Ahamiyatining o‘sishi


Inson resurslarini boshqarish bosqichlari



Yüklə 488,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.06.2022
ölçüsü488,15 Kb.
#88796
1   2   3
hr book

Inson resurslarini boshqarish bosqichlari
Yirik tashkilotlarda mehnat resurslariga umumiy rahbarlik mas’uliyati 
kadrlar bo‘limining malakali xodimlariga yuklatilgan bo‘lib, u odatda shtab 
xizmatlari tarkibiga kiradi. Bu mutaxassislar tashkilot maqsadlarini amalga 
oshirishga yordam berishi uchun, ular faqat o‘z sohalarini emas, balki quyi bo‘g‘in 
rahbarlarining ehtiyojlarini ham bilishlari zarur. Shu bilan birga bu rahbarlar 
mehnat resurslarini boshqarish xususiyatlarini, uning mexanizmi, imkoniyatlari va 
kamchiliklarini tushunmasa, kadrlar mutaxassislari xizmatlaridan umumli 
foydalana olmaydilar. Shuning uchun barcha rahbarlar insonlarni boshqarish 
usullari va metodlarini bilishi va tushunishi muhim. Inson resurslarini boshqarish 
tizimi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Resurslarni rejalashtirish: inson 
resurslariga kelgusi ehtiyojlarni qondirish rejasini ishlab chiqish. 2. Personalni 
to‘plash: barcha lavozimlar bo‘yicha potentsial nomzodlar rezervini tashkil etish. 
3. Tanlash: ish joylariga nomzodlarni baholash va rezervdan eng yaxshilarini 
tanlash. 4. Ish haqi va imtiyozlarni aniqlash: xizmatchilarni jalb qilish, yollash va 
saqlab qolish maqsadida ish haqi va imtiyozlar tarkibini ishlab chiqish. 5. Kasbga 
yo‘naltirish va moslashuv: yollangan ishchilarni tashkilot va uning bo‘linmalari 
bilan tanishtirish, ishchida undan nima kutilayotganligi haqida tushuncha hosil 
qilish va qanday mehnat yaxshi baholanishini tushuntirish. 6. O‘qitish: ishni 
samarali bajarish uchun kerakli mehnat ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun dasturlar 
ishlab chiqish. 7. Mehnat faoliyatini baholash mehnat faoliyatini baholash 
metodikasini ishlab chiqish va uni xodimga etkazish. 8. O‘stirish, pasaytirish, 
o‘tkazish, bo‘shatish: xodimlarni lavozimlarga yoki boshqa ish uchastkalariga 
o‘tkazish usullarini ishlab chiqish. 9. Rahbar kadrlarni tayyorlash, xizmat 
ko‘rsatishlarini boshqarish: rahbar xodimlarni mehnat samaradorligini ko‘tarishga 
va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish. 
4
Qosimova D.S., Nazarova G.G.,Salixova N.M., Ismoilova N.S., “Inson 
resurslsrini boshqarish”.DarslikT.:Iqtisodiyot,2011,-213bet



Yüklə 488,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə