Agrobiznes va marketing



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə4/28
tarix29.11.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#138895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
амалий машгулот кулланма

1




2




2




3




3




6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
7. Topshiriqlarni bajarishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
8. Savol va javoblar.
9. Uyga vazifalar.
9.1. O’tilgan mavzuni o’qib chiqish.
9.2. Topshiriqlarni to’liq bajarish.
9.3. Ma’ruza matni asosida keyingi mavzu bilan mustaqil tanishib chiqish.
2-amaliy mashg’ulot: Marketing tamoyillari, vazifalari.
funktsiyalari va turlari(2 soat).


1. Darsning maqsadi: Talabalarga bozor faoliyatini tahlil etish jarayonida marketing tamoyillari, vazifalari va funktsiyalari haqida nazariy bilimlarni, boshqarish jarayonlari va marketing tadbirlarini ishlab chiqishni o’rgatish.


2. Darsning rejasi:

  1. Marketingni asosiy tamoyillari, vazifalari va funktsiyalari mazmuni.

  2. Tovar, narx taqsimoti, kommunikatsiya va siljitish siyosatlarni amalga oshirish.

  3. Talablarni holati va rivojlantirishiga ko’ra marketingni turlari.

  4. O’zbekistonda marketingni vujudga kelishi va rivojlanishi.

Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati–tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:



    • iste’molchilarga nima kerak bo’lsa, o’shani ishlab chiqarish kerak;

    • bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarning muammolarini echish vositalari bilan ishlash;

    • tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil etish kerak;

    • firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;

    • marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;

    • tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;

    • korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;

    • tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;

    • tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;

    • talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;

    • tovar bozori yoki firma imidji(obruyi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.

Marketing kontseptsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari 6 ta guruhga bo’linadi:

      1. marketing tadqiqotlari funktsiyasi,

      2. mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish funktsiyasi,

      3. sotish va taqsimot funktsiyasi,

      4. tovarni siljitish funktsiyasi,

      5. narxni tashkil etish funktsiyasi,

      6. marketing-menejment funktsiyasi.

Marketing tadqiqotlari funktsiyasida xalkaro bozorni taxlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing operatsiyalarini o’rganish; axborot to’plash va kayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; raqobatlarni o’rganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o’rganiladi.
Taxliliy funktsiyada tashki muxit omillari, bozor, uning elementlari va xolati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muxiti taxlil kilinadi. Bunda firma raxbariyati tomonidan nazorat kilinadigan omillar -texnologik jarayon, moliya axvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar xisobga olinadi.
Tashki muxit omillariga iste’molchilar, raqobat xukumat, iktisodiyot, texnologiya, mustakil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat kilinmaydigan omillar kiradi.
Mahsulot yaratish funktsiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish soxasia tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chikish masalalari xal etiladi.
Sotish funktsiyasi orqali tovarni taksimlash va sotish siyostaini ishlab chikish, sado-taksimot tarmogi orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga jaylashtirishni tashkil etish, tovar oborotini aniqlash, taksimot tizimini fizik okimlarini nazorat qilish va sotishni taxlil etish o’rganiladi.
Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni ragbatlantirish va reklama siyosatini ishlab chikish; sotishni ragbatlantirishni samarali instrumentlarini asoslash; tovarni siljitish tugrisida mul’timedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini ragbatlantirish; pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar tulik o’rganiladi.
Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va taktikasini ishlab chikish; sotuvni xar bir bozori uchun xar bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar uzgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini taxlil qilish; yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar xal etiladi.
Marketing-menedjment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chikish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baxolash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya xisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketing funktsiyasini firmani boshqa funktsiyalaridan farki shundan iboratki, marketing funktsiyasi firmalar, uning iste’molchilari, mijozlari urtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga karatilgandir. SHuning uchun xam marketing funktsiyasi doimo uzgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikka egadir.
Marketing maqsadi ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va atklifni muvozanatiga erishgan xolda uni tashkil etgan narx, tashkilotlarga yukori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muxim vazifalarni xal etishi lozim:

  • xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif tugrisida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga kizikishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va taxlil qilish;

  • tovarni bozoga chiqarishdagi barcha xizmatlar tugrisida ma’lumotlar olish;

  • tuldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar tugrisida axborot yigish;

  • tovarlarga bulgan talabni istikbollash, ularni amlaga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baxolash va amalga oshirish xamda bozorda talab va taklifni muvofiklashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg’ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo’shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.
5.1. Test topshiriqlari.


Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə