Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

264 
 
Shu sababli ikkinchi darajadagi himoya tartibi o‘rnatiladi. Bu himoya 
tartibi ostona narxlari orqali amalga oshiriladi. Uni ba’zida minimal 
import narxlari deb ham yuritiladi. Ostona narxlari mahsulotni 
asosiy iste’mol qiluvchi zonaga uni jo‘natadi gan asosiy portdan olib
kelish xarajatlarini maqsadli narxlardan ajratish 
natijasida
aniqlanadi. Donchilikda asosiy don iste’mol qiladi gan zona Disburg 
shahri, donni jo‘natadigan asosiy port esa Rotterdam deb qabul qilingan.
Ostona narxlari o‘zgaruvchan import tarifini aniqlashning asosi 
hisoblanadi. O‘zgaruvchan import tariflari ostona narxlari bilan dunyo 
narxlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Yevropa Hamjamiyati 
davlatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi bilan bir qatorda 
ularning 
eksporti 
bilan 
ham 
shug‘ullanadi. Qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari ning dunyo narxlari, odatda, Yevropa davlatlaridagidan 
ancha past. Bunday holda eksportni amalga oshirish ma’lum zararlar 
bilan bog‘liq. Ushbu zararlarni qoplash uchun eksport bilan 
shug‘ullanganlarga eksport subsidiya lari beriladi. Eksport subsidiyasi 
dunyo narxlari bilan intervension narxlar o‘rtasidagi farq sifatida 
yuzaga chiqadi. Fermerlar eksport bilan shug‘ullanishlari uchun 
maxsus tenderda ishtirok etadilar va uni yutib chiqqanlarga eksport 
bilan 
shug‘ullanish huquqi beriladi. Faqat tenderda yutib 
chiqqanlargagina eksport subsidiyalari beriladi. 
Qisqacha xulosalar 
Bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish alohida 
olingan bir davlatda ma’lum chegaralanishlarga ega. Alohida olingan 
davlatlarning imkoniyatlari cheklangan. Bir nechta davlatlarning o‘zaro 
kelishgan holda ishlab chiqarishni tashkil etishlari albatta katta 
imkoniyatlarni ochadi. Birgalashib yagona bir siyosat orqali qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritishning samaradorligini Yevropa 
hamjamiyati misolida ko‘rish mumkin. 2013 yilda siyosat kelajakda 
kutib turgan qiyinchiliklarning oldini olish uchun o‘zgartirildi. Bu 
jamiyat istiqbollarini hisobga oladigan va uzoq vaqt amal qiladigan 
o‘zgarishlarga olib keladi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash adolatli 
va ekologik toza prinsipda bo‘ladi, fermerlarga oziq-ovqat zanjirida 
boshqa sub’yektlarga nisbatan o‘z o‘rnini tobora mustahkamlash uchun 
yordam beradi, siyosat yanada samarali va yanada shaffof bo‘ladi. 
Islohot Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, 
qishloq joylarda ish o‘rinlarini yaratish va ko‘paytirish kabi kuchli 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə