Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

260 
 
tuprog‘i va fermerlarining texnik darajasi tufayli Yevropa dunyodagi 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eng muhim ishlab chiqaruvchilaridan 
biri hisoblanadi. 2050 yilga borib 9 milliardga yetishi kutilayotgan 
dunyo aholisini boqish uchun global darajada oziq-ovqat ishlab 
chiqarishni ikki barobarga oshirish kerak bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi 
Yagona Agrar Siyosati orqali bu muammoni hal qilishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu esa fermerlik sohasida investisiya lashni davom 
ettirish kerakligini tasdiqlaydi.
17.2.
 
Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
narxlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi 
 
Mahsulotlarning hajmi, xilma-xilligi va sifati Yevropa Ittifoqini yirik 
eksportchiga aylantirdi. Haqiqatan, Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jali gi 
(asosan qayta ishlangan va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar) 
mahsulotlarining yetakchi eksportchisidir. 
Yevropa Ittifoqi Jahon Savdo Tashkilotining eng muhim va faol a’zolari 
dan biri sifatida global savdo, jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
savdosida innovasion va progressiv umumiy qoidalar ishlab chiqishda 
asosiy rol o‘ynaydi. JST rolini qo‘llab-quvvatlash bilan Yevropa Ittifoqi 
dunyoning barcha mamlakatlari uchun erkin, adolatli va ochiq savdo 
tizimini saqlab qolish uchun yordam beradi. Yevropaning qishloq 
xo‘jaligi 2020 yilda: oldindagi tahdidlarga qarshi kurashish. Yagona 
Agrar Siyosat iste’molchilar stollarini foydali, sifatli va xavfsiz, sotib 
olish mumkin bo‘lgan adolatli narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlab beradi.Yagona Agrar Siyosat iqtisodiy beqarorlik holatlari va 
fuqarolarning o‘zgaruvchan talablariga moslashish uchun yillar 
davomida rivojlanib kelmoqda. Fuqarolarning aksariyati bu siyosatni 
qo‘llab-quvvatlaydi va uning katta afzalliklarga egaligini tan oladi. 
2013 yilda siyosat kelajakda kutib turgan qiyinchiliklarning olish 
uchun o‘zgartirildi. Bu jamiyat istiqbollarini hisobga oladi va uzoq vaqt 
amal qiladigan o‘zgarishlarga olib keladi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-
quvvatlash adolatli va ekologik toza prinsipda bo‘ladi, fermerlarga oziq-
ovqat zanjirida boshqa sub’yektlarga nisbatan o‘z o‘rnini tobora 
mustahkamlash uchun yordam beradi; siyosat yanada samarali va 
yanada shaffof bo‘ladi. Islohot Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat 
xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, qishloq joylarda ish o‘rinlarini yaratish va 
ko‘paytirish kabi kuchli muammolarga munosib yechimlar topilishini 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə