Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

266 
 
GLOSSARIY (asosiy iboralar mazmuni) 
 
Agrar islohotlar /Аграрные реформы /Agrarian reforms – 
yer 
bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonidagi islohotlar. Davlatning yerga 
bo‘lgan mulkchilik munosabatlari va yer bilan bog‘liq xo‘jalik yuritish 
shakllarini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Dastlab 
agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yo‘nalishi, uni 
o‘tkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib agrar islohotlarni 
o‘tkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga 
oshiradi. 
Agrar siyosat /Аграрная политика /Agrarian policy – 
agrar 
munosabatlar masalasida davlatning faoliyati. Uning yordamida yer, 
asosiy vositalarga bo‘lgan mulkchilik, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish 
masalalarining asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Qishloq xo‘jaligini 
kompleks rivojlantirishga qaratilgan faoliyat olib boriladi. Qishloq 
aholisining eng dolzarb masalalarini hal etish yo‘nalishlari belgilanadi. 
Har bir davlat o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, mamlakat imkoniyatlarini 
hisobga olib agrar siyosatini olib boradi. Agrar siyosat ma’lum davrlarda 
o‘sha darvning sharoitlarini hisobga olib o‘zgarib, o‘z zamonasiga 
moslashtirilib boriladi. 
Agrar masala /Аграрная задача /Agrarian task - 
ASMning 
ikkinchi bo‘g‘inida
 
yerga egalik qilish va undan samarali foydalanish 
xamda xo‘jalik yuritish shakllari xaqidagi masalalar majmui. 
Agrosanoat majmuasi /агропромышленный комплекс/
agricultural sector 
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, 
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish 
maqsadida, o‘zaro texnologik va xo‘jalik aloqalar bilan bog‘langan 
iqtisodiyotning ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlari 
yig‘indisidan iborat bo‘lib, yagona maqsad yo‘lida ishlaydigan 
majmuadir. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə