uning viloyatlardagi bo’limlari asosan o’zimizda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar: “Lasetti”, “Neksiya”, “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini kreditga berish, shuningdek, o’z mijozlari bo’lgan dehqon va fermer xo’jaliklariga turli maqsadlar uchun kreditlar ajratadi. Jumladan, avtomobillar narxining bir qism (30-60% o’rtasida) narxi to’langandan so’ng, qolgan qismi uchun imtiyozli foizlar hisobiga 3 yilgacha, birinchi oydan boshlab kreditni to’lab borish imkoniyati yaratilgan.
Mamlakatimizda “Kredit uyushmalari to’g’risida”gi qonunga binoan barcha viloyatlarda kredit uyushmalari tashkil etilmoqda. Ushbu qonun asosida loyiha hududidagi aholi o’z mablag’larining bir qismini qo’shgan holda kredit uyushmasini tashkil etishi mumkin. Kredit uyushmasi o’z a’zolariga bosqichma-bosqich imtiyozli kredit ajratish yo’li orqali qishloq hududlarida yangi ish joylarini tashkil etishga amaliy yordam bersa, ikkinchi tomondan o’z sarmoyasiga ozgina mablag’ qo’shish ilojini topa olmayotgan fuqarolarga tadbirkorlik qobiliyatlarini ko’rsatishlariga ijobiy yordam ko’rsatadi.
Kredit uyushmalariga birlamchi badalni to’lab a’zo bo’lish va uyushmaning fondi hisobidan imtiyozli kredit olish imkoniyati mavjud. Uyushma qishloq hududlarida tadbirkorlikning barcha ko’rinishlariga ham iqtisodiy, zarur bo’lgan davrda ham huquqiy yordam ko’rsatadi.
Respublikamizda ayollar safida tadbirkorlar safini ko’paytirish va ularni moddiy-huquqiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Tadbirkor ayollar uyushmasi” tashkil etilgan va uning har bir viloyatda bo’limlari mavjud. Uyushmaga a’zolik badalini to’lab, uning jamg’armasidan imtiyozli kredit olish mumkin.
Respublikamizda shuningdek, moliyaviy lizing yordami ko’rsatadigan kompaniyalar ham mavjud bo’lib, bu kompaniyalar tadbirkorlardan tayyorlangan turli takliflarni (loyihalar) ko’rib chiqib, samarasi yuqori bo’lgan loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlaydi. Bunda tadbirkor (fermer, shirkat xo’jaliklari, dehqon xo’jaligi boshliqlari) sotib olinadigan yangi texnologiyaning boshlang’ich narxining 20% qismini to’lashi yoki uning 50-55% qismi miqdoridagi mulkni garovga qo’yishi lozim. Bunda lizing kompaniyasi qolgan mablag’ni to’laydi va qoldiq mablag’ga yillik 24-26% bo’lgan foizlik kreditni belgilaydi. Bu toifadagi kompaniyalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yadigan tadbirkor harid qiladigan texnika yoki yangi texnologiyani o’zi topishi va uni harid qilish bo’yicha taklif bilan kompaniyaga murojaat qilishi zarur.
Qishloq xo’jaligini moliyalashtirishda lizing xizmatidan foydalanish istiqbolli yo’nalishlardan biridir.
Lizing – mulkni xarid qilishning moliyalashdan iborat ijara munosabatlari turlaridan biri bo’lib, bunda lizing beruvchi lizing oluvchi subyektning topshirig’iga muvofiq uchinchi tomon, lizing obyektini ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan undan o’z mablag’i hisobiga lizing oluvchi uchun mulk sotib olish to’g’risida shartnoma tuzish majburiyatini oladi. Ayni paytda lizing oluvchi subyekt zimmasiga yuqoridagi shartnomaga binoan lizing beruvchiga lizing to’lovlarini to’lash majburiyati yuklanadi.
“Lizing to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi qonuni hamda “Fuqoralik Kodeksi”ning 587-moddasida lizingga yuqoridagicha ta’rif beriladi. Lizingning asosan 2 turi mavjud:
  1. operativ lizing;


  2. moliyaviy lizing.


Operativ lizing – mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni nazarda tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing shartnomasi obyekti bo’lib qoladi.


Moliyaviy lizing –amalda uzoq muddatli kreditlashtirishning o’ziga xos shakli hisoblanadi. Operativ lizngdan farqli o’laroq, moliyaviy lizing mulk uzoq muddatga, odatda, to’liq amortizasiya muddatiga yoki uning katta qismiga ijara shartnomasi tuziladi. Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi tugagach, lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi yoki yangi lizing shartnomasi obyekti bo’lishi mumkin.
Lizing endigina ish boshlayotgan yoki moliyaviy holati nochor bo’lgan korxonalar uchun ishlab chiqarishni texnik qurollantirishni moliyalashtirishning eng qulay vositalaridan biri hisoblanadi. Chunki, bunda bank kreditlaridan farqli o’laroq, talab etiladigan kredit qiymatining 120 foizi miqdoridagi garov kafolati talab etilmaydi. Garov kafolati sifatida lizingga beriladigan mulkning o’zi chiqadi.
Lizing ishlab chiqarishni texnik qurollantirish va ilg’or texnalogiyalarni jalb etishga o’z mablag’i yetishmaydigan korxonalar uchun o’zlarining investision loyihalarini moliyalashtirishda muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa, bank kreditlaridan foydalanish shartlari og’ir bo’lgan, banklar uzoq muddatli investision loyihalar uchun kreditlar ajratishni keskin pasaytirgan, kredit olish holatlari lizing eng samarali moliyalashtirish vositalaridan biri bo’lishi mumkin.
Lizingning qishloq xo’jaligi korxonalari uchun afzalligi quydagilardan ko’rinadi:
-lizingga olinadigan obyekt qiymati birdaniga emas, bo’lib – bo’lib to’lanadi;
-ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish hamda ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish imkoni tug’iladi;
-lizing obyekti uchun to’lov shu obyektni ishlatishdan olinadigan daromad hisobidan to’lanadi.
-lizingga beriladigan mulk qo’shilgan qiymat solig’idan va lizingga olinadigan mulk mol-mulk solig’idan ozod etilganligi lizing obyektining bahosini arzonlashtiradi.
Bugungi kunda lizingni samarali joriy etishdagi mavjud muammolar uning rivojlanish imkoniyatlarini chegaralab qo’ymoqda. Ushbu muammolar bevosita lizing faoliyati sohasida band bo’lgan tashkilotlar faoliyatini o’rganish jarayonida kuzatilmoqda. Mavjud muammolar tahlili shuni ko’rsatadiki, ulardan aksariyati lizing sohasida yaratilgan kamchiliklarning mavjudligi va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash borasida mavjud imkoniyatlarning yetishmasligi bilan bog’liq.
Hozirgi paytda lizingga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy baza yaxshi shakllanmagan. Bu esa korxonalarni boshlang’ich sarmoya bilan ta’minlashning biri hisoblanuvchi ushbu tarmoqning rivojlanishiga yaxshi imkon bermaydi.
Respublikamizda lizing xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar sonining kamligi ular orasida sog’lom raqobat muhiti shakllanishiga va oxir-oqibat ko’rsatilayotgan lizing xizmatlari turi va sifatining oshishiga, foiz stavkalarining pasayishiga olib kelmayapti. Lizing kompaniyalari tashkil etishni rag’batlantirish, ularga soliq, bojxona imtiyozlari berishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash uning rivojiga katta hissa qo’shgan bo’lar edi.
Hozirgi paytda lizing oluvchi korxonalarda kerakli uskunani lizingga olish uchun axborot yetishmaydi. Lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga lizing to’lovlarini tayyor mahsulot ko’rinishida to’lash tartibini yo’lga qo’yish ham bu soha rivojiga hissa qo’shgan bo’lur edi.
Qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari ta’sirida doimiy ravshda moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sezadilar. Chunki, ekinlarni ekish va parvarishlash davri uzoq davom etib, hosilni yig’ib olgunga qadar pul tushumi bo’lmaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun aylanma mablag’larni shakllantirishga mablag’ izlashni talab etadi. Bunday holatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida qo’llaniladigan fyuchers operasiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Fyuchers operasiyalarida mahsulotni sotib oluvchi xaridor yil boshidan kelgusi hosil uchun bo’nak (hosil qiymatining bir qismini oldindan to’lab qo’yish) sifatida mablag’ berib turadi. Fermer xo’jaligi bo’nakdan foydalanib, joriy ishlab chiqarishni moliyalashtirish imkoniga ega bo’ladi.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq fermer xo’jaliklari davlat buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg’armasi” mablag’lari hisobidan avans puli (transh) olish imkoniyatiga ega. Buning ijobiy tomoni shundaki, fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni yuqori foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga olishga majbur bo’lmaydi.
Ayrim holatlarda qishloq xo’jaligi korxonalarida mol yuboruvchilar tomonidan jo’natilgan tovar-moddiy qiymatliklarni to’lash uchun vaqtincha mablag’ yetishmovchiligi holatlari uchraydi. Bunday holatlarda korxonalar tovar-moddiy qiymatliklarni yuboruvchi korxonalar (kreditorlar ) bilan mahsulot qiymatini ma’lum muddatdan so’ng to’lash shartlashilgan holda shartnoma tuzilishlari mumkin. Ma’lum bir muddatgacha bunday kreditorlik qarzi to’lanishi lozim bo’lgan hisob-kitoblar schetida aks etib turadi. Agar shu muddatda ham kreditorlik qarzini to’lash imkoni bo’lmagan taqdirda bu qarz veksel ko’rinishida (ya’ni qarzni ma’lum bir muddatdan so’ng foizi bilan qaytarish) rasmiylashtiriladi.
Korxonalar o’rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo’lganda, ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni yuborgan korxona xaridor bilan mahsulot qiymati bo’yicha o’z muddatda o’zaro hisob-kitob qila olmasa yoki bunday qarzlar shubhali, undirish ehtimoli kam bo’lsa, ularni faktoring vositasida undirish amaliyoti qo’llaniladi.
Faktoring – korxonalar o’rtasida qarzlarni undirishda vositachilik faoliyatidir. Faktoringda o’rtada turuvchi kompaniya (odatda, bank)qarz bergan korxonadan ma’lum bir komission to’lov evaziga qarzdordan mablag’ni undirish huquqini qo’lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan korxona undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring kompaniyasi (yoki bank) dan qo’lga kiritadi. So’ngra faktoring kompaniyasi debitor korxonaga qarzni undirish bo’yicha da’vo qo’zg’atadi. Faktoringning afzalligi shundaki, u noto’lovlar muammosini qisman bo’lsada yechishga imkon beradi.
So’nggi paytlarda moliyalashtirishning yangi shakllaridan biri sifatida Overdraft kirib kelmoqda. Overdraft – qisqa muddatli kreditlash shakli bo’lib, banklar amaliyotida ishlatiladi. Uning mazmuni shundaki, bank o’z mijozining hisob raqamida vaqtincha mablag’ bo’lmagan holatda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun Overdraft shartnomasini tuzadi. Mijoz o’z hisob raqamida mablag’ paydo bo’lishi bilan overdraft shartida olgan qarzlarini bankka ma’lum bir foizlar evaziga qaytaradi. Overdraft, odatda, bankning eng ishochli mijozlariga nisbatan qo’llaniladi.
Respublika qishloq xo’jalik korxonalarida iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda moliya, kredit ta’minoti va to’lov mexanizmini bozor munosabatlari asosida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Fermer xo’jaliklari imtiyozli kredit mablag’idanbelgilangan muddatda soliq, byudjet ajratmalari va to’lovlari, pensiya jamg’armasi uchun hisoblangan mablag’larni tegishli davlat tashkilotlariga, shuningdek, infratuzilma subyektlari tomonidan ko’rsatilgan xizmat ko’rsatish/ta’minot/tayyorlov/ish bajarish/sotish va boshqa ishlarga qarab, shartnoma asosida imtiyozli kreditdan pul o’tkazib boradi.



Fermer xo’jaligi yetishtirilgan paxta yoki g’alla mahsulotlarini kontraktasiya shartnomalariga muvofiq belgilangan miqdor va sifat darajasida tayyorlov korxonalariga yetkazib beradi.
Fermer xo’jaligidan paxta yoki g’alla mahsuloti to’liq qabul qilib olinganidan so’ng tayyorlov korxonalari Jamg’armaning hududiy bo’linmasi bilan birgalikda davlat ehtiyoji uchun xarid qilinganpaxta yoki g’alla mahsulotlarining miqdori, sifati va boshqa ko’rsatkichlarini, shuningdek bu mahsulotlarni yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag’larini hisoblab chiqadilar.
Moliya vazirligi huzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hisob-kitob Jamg’armasi joriy yil xarid rejasiga muvofiq paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun haqiqatda ajratilgan imtiyozli kredit miqdori va shuningdek, haqiqatda yetishtirilgan va xarid qilingan paxta xom ashyosi hamda boshoqli don mahsuloti uchun ajratilishi zarur bo’lgan summani aniqlaydi. Tahlil natijasida yuzaga kelgan imtiyozli kreditning farq summasi hududlar bo’yicha aniqlanadi va Jamg’armaning hududiy bo’linmalariga yo’naltiriladi.
Jamg’armaning hududiy bo’linmalari mazkur farq summani tegishli ravishda tayyorlov korxonalariga, tayyorlov korxonalari esa fermer xo’jaliklarining hisob raqamiga o’tkazib beradilar.
Jamg’armaning hududiy bo’linmalari mazkur farq summani fermer xo’jaliklariga to’liq va o’z muddatida o’tkazib borilishi yuzasidan doimiy va qat’iy monitoring olib borishlari talab etiladi.
2004 yildan boshlab fermer xo’jaliklari uchun bo’lg’usi hosilni garovga olgan holda kredit berish yo’lga qo’yilib, ushbu tartibga asosan davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kreditlar berish joriy etildi.
Fermer xo’jaliklariga kreditlar shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo’lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, quyidagi maqsadlar: mineral o’g’it, o’simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy va biologik vositalar, veterinariya dori-darmonlari sotib olish; MTP, muqobil MTP, shirkat xo’jaliklari, SIU (suv iste’molchilari uyushmasi), boshqa xo’jalik subyektlari xizmatlaridan foydalanganlik uchun to’lovlar; bevosita g’alla va paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar uchun beriladi.
Keyingi yillarda mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti salmog’ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra 2000 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo’jaligining salmog’i 30,1 % ga teng bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkich 16,8 % gacha pasaygan. Bu holat mamlakatimizda sanoatning industrial tarmoqlari hamda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o’zgarishlar natijalari bilan izohlanadi. Erishilayotgan ijobiy yutuqlar bilan bir qatorda, tarmoqda o’z yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida bu boradagi quyidagi muammolarga e’tiborini qaratdi :
- fermer xo’jaliklari yer maydonlarini optimallashtirish va fermerlikka munosib nomzodlar tanlash bilan bog’liq kamchiliklar;
- ayrim fermer xo’jaliklarida yetarlicha aylanma mablag’lar, zarur texnika va boshqa moddiy-texnik resurslari mavjud emasligi qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligiga, shartnoma majburiyatlari bajarilishiga va fermer xo’jaliklarining rentabelligiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani;
- ayrim joylarda ishlab chiqarishni tashkil etishdagi mas’uliyatsizlik paxta va g’alla hosiliga ta’sir ko’rsatayotgani.
Ulardan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan 2017 yilda quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirish vazifasi belgilandi:
birinchidan, ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, ilg’or agrotexnologiyalarni joriy etish evaziga hosildorlikni oshirish, meva- sabzavotlar va uzum yetishtirishni ko’paytirish;
ikkinchidan, keyingi 10 yil mobaynida kuzatilgan mineral o’g’itlar, yoqilg’i-moylash materiallari va urug’lik narxlari o’sishi bilan paxta xomashyosi va g’allaning xarid narxlari o’sishi o’rtasidagi keskin farqni e’tiborga olgan holda fermer xo’jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash.
Uchinchidan, o’tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg’arma tomonidan shakllantirilgan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan tizimga barham berish.
Harakat strategiyasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ichki bozorda ularga bo’lgan narxlar oshishini oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilab berildi:


Yüklə 50,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə