Ahamoniylar saltanati (O‘rta osiyoda hukmronligi) mundarija kirish I bob. Ahamoniylar davrida o'rta osiyo


Ahmoniylar davlatining bosqiniga qarshi kurash



Yüklə 92,83 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü92,83 Kb.
#145269
1   2   3   4   5   6   7
AHAMONIYLAR SALTANATI (O‘RTA OSIYODA HUKMRONLIGI)

1.2. Ahmoniylar davlatining bosqiniga qarshi kurash
Miloddan avvalgi VII asrda Xorazm vohasida birinchi o’zbek davlati tashkil topgan edi. Bu davlat keyingi salkam uch ming yil mobaynida birin-ketin hukm surgan davlatlarning asosi sifatida namoyon bo’ldi. Afsuski uning tarixiga doir yozma manbalar juda oz va qisqa saqlangan bo’lib, chuqur va atroflicha ta’riflashning iloji yo’q. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra mintaqadagi podshohlardan biri uning nafratiga duchor bo’lgan 400 kishini Xorazmga surgun qilgan. U bir necha yillardan keyin ularning ahvolini bilish maqsadida o’z odamlarini yuborgan ekan. Natijada shu narsa ma’lum bo’ladiki, surgun qilingan kishilar sog’-salomat hayot kechirganlar. Podshoh bu xabarni olgach, 400 kishidan iborat turkiy ayollarni ularning ixtiyoriga jo’natgan ekan. Shundan keyin Xorazmda oilalar yuzaga kelib odamlarning soni ko’payib borgan. Shubhasiz u yerga atrof-joylardan boshqa odamlar ham kelib o’rnashganlar. Shu tariqa Xorazmda aholi ko’payib, vaqtlarning o’tishi bilan shaharlar ham paydo bo’lgan. Vohada Amudaryo tufayli sun’iy sug’orish rivojlanib, dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo o’sgan. Davlat va qo’shinning kuch-qudrati oshgandan keyin ulug’ davlatchilik g’oyalari yuzaga kelib, uzoq joylarga harbiy yurishlar uyushtirilgan. Natijada Xorazm davlati yirik imperiyaga aylangan. Xususan, uning chegarasi Qora dengiz bo’ylari va Gruziyagacha borib taqalgan. Shunisi diqqatga sazovorki, 1944 yilda Kamchatkada miloddan avvalgi asrlarda Xorazmda zarb etilgan tanga topilgan. Ehtimol, buyuk Xorazm davlatining chegarasi yoki ta’sir doirasi Kamchatkaga yetgandir.
Xorazm davlati asosan sak nomi bilan ataluvchi turkiy aholini o’z ichiga olgan. Bu xalq o’sha qadimiy davrlarda g’arbda Dnepr daryosidan tortib, sharqda Tyan-Shan tog’larigacha cho’zilgan ulkan yerlarda hayot kechirganlar. Ammo, ularning ilg’orlashgan qismi hozirgi O’zbekiston hududida istiqomat qilganlar. Eradan avvalgi ikki minginchi yilning ikkinchi yarmida yozilgan hindlarning “Mahobxarata” dostonida ko’rsatilishicha, Turkiston zaminida o’sha davrda istiqomat qilgan qadimiy aholi yung, ipak, paxta va boshqa narsalardan to’qilgan gazlamalardan liboslar kiyishgan. Bu holat o’sha chuqur tarixiy davrlardayoq dehqonchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. Hunarmandchilikda esa gazlamalarni to’qish, tikuvchilik va bo’yoqchilik o’sgan edi. Grek manbalaridan birida qayd qilinishicha aholining ko’ylaklari o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar bilan bezatilgan ola-bular rangli gazlamalardan tikilgan. Aholi charm kiyimlaridan ham foydalanganlar. Ular kiyimlarini qimmatli toshlar bilan bezatib turli xushbo’y hidli atirlarni ishlatganlar. Ularning harbiy qurollari ham ancha takomillashgan edi. Zero, janglarda o’tkir qilich, xanjar, bolta, o’q-yoy, qalqon va temirdan yasalgan qurollardan keng foydalanilgan.
Demak, mintaqada ma’danchilik rivojlangan edi. Aholi o’zining jasoratliligi va jangovarligi bilan shuhrat qozongan. Qo’shin otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan. Grek tarixchisi Klavdiy Ellanning yozishicha, saklarda kimki uylanmoqchi bo’lsa qiz bilan kuras tushishi shart bo’lgan. Mabodo bu kurashda qiz g’alabaga erishsa, u vaqtda yigit uning asiri hisoblangan. Bordi-yu yigit ustun kelsa, qizga uylanish huquqini olgan. Bunday tartib bejiz qo’llanilmagan, albatta. Chunki u davrlarda ichki o’zaro kurashlar va chet el bosqinchilarining hujumlari tez-tez bo’lib turadigan voqea edi. Shu bois nafaqat erkaklar balki xotin-qizlarni ham janglarda qatnashishi muqaddas burch hisoblangan. Hatto ayollardan maxsus harbiy qismlar tashkil etilib, ulardan mohir lashkarboshilar yetishib chiqqan.
Ko’rilayotgan davlarda “har bir satrap qo’l ostida yaxshi qurollangan, yollanma askar to’dasi bo’lar edi. Bulardan tashqari satraplikdagi har bir urug’ yoki qabila boshlig’i hamda qal’a boshliqlari o’z qo’l ostidagi qurolli xalq olomonini boshlab urushga chiqar edi. Askar otliq va piyodalarga ayrilar edi. Jangchilar o’q-yoy, nayza ham shamshir (xanjarga o’xshagan to’g’ri va uzun qilich) ishlatar edi. Har qo’shinda ikki g’ildirakli jang aravasi qismlari ham bo’lar edi. Har bir jangchining egnida ham boshida o’q va shamshir o’tmaydigan temir sovut, qo’lida qalqon bo’lar edi.
Yollangan qismlardan tashqari har bir jangchi safarga chiqishda talqon, qurut, go’sht va suv idishni olib yurishga majbur edi”.
Xavf-xatarli sharoit shaharlarni qalin va baland devorlar bilan qurshab olinishiga olib keldi. Buni bunyod etish uchun ko’p mehnat bilan mablag’ sarflanib, azob-uqubatlari xalqning zimmasiga tushgan. Ammo, uning vatanparvarligi shu darajada kuchli bo’lganki, mamlakat mustaqilligi va ozodligi uchun jonini ham, molini ham tikkan. Natijada shaharlarni devor bilan o’rab olish keng quloch yoygan. “Bu davrda, deb yozadi akademik Yahyo G’ulomov, – shaharlarning hammasi devor bilan o’ralgan bo’lib, har qanday dushmanga qarshi bardosh bera oladigan darajada mustahkam qilib qurilgan edi. Ular biro dam zo’rg’a ko’tara olarlikxom g’ishtlardan solingan. Shu davrda qurilgan qal’alardan Jonbosqal’ani olsak, uning bo’yi 200, eni 170 metr bo’lib, ikki qator devori orasida uzun ost-ust ikki qator tor-mor tuynuklar qo’yilgan. Bu tuynuklarda qal’adagilar dushmanga o’q otib, uning hujumiga qarshi turganlar. Qal’aning ichi 400 xonadondan iborat uylar bilan liq to’lib o’rtada faqat bir ko’chagina bo’lgan. Qal’aning to’rida zardo’shtlar ibodatxonasi – “otash-kada” bo’lgan. Unda doimiy ravishda muqaddas olov yonib turgan. Qal’aning g’arbidagi yolg’iz darvozasidan tashqarida asosiy aholi turadigan devorsiz shahar maydoni bo’lgan”.
Mazkur ma’lumotlar Xorazmdagi faqat bir qal’aga tegishli bo’lsa-da, lekin unga o’xshashlari ko’p bo’lgan. Chunonchi amalda harbiy qal’aga aylantirilgan shaharlar Turkistonning barcha yerlarini qamrab olgan. Xorazm davlatidan keyin Turkiston mintaqasida Baqtriya davlati yuzaga kelgan. Bu davlatning tarkibiga Amudaryoning o’rta oqimidagi yerlar, hozirgi Tojikistonning janubiy tumanlar, O’zbekistonning Surxondaryo viloyati, Turkmanistonning sharqiy qismi va Afg’onistonning shimoliy tomoni kirgan. Uning poytaxti Balxning atrofidagi Zariaspa shahri hisoblangan. Baqtriya davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Uning dovrug’i uzoq mamlakatlargacha taralgan. Shu bois grek, hind va eron manbalarida tilga olingan. Miloddan avvalgi III asr boshida Sirdaryoning o’rta oqimida Qang’a davlati tashkil topdi. Uning aholisini negizini Toshkent vohasi va janubiy Qozog’istonda istiqomat qilayotgan saklar tashkil etgan. Olim S.P.Tolstov Qang’ani Xorazm davlatinign mantiqiy davomi ekanligini aytib, uni Qang’a-Xorazm davlati deb ta’kidlaydi.
Qang’a davlatining poytaxti Sirdaryoning o’rta oqimidagi Qanqa shahri bo’lgan. U hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Qanqa tepaligini o’rnida edi. Uning xarobasi 150 gektardan oshiqroq yerni tashkil etgan. “Qang’aliklar, – deb yozadi, – grek olimi Strabon, – eng yaxshi otliq va piyoda askarlar hisoblanib, o’q-yoy, qilich, qalqon, mis boltalar bilan qurollangan. Ular janglarda oltin belbog’ni boylab oladilar”. Qang’a davlati hozirgi O’zbekiston hududini egallagan edi.



Yüklə 92,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə