Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

Biznes /Бизнес /Business – 
sohibkorlik – tijorat ishlari bilan 
shug‘ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan shug‘ullanish. 
Bazis davr /Базовый период /Base period 
– iqtisodiyotda joriy 
(hisobot) davri ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari) ni qiyoslash uchun qabul 
qilingan biror vaqt (oy, kvartal, yil va h.k.) yoki sana. 
Bazis narx /Базовая цена /Base price 
rejali iqtisodiyotda 
doimiy deb qabul qilingan va xalq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari (masalan, 
milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti va 
boshqa)dagi o‘zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan 
narx .Sifat ko‘rsatkichlari aniq bo‘lgan tovarning kontrakt yoki 
preyskurant narxi. 
Balans /Баланс /Balance
(lotincha 
balanx
) – biron-bir 
faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim bo‘lgan tomonlari 
(masalan, daromadlar va xarajatlar) o‘rtasidagi nisbatlarning miqdoriy 
ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi
savdo balansi, mehnat resurslari balansi, daromad va xarajatlar balansi, 
to‘lov balansi va boshqa balanslar mavjud. 
Bandlik /Занятость /Employment 
– aholini ish bilan ta’minlash, 
mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul 
bo‘lishi; fuqarolarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi 
beradigan faoliyati. 
Bank krediti /Банковский кредит /Bank loan 
banklarning 


269 
 
mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. Banklar 
qaytarishlik, bank foizi to‘lovi va muddatlilik shartlarida o‘z mablag‘lari 
va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan kreditlarni beradi. Turli ssudalar 
(savdo-sotiq, ko‘chmas mulkni garovga oilsh, asosiy kapitalni 
kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə