Ahamoniylar saltanati (O‘rta osiyoda hukmronligi) mundarija kirish I bob. Ahamoniylar davrida o'rta osiyo


I BOB. AHAMONIYLAR DAVRIDA O'RTA OSIYO



Yüklə 92,83 Kb.
səhifə2/7
tarix11.12.2023
ölçüsü92,83 Kb.
#145269
1   2   3   4   5   6   7
AHAMONIYLAR SALTANATI (O‘RTA OSIYODA HUKMRONLIGI)

I BOB. AHAMONIYLAR DAVRIDA O'RTA OSIYO

    1. Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi, bosqinchilik yurishlari.

O’tmishga qadimgi dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimgi sharq imperiya va boshqa podsholik-u saltanatlari o’zining katta masofalarga cho’zilganligi va ko’p sonli aholiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ular tabiiy geografik sharoiti, til tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va madaniyati jihatdan bir xil bo’lmagan xalqlarni o’z qo’l ostida birlashtirib, ular ustidan hukmronlik qilishgan. Yuqorida aytib o’tilgan davlatlarning tayanchi biror ma’lum bir vaqt barqaror boshqaruvining sababi sifatida ba’zilar qudratli qo’shinni ko’rsatsa, boshqalar bu davlat tarkibidagi xalqlar bir-biriga yaqin va doimiy aloqada ekanligi hamda ular rivojlanish darajasi deyarli bir xil ekanligini ta’kidlashadi. Sharqda qadimgi davlatlar chegaralari atrofida yashovchi aholining kamchiligi bir tilda gaplashgan. Qadimda faqatgina bir nechta davlatlarda butun aholi bir tilda so’zlashgan. Yoki teskarisi, masalan Ahamoniylar imperiyasi juda ulkan hududni egallagan bo’lib, undagi xalq, elat, qabila-yu, qavmlar ko’p sonli va turli tilda so’zlashar edilar.
Qadim zamonlardan boshlab Urmiya ko’lining janubiy tomonlarida parsua qabilalari yashar edilar mil.avv. VIII-VII asrlarda ular Elamga ko’chib ahamun urug’idan chiqqan sardor atrofida birlashganlar, ular dastlab podsholari Kayxusraf I ( Kir I) davrida osuriyaga, Kambiz I davrida (mil. avv. 600-559) Middiyaga itoat etganlar. Kambiz I bilan Midiya shohi Asteagning qizi o’rtasidagi nigohdan Kir II (Kayxusraf II ) dunyoga keladi. Kambiz II vafot etgach Parsua taxtiga Kir II o’tirib, mil.avv. 559-yilda Pasargada shahrini qurdirib, uni davlat poytaxtiga aylantiradi. Mil. avv. 553-549-yillar mobaynida olib borilgan urushlarda Kir II bobosi Asteag qo’shinlarini yengib, Midiya va Elamni parsuaga qo’shib oladi. Shu tariqa Ahamoniylar sulolasi asos solgan Ahamoniylar ya’ni Eron davlati tashkil topadi. Bu davlat qariyb ikki yuz yil mobaynida yashagan. Uning hududlari Misrdan to shimoli-g’arbiy Hindistonga qadar cho`zilgan edi. Ahamoniylar davlati poytaxti Pasargad, Persopol, Suza shaharlari bo`lgan. Forslarga qadar Suzada elamitlar yashaganlar. Forslar dastlab faqat Janubiy Eron hududlarida yashaganlar. So`ngra ular butun Eron hududini egallaganlar. Ariylar qabilalari joylashgan yurt keyinchalik Eron deb atalgan.
Kir II g’arbda Lidiya shohi Krass qo’shinlarini, shimolda armanlarni yengib, butun kichik Osiyoni bosib oladi. Lidiya poytaxti Sard talanib, shoh Krass asir olinadi va o’ldiriladi, shundan so’ng Geradodning xabar berishicha “… Kir II yo’lida Bobil, Baqtriya xalqi, sak va misrliklar turar edi”. Mil. avv. 545-530-yillar oralig’ida Eron shohi Bobilni ham bosib olib Hind daryosigacha bo’lgan yerlarni istelo qiladi. Mil. avv. 530-yilda Kir II O’rta Osiyo ko’chmanchilari massagetlar bilan bo’lgan jangda o’ldiriladi. Kir II o’ldirilgach, Eron taxtiga uning o’g’li Kambiz II o’tiradi. “… shundan so’ng Kambiz II bor e’tiborini g’arbga tomon qaratadi va natijada milloddan avvalgi 525-yilda Misr bosib olinadi”. Uning Efiopiyaga uyushtirgan harbiy urushi muvafaqiyatsiz tugaydi. U Misrda ekanida Gaumatta boshliq eroniylar isyon ko’taradi. Isyonni bostirish uchun Erondan qaytayotganda Kambiz II o’ldiriladi (522-yil) shundan so’ng Eron taxtiga Gaumatta o’tirib, 7 oy podsholik qiladi. Behistun yozuvlarida (1, 50 51) “Xalq qo’rqardi” Gaumatadan. Hattoki, ko’pchilik Fors xalqi birlashib Doro huzuriga kelishadi va uni taxtga o’tkazish kerakligini aytishadi. Shunday qilib Midiyada o’ldirilgani qayt etilgan bu voqealardan ko’p o’tmay mil. avv. 522-yil 29-sentabrda fitnachilar tomonidan o’ldiriladi, undan so’ng Eron taxtiga Ahamoniylar urug’idan bo’lgan Doro I o’tiradi. ( Mil. avv. 522-486-yillar ) Doro I podsholigini dastlabki yillarida Bobil, Misr, Elam, O’rta Osiya va boshqa hududlarda boshlangan qo’zg’alonlarni shavqatsizlik bilan bostiradi. Manbalarda, Doro I hukmronligining dastlabki yillarida bu haqda Doro shunday deydi. “… Qachonki men buyuk shahanshoh Gaumatani o’ldirganimda, faqat bitta Asina ismli kishi Upadarmining o’g’li menga qarshi chiqib Elamda o’z hukumdorligini boshladi. U xalqqa shunday dedi …men elam hukmdoriman. Shundan so’ng isyonchi elamliklar Asinani hukmdor deb tan olishdi. …men u yerga “gonsa”1 yubordim. Asina tutub keltirildi va men uning boshini oldim. Ahamoniylar davri aynan Doro I davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi desak xato bo’lmas. U mamlakatda osoyishtalik o’rnatgandan so’ng qator sohalarda islohotlar o’tkazdi. Biz hozir Doro I umuman Ahamoniy hukmdorlar boshqaruvi davrida O’rta Osiyo va O’rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy, diniy, harbiy va ma’muriy masalalarga to’xtalib o’tamiz, bularning barchasi Eron shohlarining ayniqsa Doro I ning islohotlariga bog’liqdir.
Eron shahanshohlari ulkan hududlarga cho’zilgan mamlakatni boshqarishda etnik va geografik xilma-xilligini hisobga olib, ularni o’zaro aloqalarini yuqori darajadagi ma’muriy tuzulishni ishlab chiqishgan. Bu ma’muriy birliklarda byurokratik tamoyillarga asoslangan apparat ildiz ottirildi, sababi hayotning har tomonlarini qamrab olgan bu tizim orqali ma’muriy birliklarni so’zsiz itoatda tutib turish imkonini berar edi. Bularning barchasi uchun asosiy narsa poytaxt hisoblanar edi. Poytaxt har qanday buyuk imperiyalarda ham ma’muriy, ma’daniy va tranzit aloqalar markazi hisoblanadi. Poytaxt mamlakatning barcha shahar-u qishloqlarini o’ziga birlashtirgan bo’lsada, unda o’ziga xos boshqa joylarga o’xshamagan madaniy yo’nalish me’moriy uslubi bo’ladi. Eronliklar shunday moliya va ma’muriy aparat yaratgan edilarki bu orqali imperiyaning barcha hududlariga bir xil boshqaruv tizimi oqali boshqarishar edi.
Shoh Doro I mamlakatni satrapliklarga o’lpon to’lovchi okruglarga bo’ladi. Satrapliklar hozigi viloyatlarga o’xshaydi. Ahamoniylar davlatida ular bosib olingan davlat hududiga to’g’ri keladi. Masalan Misr bunga misol bo’la oladi.
O’rta Osiyo hududi ahamoniylar tomonidan 3 ta satraplikka bo’linib idora etilgan. Baqtriya Marg’iyona bilan birgalikda12-satraplikni tashkil etgan. U podsho xazinasiga yiliga 360 talan jarima to’lagan. Parfiya, Xorazm, So’g’d va Areya birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va yiliga 300 talan jarima to’lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplik bo’lib, ular Doro I xazinasiga yiliga 250 talan jarima to’lagan.
O’rta Osiyodagi umumiy barcha satraplar o’z hududlaridagi eng qiyin va qattiq hujjat va sud ishlarini ham olib borishgan. Satrap (O’rta Osiyadagi) mahalliy zodagon rasmiylarga soliqlar yig’ilishini, xazina hisob kitobini ishongan. Bundan tashqari ular jarchilik, tergovchilik va kotiblik ishlarini ham yuritganlar.
O’sha paytda ish yuritishda Bobil usuli tanlangan edi hujjatlarda esa oromiy yozuvida Ahamoniylar davrida oromiy yozuvi qadimiy Akkadning mixxat yozuvi siqib chiqardi. Va natijada oromiy yozuvi Osiyoda xalqaro savdo va diplomatik tilga aylandi. Ko’p sonli aholi ahvoli va byurokratiyani (qonuniylikni) nazorat qilish maqsadida saroyda maxsus tekshiruv guruhi “shohning ko’zi va qulog’i” bir vaqtning o’zida qadimiy va yashirin politsiya tuzildi. Bu maxsus gurux mamlakatning barcha mamlakatlarida faoliyat olib borgan. Ular hatto satrap va harbiy qo’mondonlarni ham nazorat qilib turishgan. O’rta Osiyadagi satrapliklar aniqrog’i XVI satraplik tarkibiga kiruvchi Pafiya janubiy Turkmaniston va shimoliy-sharqiy Eronning ma’lum hududlarida joylashgan edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Parfiya yirik shaharlarni o’zida birlashtirgan harbiy-ma’muriy markaz sifatida muhim rol o’ynagan. Midiya manbalarida Parfiya o’ziga qo’shni bo’lgan ko’chmanchi oaziv qabilalari bilan yaxshi aloqada bo’lganligi va ular bilan to’g’ridan to’gri savdo ayirboshlash ishlarini olib borganligi qayt etilgan. Milloddan avvalgi 549-yil Elam bosib olingandan keyin ikki yil mobaynida Ahamoniylar qo’shini oldingi Midiya davlati tarkibiga kiruvchi Parfiya, Girkaniya, Arman xududlarini bo’ysuntirishga kirishganligi manbalarda ham qayd etilgan.
Miloddan avvalgi VII asrning 40-30-yillarida Ossuriya podshosi Ashshurbanipal Elam davlatini tor-mor qilgach, forslar Elam hukmronligidan ozod bo`lib Midiyaga qaram bo`ladilar. Mil. avv. VI asrda forslar Midiya Hukmronligini ag`darib tashladilar va uni davlatlari tarkibiga qo`shib oldilar. Mil. avv. 599-yilda Fors podshosi bo`lgan Kayxusrav I keyingi ikki yil davomida Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Mil. avv. 545-539-yillarda Kayvusrav hozirgi Afg`oniston, O`rta Osiyo yerlarini bosib oladi. Fors davlati hududi Hindistonning shimoliy-g`arbiy chegaralarigacha, Hindikushning janubiy yon bag`irlari va Sirdaryo havzalarigacha yetdi. Kayxusrav shimoliy-sharqiy yo`nalishlarda o`z ta`sirini mustahkamlagach, Bobilga yurish qiladi. 539-yilda 2 oy davomida avgust-sentabr oylari Bobil yerlari bosib olinadi. Bobil podsholigi rasman saqlab qolinadi, uning ijtimoiy tuzilmasi o`zgartirilmaydi. Bobil shahri Fors podsholari turadigan qarorgohlardan biriga aylanadi. Bobil davlat apparatida bobilliklar yetakchi o`rinda qolaveradi, bobilliklarning qadimgi diniy e`tiqodlariga fors podsholari homiylik qiladilar.
Parfiya deyarli barcha satrapliklarda “shohning qulog’i va ko’zi” (militsiya)ning ishi yaxshi va samarali bo’lishi uchun ”shoh yo’li”ni tamirlash ishlari olib borilgan. Ularga qum sepilib, ustidan tosh yotqizilgan. Savdo yo’li bo’lmish ,”shoh yo’li”ning bir qismi aslida asosiy qismi O’rta yer dengizidan Eron poytaxtigacha, “miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sharqning buyuk davlati Eron Ahomoniylar davlati hududida savdo yo’li “shox yo’li” nazarda tutilmoqda. O’rta yer dengizi bo’ylaridagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxti Suza oldinroq Persopol tutashtirgan” Parfiya orqali ham o’tardi. Shu savdo yo’lida Parfiya yo’lida ko’plab karvon saroy ko’prik va hammasidan ham qizig’i qurilgan inshootlarni doimo habiylar qo’riqlab turganlar bular asosan tovarlar saqlanadigan omborlar bo’lgan.
Asli Parfiya qay tarzda ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida gapiradigan bo’lsak, Midiya hukmdori Astiag (miloddan avvagi 625-584) davrida mustaqillikka erishadi va yunon tarixchisi tili bilan aytganda “o’z yurtlarini saklarga topshiradi”2 Xorazm bilan ittifoq tuzib Midiyaga qarshi kurashga shaylanayotganda Midiya davlati qulaydi. (Miloddan avvalgi 550-yil) Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya ahamoniylar qo’l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiradi3.
Ahamoniylar davlati tarkibidagi deyarli bir xil boshqaruv tizimi joriy etilgan edi. Parfiyadan shimolroqda Murg’ob vohasida Marg’iyona joylashgan edi. Marg’iyona suvga boy hudud hisoblanadi. O’sha davrlarda miloddan avvalgi VI-IV asrlar Marg’iyonada juda mukammal rejalashtirilgan irrigatsion sistema asosida sug’orish inshootlari qurilgan bo’lgan. Marg’iyonada tokzorlar juda ko’p bo’lganligi hamda bog’dorchilikdan tashqari dehqonchilining taraqqiy etishiga ham manashu sug’orish tizimi asos vazifasini bajargan.
O’rta Osiyodagi muhim viloyatlardan biri shubhasiz, Baqtriya bo’lib, uning muhimigini shunda ko’rish mumkun-ki, uni yo taxt vorisi yo shoh qarindoshi boshqargan. Ahamoniylarning Baqtriya bilan ilk munosabatlari to’g’risida ma’lumotlar yetarli deb bo’lmaydi. Doro davriga kelib esa Baqtriya qat’iy ravishda Ahamoniylar qo’l ostidagi mulklar qatoriga sanab o’tiladi4.
Doro Baqtriyaga o’z noibi qilib fors Dodarshishni tayinlagan. Geradod qiziq bir ma’lumot qoldirgan. Kir va uning o’g’li Kambiz hukmdorligi davrida qaram mamlakatlardan muayyam bir soliq olinmagan. Biroq bir tobe mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar deyishlariga sabab, deb yozadi Geradod: - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy etganligidir”5. Baqtriya mustahkam qo’rg’oni eslatgan. Ahamoniylar undan shimoli-sharqiy hududlarni boshqarishda tayanch sifatida foydalanishgan. Doro I soliq siyosatini o`zgartiradi. Yangi umumdavlat soliq tizimi shakllantiradi. Har bir viloyat yer hajmi va hosildorlik darajasiga ko’ra qat’iy belgilangan soliq to’lovini amalga oshirishi shart bo`lgan. Ilk bor ayrim ibodatxonalar o’zlariga qarashli yerlardan soliq to’lashga majbur qilindi. Soliq to’lovi sifatida yig’ilgan pullar bir necha o’n yillar podsho xazinasida saqlangan. Faqat ularning bir qismi xarajatlar uchun ishlatilgan. Shu boisdan savdo uchun tanga pul doimo taqchil bo`lgan. Bu hol tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga to`sqinlik qiladi va natural xo`jalikni saqlanishiga olib keladi.
Forslarning o`zlari pul to`lovidan ozod bo`lib, natural to`lovga tortilganlar. Qolgan qaram xalqlar har yili 7740 Bobil kumush talanti (232200 kg) miqdorda soliq to`laganlar. Pul-tovar munosabatlarini rivojlanishi pul islohotiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi 517-yildan so`ng Doro I butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi fors pul tizimining asosi 8,4 gr og`irlikdagi tilla tanga "darik" ni joriy qiladi.
Bizga ma’lumki Doro I islohotlaridan so’ng mamlakat satrapliklarga bo’lindi. Va shu Satrapliklarni ma’muriy va harbiy vakolatga ega bo’lgan satrap boshqarardi. Lekin keyinchalik harbiy vakolat undan olib tashlandi ( o’zi boshidan deyarli bunday vakolat kam berilgan). Harbiy boshliq lavozimi joriy qilinadi. Bu ikki mansab ustida maxfiy politsiya nazorat olib borgan. Ahamoniylar davlatida eng yuqori darajadagi ishlar bilan xususan barcha davlatlardagi shohning yaqinlari hamda davlat lavozimida ishlaydigan shaxslarning (xatto forslarning) ustidan ishonchli bo’lgan Hazarapatu (ming boshi), bir paytning o’zida shohning shaxsiy gvardiyasining bosh qomondoni bo’lgan lavozim nazorat olib borgan. Shunday bo’lsada, aynan Baqtriyaga kelganda, bu masalaga shubha qilish mumkin. Manbalarda keltirilishigcha, Baqtriyaliklar boshqa xalq vakillari bilan tezda til topishib, ittifoq tuzishga usta bo’lgan ekanlar shuning uchun ham bu yerda boshqaruvchi sifatida faqat forslar (asosan taxt vorisi yoki shaxzodalar) tayinlangan. Baqtriya haqida gap ketar ekan shuni ta’kidlab o’tish lozimki miloddan avvali V asrda Baqtriyada tanga, pullar chiqarila boshlangan. Bu esa asta-sekin shimoliy hududlarda hukmron tabaqa mavqei tushib borganini ko’satadi. Baqtriyadan shimolda So’g’diyona joylashgan edi. So’g’diyona Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o’z ichiga olib poytaxti Maroqanda6 bo’lgan.

Yüklə 92,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə