Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja


Davlat xarajatlari va soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish tizimi



Yüklə 50,54 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü50,54 Kb.
#160126
1   2   3   4
Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja-hozir.org (1)

Davlat xarajatlari va soliqlar yordamida iqtisodiyotni tartibga solish tizimi






Asosiy maqsadlar






  • Iqtisodiy davriy tebranishlarini yumshatish


  • Iqtisodiy o’sish sur’atlarini barqarorlashtirish


  • Bandlikning yuksak darajasiga erishish


  • Inflyasiya sur’atlarini pasaytirish






Asosiy vasitalar






  • Davlat xarajatlari


  • Soliqlar






Asosiy ko’rinishlar






Diskresion Fiskal siyosati




Nodiskresion fiskal siyosati









Faol fiskal siyosati




Passiv fiskal siyosati


1-chizma. Davlatning fiskal siyosati.
Hozir respublikamizda shakllangan soliq tizimi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.
Ko’rsatib o’tilgan yo’nalishlar amalga oshirilishni ta’minlash uchun soliq tizimiga muhim o’zgartirishlar kiritildi. Soliqlar ayrim turlari, jumladan, respublika tashqarisiga chiqariladigan xom ashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlar, amortizasiya ajratmalarining 20 foiz miqdorda byudjetga to’lovlar; mehnatga haq to’lash fondining 3,5 foizi miqdorida byudjetga to’lovlar, kolxozchilar mehnatiga haq to’lash fondiga qo’yilgan soliqlar bekor qilindi. Ayni vaqtda korxonalar daromadiga solinadigan soliqlar o’rniga bir qancha imtiyozlarni nazarda tutuvchi 31 foiz stavkali foyda solig’i joriy qilindi, ++S (+o’shimcha qiymat solig’i) stavkasi 20 foiz qilib belgilandi, aksiya solig’i stavkalari qayta ko’rib chiqildi; tovarlar va mahsulotlarning yangi turlariga aksizlar joriy etildi, yuridik saxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 2 baravar ko’paytiriladi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini xisoblab chiqish qonun xujjatlariga muvofiq kolxozchilarning daromad solig’ini xisoblab chiqish joriy etiladi.
Soliq isloxotlari maqsadi-boshqarishning eng maqbul vositalarini yaratish, istiqbolga yo’naltirilgan mexanizmlarni kashf etish emas, balki uni aniq tarixiy davrga mos ravishda tashkil etishdir. Soliqlar-bozor iqtisodiyotini tartibga solish vositasidir. Shu sababli, soliq tizimini takomillashtirishning muayyan muammolari mavjud.
Yuqorida aytib utganimizdak, iktisodiyetni soliklar orkali boshqarish shunga asoslanadiki foydani soliqlar orqali olib qo’yish, investisiya imkoniyatini kamaytiradi, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishiga olib keladi. Soliq yukini kamaytirish esa aksincha, investisiya xajmining oshirish va o’z navbatida iqtisodiy o’sish sur’atini tezlashtiradi. Bojxona bojlari eksport va import jarayonlarining soliqlar orqali boshqarish usuli sifatida rivojlangan davlatlarda keng qo’llaniladi.
O’zbekiston qonunchiligiga asosan, quyidagilar soliq olinadigan obyektlar bo’lib hisoblanadi:

  • foyda;

  • mahsulot, ish, xizmatning qo’shimcha qiymati;

  • huquqiy va jismoniy shaxslar mulklari;


  • ma’lum toifaga kiruvchi tovarlar qiymati;


  • mulkni berish (xadya, me’ros);


  • ma’lum toifadagi faoliyat turlari;


  • qonun biln belgilangan boshqa obyektlar.


Ma’lum toifadagi tarmoqlarni, korxonalarni yoki aholi guruhlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash uchun ularga soliqlarni kamaytirish yoki soliqlardan butunlay ozod qilish yo’li bilan soliq imtiyozlari berilishi mumkin. Korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar bo’yicha amalda bo’lgan imtiyozlar quyidagi faoliyatlarni rag’batlantirishga qaratilgan:


  • ishlab chiqarishni rivojlantirishga ketadigan xarajatlarni va uy-joy qurilishini moliyalash;


  • yangi turdagi ishlab chiqarishlarni yaratish va mustaxkamlash;


  • tadbirkorlikning kichik shakllari;


  • nafaqaxo’rlar va nogironlarni ish bilan ta’minlash;


  • xayriya faoliyati;


  • madaniy-ijtimoiy va atrof-muxitni muxofaza qilish soxalarini rivojlantirish.


O’zbekistonda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari ko’zda tutilgan: soliq olinadigan obyektning soliq olinmaydigan minimumi, obyektning aloxida elementlaridan soliq olinmasligi, aloxida shaxslar yoki to’lovchilarning ma’lum tabaqalari soliq to’lashdan ozod qilinishi, soliq stavkasining kamaytirilishi; maqsadli soliq imtiyozlari (soliq kreditlarini qo’shib hisoblaganda) soliq olishni kechiktirish va boshqalar.


To’rt hil shaklda soliq imtiyozlari berilishi mumkin:
birinchidan, bu soliq krediti bo’lib, bunda aksariyat hollarda foydadan soliqlar chiqarib tashlanadigan chegirma tushuniladi (ba’zida bunga foydadan olinadigan soliqning investision yoki ilmiy-texnik maqsadlarga ishlatilgan, u yoki bu xildagi xarajatlarga teng bo’lgan qismining muddatini uzaytirish kabi soliq imtiyozlari ham kiradi);
ikkinchidan, foydaning soliq olinadigan summani kamaytirish;
uchinchidan, soliqlardan butunlay ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash;
to’rtinchidan, tezlashtirilgan amortizasiya chora-tadbirlarini qo’llash (bunda soliq olish tizimiga bevosita ta’sir etmagan holda foydaning bir qismini ishlab chiqarishning soliq olinmaydigan amortizasion sarf-xarajatlariga o’tkazish yo’li bilan foydadan olinadigan soliq xajmini kamaytirish imkoniyati tug’iladi. Bunday holda korxona o’z mablag’lari hisobidan asosiy fondlarni tez yangilash, yangi texnologiyalarni joriy etish va yangi ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun qo’shimcha imkoniyatga ega bo’ladi).
Istalgan har bir mamlakat davlat byudjeti barcha daromadlarining aksariyat qismi soliqlar xisobidan shakllanadi. Masalan, AQSh davlat byudjetida soliq tushumlari 98 foizni, Buyuk Britaniyada 96,7 foizni, Fransiyada 91,5 foizni tashkil etadi. Soliqlar davlat faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil qiladi. Soliqlar, yuqorida ham ta’kidlab o’tganimiz singari, moliyaviy munosabatlar majmuasining davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy-himoyaviy, xuquqni himoyalash, fundamental fanlarni rivojlantirish va boshqalar bo’yicha tegishli funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan pul daromadlarini shakllantirish bilan bog’liq qismini o’zida gavdalantiradi. Soliqlar ishlab chiqarish munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida (moliyaviy munosabatlar orqali) iqtisodiy bazisga taalluqlidir. Soliqlar obyektiv zarurat bo’lib, jamiyat rivojining ehtiyojlari bilan asoslanadi. Davlat, obyektiv zaruratdan kelib chiqib, tegishli soliq tizimini shakllantiradi, uning strukturasni va mamlakat moliyaviy tizimida amal qilish mexanizmini takomillashtiradi.
Bugungi kunda respublikamizda qishloq xo’jaligi korxonalarini (shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklarini) samarali faoliyat ko’rsatishi va qo’shimcha moliyaviy mablag’ bilan ta’minlashda kreditlash mexanizmi muhim rol o’ynaydi. Xo’jaliklarni kreditlash asosan:
-Davlat extiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari – paxta va g’alla yetishtirish bo’yicha hisob-kitoblar uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg’arma hisobidan;
-suv ta’minoti, o’simliklarni kasalligi, hashorat va zararkunandalarga qarshi kurashish, chorva mollarini davolash va yuqumli kasalliklariga qarshi kurash kabi masalalarrespublika Markaziy byudjeti hisobidan;
-xo’jaliklarni ishlab chiqarish-moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur bo’lgan asosiy fondlar, texnika vositalari va aylanma mablag’larni sotib olish uchun tijorat banklarining o’z mablag’i va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan;
- turli tadbirlar yoki maqsadlar uchun mamlakatimiz, shuningdek chet el tashkilotlari hisobidan ajratiladigan mablag’lar va grantlarxisobidan;
- qishloq xo’jaligi texnika vositalarini lizing asosida harid qilinishi uchun lizing kompaniyasi tomonidan ajratiladigan mablag’lar;
-hamkorlikdagi korxona va tashkilotlarning maqsadli zayom, kredit yoki bo’nak mablag’lari hisobidan;
-xo’jalik subyektlari a’zo bo’lgan kredit uyushmalari hisobidan ajratiladigan mablag’lar;
-xo’jaliklarning shaxsiy mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xo’jaliklarni tijorat banklari orqali kreditlash yo’li bugungi kunda respublikamizda katta o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jaligi sohasidagi xo’jalik subyektlarini (shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari) kreditlash asosan “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Turonbank”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki”, “Asaka bank”, “Ipoteka banki”, “O’zsanoatqurilishbanki” va boshqa turli tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Shirkat va fermer xo’jaliklari yuridik shaxs sifatida kredit olishda mustaqil huquqga ega bo’lsalar, loyiha hududidagi dehqon xo’jaliklari “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunga binoan yuridik shaxs maqomini olgandan so’ng tijorat banklari, uyushmalar yoki boshqa turli jamg’armalar hisobidan kredit olishlari mumkin. Dehqon xo’jaligining boshlig’i yuridik maqomini olish uchun shirkat xo’jaligi raisiga ariza bilan murojaat qilishi zarur. Shirkat xo’jaligi a’zolari umumiy yig’ilishining qaroriga binoan shirkat xo’jaligi raisi rasmiy xat va majlis bayonnomasi bilan tuman xokimiga murojaat qiladi. Tuman xokimining qaroriga binoan dehqon xo’jaligiga yuridik maqom beriladi. Yuridik maqomga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklari tadbirkorlikning qonunchilikda ta’qiqlanmagan har qanday turi bilan shug’ullanishlari mumkin.
Ma’lumki, yangi tashkil etilgan, ilk bor faoliyat yurita boshlagan dehqon yoki fermer xo’jaliklari uchun dastlabki sarmoya juda muhim. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 sentyabrdagi 366-sonli qaroriga asosan dehqon xo’jaligi (yuridik maqomga ega bo’lgan) va fermer xo’jaliklariga dastlabki (boshlang’ich) samrmoyasini shakllantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish Jamg’arma zimmasiga yuklatilgan.
Boshlang’ich sarmoyaga ajratiladigan kredit asosan:
-o’z faoliyatlarini boshlashlari uchun aylanma mablag’ni shakllantirishga;
-investisiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga;
-asbob-uskunalar sotib olishga.
Dastlabki boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar faqat yangidan ochilgan, davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin 6 oydan ko’p bo’lmagan davrda kredit olish uchun tegishli buyurtmalar bergan dehqon xo’jaliklariga (yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan) va fermer xo’jaliklariga beriladi.
Jamg’armaning ushbu turdagi kreditlari tijorat banklari orqali quyidagi tartibda ajratiladi:
-yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaliklarga 3 yilgacha bo’lgan muddatga, muddatini uzaytirish huquqi berilmagan holda, Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1:6 qismi miqdoridagi imtiyozli ustama foiz bilan eng kam ish haqining 150 barobariga qadar;
-fermer xo’jaliklariga esa huddi shunday ustama foiz bilan eng kam ish haqining 300 barobariga qadar.
Masalan, agar Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 14 foiz miqdorida belgilangan bo’lsa, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga ajratilgan kreditlar ustama foizi 2,7 foiz miqdorida, ya’ni 14%:6=2,3% hisobida belgilanadi. Kredit miqdori esa agar hozirgi kunda eng kam oylik ish haqi 96105 so’m bo’lsa, dehqon xo’jaliklari uchun –14 mln. 415 ming 750 so’mni (ya’ni 96105x150=14415750 so’m), fermer xo’jaliklari uchun esa – 28 mln. 831 ming500 so’mni (ya’ni 96105x 300=28831500 so’m) tashkil etadi.
Boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga ajratilgan kredit bo’yicha ustama foizlarni to’lash 12 oyga kechiktirish, asosiy qarzlarni esa kredit olinganidan keyin 18-24 oy o’tgach qaytarishni boshlash huquqi beriladi.
Fermer xo’jaliklari imtiyozli kredit olishlari uchun o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan mazkur tijorat banklariga murojaat qilib, quyidagi hujjatlar to’plamini topshirishlari lozim:
- imtiyozli kredit olish haqida ariza;
-Biznes-reja;
-Davlat soliq xizmati mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan so’nggi hisobot davri bo’yicha (shakl 1) buxgalterlik balansi hisoboti;
-debitor va kreditorlik qarzlari haqida (shakl 2a) ma’lumotnoma;
-moliyaviy yakunlar haqida (shakl 2) hisobot;
Shuningdek, kredit oluvchi bankga kreditni qaytarilishini ta’minoti bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-mulkni garovga qo’yish;
-bank yoki sug’urta tashkilotining kafolat hati;
-qarz oluvchiga nisbatan uchinchi bir shaxsni notarial idorasi tomonidan tasdiqlangan kafolat hati;
-sug’urta kompaniyasining qarz oluvchini tomonidan qarzni to’lay olmaslik xavfni sug’urtalash haqidagi sug’urta polisi;
-mahalla, qishloq, ovul yig’ini tomonidan berilgan kafolat xati.
Taqdim etilgan bu xujjatlarNizom bo’yicha belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilishi, ya’ni:
-o’zining tizimidagi bo’limlari va tijorat bank bo’limlari bo’lmagan, shuningdek xususiy banklar uchun 10 ish kuni;
-Respublika Bosh banklari uchun ariza berilgan kundan e’tiboran 20 ish kuni belgilangan.
Hujjatlar to’plami dastlab tijorat banklarining tuman, viloyat bo’limlari (filiallari) tomonidan, so’ngra esa Bosh banklarda tahlil (ekspertiza) qilinadi. Shundan keyin Bosh tijorat bankidan ushbu loyiha bo’yicha buyurtmanoma taqdim etiladi va joriy yilga tuzilgan Bosh kelishuvga asosan ular o’rtasida kredit liniyasini ochish to’g’risida kredit shartnomasi tuziladi va mijozning biznes-reja asosida ish olib borishi uchun moliyalashtiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining har bir tumanda bandlik xizmati bo’limi tashkil etilgan. Fermer va dehqon xo’jaliklari, yakka tadbirkorlar qishloq hududlarida yangi ish joylarini tashkil etish yoki boshqa tadbirkorlik loyihalari uchun ushbu bo’limning bandlik jamg’armasi hisobidan imtiyozli kreditlar olishlari mumkin.
Respublikamiz tijorat banklari o’z mablag’lari va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan kredit ajratadilar. Bunda har bir bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida kreditga bo’lgan talab to’g’risida xujjat talab etiladi. Jumladan, “Agro-bank” mijozi bo’lgan yuridik shaxslaruchun:
-so’ralayotgan kredit miqdori ko’rsatilayotgan ariza;
-pul oqimlari ko’rsatilgan biznes-reja;
-davlat soliq xizmati tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik hisobotlari;



Yüklə 50,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə