Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

263 
 
-
Yevropa Ittifoqi chorva mollarining 23 foizi hayvonlar farovonligini 
qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash bo‘yicha harakatlar bilan qoplanadi, 
bu mikroblarga qarshi vositalardan foydalanishni cheklashga yordam 
beradi; 
-
ryejalar qishloq joylarda yashash va ishlashni yanada jozibador qilish 
uchun investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi, kamida 400 000 ish o‘rni 
yaratishga, shuningdek, 600 dan ortiq aqlli qishloq strategiyalarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishga yordam beradi
-
kyeyingi ish o‘rinlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlovchi «LIDER» 
strategiyalari qishloq aholisining 65 foizi istiqomat qiladigan 
hududlarni qamrab olishga qaratilgan. 
Yevropa hamjamiyatiga a’zo davlatlar o‘rtasida olib borilayotgan 
yagona agrar siyosat o‘ziga xos mexanizmlar bilan tartibga solinib 
turiladi. Ularning asosini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini 
yagona bozorda qo‘llab-quvvatlab turish tashkil etiladi. Uning 
asoslaridan biri maqsadli narxlardir. Maqsadli narxlar bozori mahsulot 
eng kam ta’minlangan joylarda xohish asosida o‘rnatilishi mumkin 
bo‘lgan narxdir. Donchilikda shunday narx o‘rnatilgan joy 
Germaniyaning Disburg shahri deb qabul qilingan. Disburg shahri don 
bilan nisbatan yaxshi ta’minlanmagan zona hisoblanar ekan. Asosiy don 
ishlab chiqaruvchi zona deb Fransiyaning shimoliy qismida joylashgan 
Orme shahri qabul qilingan. Maqsadli narxlar har yili Yevropa 
Hamjamiyatining Vazirlar kengashi tomonidan o‘rnatiladi va u barcha 
hisoblanganning asosida yotadi. Intervension narxlar maqsadli 
narhlardan past o‘rnatiladi. Uning asosiy maqsadi ichki narxlarning 
ma’lum miqdordan pasayib ketmasligini ta’minlashdir. Maqsadli narxlar 
bilan intervension narhlar bilan intervension narxlar o‘rtasidagi farq 
donni Orme shahridan Disburg shahriga olib kelish bilan bog‘liq 
xarajatlar miqdorida bo‘ladi. Agarda bozorda narx intervension 
narxlardan past bo‘lsa, intervension idoralar o‘z ishini boshlaydi. 
Ya’ni ular donni fermerlardan intervension narxlarda sotib ola 
boshlaydilar. Bozor narxi intervension narxdan yuqori bo‘lgan 
taqdirda 
fermerlar 
o‘z mahsulotlarini bozorda erkin sotadilar. 
Intervension idoralar sotib olgan mahsulotlarini zaraga bo‘lsada, chetga 
eksport qiladilar. Shunday qilib, intervension narxlar Yevropa bozorida 
shakllanadigan narxlarning pastki chegarasini belgilaydi. Intervension 
narxlar dunyo narxlaridan past bo‘lishi katta salbiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. U holda chetdan mahsulotlar kirib kelishi kuchayadi. 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə