Ahamoniylar saltanati (O‘rta osiyoda hukmronligi) mundarija kirish I bob. Ahamoniylar davrida o'rta osiyo


II BOB. AHAMONIYLAR DAVLATINING QO’SHIN TURLARI VA O’RTA OSIYONI SATRAPLIKLARGA BO’LINISHI



Yüklə 92,83 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü92,83 Kb.
#145269
1   2   3   4   5   6   7
AHAMONIYLAR SALTANATI (O‘RTA OSIYODA HUKMRONLIGI)

II BOB. AHAMONIYLAR DAVLATINING QO’SHIN TURLARI VA O’RTA OSIYONI SATRAPLIKLARGA BO’LINISHI.

    1. Ahamoniylar davrida qo’shin turlari , madaniyat va din.

Ahamoniylarga tobe bo’lgan yana bir hudud Xorazm hisoblanadi. Ahamoniylar tobeligiga tushib qolganligi to’g’risida aniq bir ma’lumot berilmaydi ammo Doroning buyrig’i bilan zagros qoyasiga ( Erondagi Kirmonshoh shahridan 30 km masofada joylashgan) o’yib bitilgan yozuvga ko’ra Xorazm, So’g’diyona, Ariya, Parfiya Ahamoniylarga qaram 23 viloyat (Satrapiya) qatorida sanab o’tiladi ayni guvohliklarni Pernopoldagi (Erondagi Sheroz shahridan shimolda taxminan 50 km masofada joylashgan, 520-450-yillar orasida qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin7. Lekin Doro I ning qabir toshi bitiklarida Ahamoniylar saltanatida tobe mamlakatlar ro’yxatida So’g’diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan xolos. Xorazm esa bu qatorda yo’q. Geradod qoldirgan ma’lumotlarda aytilishicha Parfiya, Xorazm, So’g’diyona, Ariya ahamoniylarga qaram XVI okrugni tashkil etib, yiliga 300 talant soliq to’lab turganlar8.
Miloddan avvalgi 520-yil Elamliklar 3 marta Forslarga qarshi chiqdilar va bu haqda Behistun yozuvlarida shunday xabar qilinadi. Elam deb nomlanmish davlatda isyon bo’ldi Elamliklar Atamanta ismli shaxsni o’zlarining hukmdori deb elon qilishibdi shundan so’ng men qo’shin yubordim. Meni xizmatimdagi Gaubaruva ismli forsni ularga boshliq qildim. U Elamliklar bilan uzoq urushdi. Keyin Gaubaruva Elamliklarni tor-mor qildi va yanchib tashladi, ularni boshlig’ini ushlab meni oldimga olib keldi va men uni “o’ldirtirdim shundan so’ng mamlakat meniki bo’ldi” . Shu tariqa butun O’rta Osiyo ahamoniylar qo’l ostida o’tdi ajdodlarimiz o‘z erki uchun doimo kurashib kelgan. Shu misolda Fradani olishimiz mumkin. Tarixchilarning xabar berishicha eng ko’p odam o’ldirilgan joy Marg’iyona bo’lgan ekan (qo’zg’olonni bostirish paytida 55 ming kishi o’ldirilgan 6972 asir qilingan).
Ahamoniylar davlat boshqaruvi shakliga ko’ra zo’rlikka asoslangan, tuzilishi markazlashgan initar (oddiy) shaklda edi. Butun hokimiyat podshoh qo’lida edi u davlatni kuchli markaziy davlat apparatiga tayangan holda boshqargan. Davlat apparatida podshohdan keyin ikkinchi o’rinda hazorapat (ming boshliq) turgan. U barcha davlat organlariga va mansabdor shaxslar faoliyatining nazorati hamda markaziy devon boshqaruvini yuritgan. Podshohning shaxsiy qo’riqchilariga boshliq bo’lgan hamda podshohga kelgan shikoyat va arizalar haqida ma’lumot berib borgan. Markaziy devonga kotiblar taftishchilar podshohga ma’lumot yig’ib keluvchilar apoqa xizmati xodimlari va boshqalar bo’ysungan.
Ahamoniylardan Doro I mamlakatni mustahkamlash uchun qator islohotlar o’tkazadi. U bosib olingan hudud ustidan nazorat o`rnatadi, soliqlar yig`imini tartibga soladi. U davlat hududini satrapiya deb atalgan ma`muriy soliq okruglariga bo`ladi. Bunda asosan miqdori talan9 bilan belgilanganligini ko’rishimiz mumkin. Satrapliklar o’z hajmi jihatdan ilgarigi katta davlatlar, provinsiyalardan ham katta bo`lgan. Satrapliklar ichida avtonom o’z-o’zini boshqaradigan qabila va shaharlar Finikiya, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari ham mavjud bo`lgan. Forslar Finikiya shaharlarining ichki ishlariga aralashmaganlar va buning evaziga ular ahamoniylarni oxirigacha qo`llab-quvvatlaganlar. Satraplik lavozimiga forslar tayinlanadigan bo`ladi. Kayxusrav va Kambiz davrida satrap qo`l ostida fuqarolik va harbiy hokimiyat to`plangan edi. Bu haqida satrap Gobriyning Bobil, Suriya va yuqori Mesopotamiyadagi bir vaqtning o`zida fuqarolik va harbiy noib vazifasini bajargani to`g`risida aniq ma`lumotlar bor. Satrap va harbiy boshliqlar markaziy hokimiyatni podshoning va ayniqsa uning maxfiy xizmatining doimiy nazorati ostida bo`lganlar. Chunki viloyat satraplari doimo mustaqillikga erishishga harakat qilib, ajralib chiqish xavfini tug`dirganlar. Davlat boshqaruvi va barcha amaldorlar ustida oliy nazorat “xazorapat” deb atalgan mansabdor qo`lida bo`lgan. U bir vaqtning o`zida “o`n ming o’lmas” podsho shaxsiy gvardiyasining boshlig`i bo`lgan. Islohotlar natijasida markaziy podsho konselariyasi bilan katta byukrokratik apparat vujudga kelgan. Davlat boshqaruvi poytaxt Suzada bo`lib, podshoning bosh qarorgohi Persopol bo`lgan.
Miloddan avvalgi 522-521-yillarda anchagina hududlarni bosib olib yoki ko’tarilgan qo’zg’alonlarni bostirib bo’lgan Doro I islohotlar qila boshlaydi. Yuqorida ma’muriy jihatdan satrapiyalarga bo’linganligini gapirib bo’lgan edik. Endi uni barcha sohalardagi islohotlarni gapirib o’tsak. Boshqaruv tizimida qonunlarni joriy etish maqsadida bir guruh qonunshunoslarni yig’ib qadim Misr hududidagi qonunlarni barchasini yetarlicha yaxshi o’rganib hamda o’zining yangi qonunlari uchun asos bo’lgan Hamurapi qonunlari bilan birga butun imperiya hududida bo’ysunishi shart bo’lgan barcha qonunlarni ishlab chiqdi. Doro I soliq tizimini joriy etib, o’z boyligini ko’paytiradi. Satrapliklardan qancha miqdorda soliq olishini Doro I o’zi belgilagan edi. Bu belgilagan miqdor to ahamoniylar davlati qulaguncha qadar o’zgarmadi. Soliq yig’ib olish anchagina shavqatsiz kechgan.
Forslarning qudratini dunyoga ularning armiyasi orqali bilishadi. Ahamoniylar armiyasi asosini forslar va middiyaliklar tashkil etgan, ular armiya safida 20 yil mobaynida xizmat ilganlar. Forslarning harbiy qudratini sharqiy eronliklar va shimoli-sharqiy hududdagi jangchilar saqlab turishgan. Forslarning otliq qo’shini asosini O’rta Osiyolik saklar tashkil etgan. Harbiy hayotda saklar butun Ahamoniylar davlati faoliyati davomida otliq qo’shindagi ustunlikni hechkimga bermaganlar. Forslar armiyasida 10 ming kishidan tashkil topgan “Bessmertnix” o’lmaydiganlar guruhi bo’lgan. Jangladagi forslarning g’alabasini aynan ular taminlashgan. Hokimiyatdagi boshqaruv haqida gapiradigan bo’lsak barcha sud ishlarini satraplar nazorat qilgan, tergov va tekshiruv ishlari esa ishonchli mahalliy zodagonga yuklangan. Yo’llarning tamirlanganligi karvon saroylarning qurganligi aloqa tizimini yaxshi ishlashiga zamin yaratgan.
Qo’shin otliq va piyoda harbiy qismlardan tashkil topgan. Otliq qismlar-zodagonlardan; piyodalar-dehqonlardan olingan. Bu ikkala qismlarning uyg`un harakati urushlarda g`alabani qo`lga kiritishga sabab bo`lar edi. Piyoda qo`shinning asosiy quroli kamon, suvoriyning qurol-aslahasi temir sovut, jez qalqon va ikki temir nayza ham bo`lgan.
Qo’shinning eng ilg’or qismi o`n ming “o`lmas” askarlarining birinchi mingtasi faqat fors aslzodalari vakillaridan iborat bo`lib, podshohning shaxsiy qo`riqchilari hisoblanganlar. Qolgan qismlari turli fors, elam qabilalaridan to`ldirilgan.
Bosib olingan mamlakatlarda qaram aholining qo’zg’olonlarini bostirish maqsadida qo’shinlar joylashtirilgan. Misr va Bobilda 10-12 ming kishilik qo’shin turgan. Davlat chegaralarida harbiylarga yer berilib harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Bevosita xizmatda bo`lgan harbiylar har oyda mahsulot bilan ish haqi olganlar. Iste’foga chiqgan askar oilasi bilan asosan kichik yer ulushidan kun ko’rgan, savdo va turli hunarlar bilan shug’ullangan.
Eng muhim urush harakatlari davrida har bir qaram xalq ma`lum miqdorda askar yetkazib berish majburiyatini olgan. Doro I davrida forslar dengizda ham yetakchi rol o`ynay boshlaydilar. Dengiz janglari Finikiya, Kipr, Egey orollari va Misr floti yordamida olib borilgan. Matros sifatida saklar, forslar xizmat qilganlar. Ko’pincha flotda rahbarlik vazifalarida misrliklar bo`lgan. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab Fors o’lkasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Dehqonlar harbiy xizmatdan bosh torta boshlaydilar. Bu o’z navbatda fors piyoda qo’shinlarini jangovar qobilyatini yo’qotishga olib keladi. Endilikda ular yaxshi qurollangan yunon yollanma askarlari bilan almashtira boshlanadi.
Qadimgi Eron dini va madaniyati. Qadimgi Eron mafkurasida miloddan avvalgi I mingyillikda shakllangan diniy ta`limot zardushtiylik muhim o`rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an’ana, urf-odat va rasm-rusumlarni saqlovchi maglar bo`lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni ta’qiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo’lishini targ’ib qildi. Doro I mil.avv. 520-yil atroflarida zardushtiylikni rasmiy davlat dini deb e`lon qildi.
Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug`lik, oy, shamol kabilarni o’zida ifodalagan xudolarga sig’inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo’lsalarda, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar.
Diniy e’tiqodni mazkazlashtirish maqsadida Kserks (mil.avv. IV asrda) Eronda diniy islohot o’tkazadi. U Mitra, Anaxita, Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo’q qilmoqchi bo’ladi. Bu islohot o’z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so’ng, qadimgi xudolarga sig’inish yanada keng avj oladi. Ahamoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo’l qo`ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o’tashga majbur qiladilar10.
Ahamoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar. Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg’ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo’yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma’buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro I o’zini ma’buda Neytning o’g’li deb e’lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag’ishlab ibodatxonalar quradi.

Yüklə 92,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə