Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

261 
 
ifodalaydi. Yagona Agrar Siyosat puxta o‘ylangan, barqaror va har 
tomonlama iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish kabi umumiy maqsadga 
erishishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu so‘nggi 53 yil davomida qilgani kabi 
barcha Yevropa Ittifoqi fuqarolariga foyda keltirishni davom ettiradi. 
Yagona agrar siyosatga oid ayrim ma’lumotlar quyidagilar bilan 
asoslanadi:
-
2021-yilda yagona agrar siyosatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar 
ko‘rinishida 141 million gektar maydonni egallagan, o‘rtacha yer 
maydoni 24,1 ga bo‘lgan 5,8 million fermer xo‘jaligi ko‘mak oldi; 
-
O‘rtacha hisobda fermerlarning yalpi daromadi Yevropa Ittifoqi 
o‘rtacha ish haqining 49 foizini ini tashkil qiladi (2021). 
-
Yevropa Ittifoqidagi umumiy foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi 
maydonining 59 foiz qismi tabiiy cheklovlar va boshqa hududga xos 
cheklovlar ta’siridagi hududlarni tashkil etadi (2021). 
-
To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishidagi daromadlar orqali qo‘llab-
quvvatlash Yevropa Ittifoqi fermer xo‘jaliklari daromadining 
taxminan 25 foiz qismini tashkil qiladi
-
2020 yilda Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligi yerlarining 9,1 foizi 
organik usulda mahsulot yetishtirishga o‘tdi. Ushbu organik 
dehqonchilik ostidagi yerlarning 61,6 foizi organik ekinlar uchun 
maxsus yagona agrar siyosat qo‘llab-quvvatlash to‘lovlarini oldi; 
-
Yevropa Ittifoqi sof issiqxona gazlari emissiyasining 12% qishloq 
xo‘jaligidan kelib chiqadi (2020); 
-
O‘rmon yerlari bilan solishtirganda o‘tloqlar va ekin maydonlaridagi 
tendensiyalar barqarorligicha qolgan holda yerda uglerodning 
birikishi kamaymoqda; 
-
2000-2014-yillarda qishloq xo‘jaligidan kelib chiqadigan ozuqa 
moddalarining ifloslanish xavfi (“Yalpi ozuqa balansi”) kamaydi, shu 
bilan birga yer osti suvlari monitoringi stansiyalarining deyarli 10 
foizi hali ham nitratlarning kontsentratsiyasining litriga 50 mg 
nitratlar bo‘lgan qonuniy chegarasidan oshib ketganini ko‘rsatdi 
(2019); 
-
qishloq joylarda 137 million kishi yoki Yevropa Ittifoqi aholisining 
30 foizi istiqomat qiladi. Ba’zi hududlar aholi sonining kamayishiga 
va qarishga duch kelmoqda (2018); 
-
fermer xo‘jaligi rahbarining o‘rtacha yoshi 57 yoshda (2020) va 
Yevropa Ittifoqidagi 5 fermerdan faqat 1 nafari 44 yoshdan kichik 
(2020); 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə