#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
109
hodisalar, terrorchilik aktlari mazkur vaziyatlar, destruktiv holatlar, faoliyat barcha uchun kun
tartibidagi eng
dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Globallashuv jarayoni deb atalayotgan hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari, internet hayotimizga
shiddat bil
an kirib kelib, uning ajralmas tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib qoldi. Internet mafkuraviy
muammolar bilan masalalarni hal etishda muhim vositalardan biriga aylanib ulgurdi. Biroq shu bilan birga
uning imkoniyatlari bilan bir
ga jahon global axborot to‘rini
ng aniq, ochiq-oydin tasavvur qilish lozim
bo‘lgan
tahdid va xavf
-xatari mavjudligini ham nazardan qochirmaslik lozim. Komp'yuter
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borishi natijasida kompyuterdan ish faoliyatlarida
foydalanuvchilar bilan birga i
nternet hamda kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari berilib, addikt sifatida
shakllanib qolgan insonlar soni ortib bormoqda. Barcha sohalardagi yangiliklarga,
eng avvalo, yoshlarning
qiziqish bildirishini nazarda tutsak, ayni paytdagi kompyuter texnologiyalari addiktlarining aksariyatini 10
yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda.
G’
arb mamlakatlarida rasmiy ravishda
“
kompyuterdan patologik foydalanish
”
istilohidan
foydalanishadi. Bugungi kunda ushbu atama, so‘z birik
masi (kompyuterdan patologik foydalanish) hali
internet va kompyuterga nisbatan yuzaga keladigan psixologik qaramlik xususida mutaxassislarda yakdil fikr
shakllanmaganligiga qaramay, kompyuterni ijtimoiy maqsadlardan o‘zga maqsadlar
uchun ham uzluksiz
qo‘l
lovchi shaxslarga nisbatan ishlatilmoqda.
Umuman olganda, zamonaviy kompyuter texnologiyalariga qaramlik, tobelik (addiksiya) ikki xil
ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin:
- internet-qaramlik (internet-addiksiya);
-
kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari be
rilish.
Bu ikkala ko‘rinishning
umumiy va xususiy jihatlari mavjud. Kompyuter qaramligining umumiy
xususiyatlari sirasiga o‘zaro bog’
liq bir qator psixologik va fiziologik simptomlarni kiritish mumkin.
Psixologik belgilar quyidagilar:
- kompyuter qarshisida eyforiya holati yoki qulaylikni his etish;
-
kompyuter bilan ishlashdan o‘zini to‘xtata olmaslik;
-
kompyuter qarshisida o‘tkazilayotgan vaqtning tobora ko‘payib borishi;
-
oila va do‘stlar, kishilarga nisbatan e’tiborning kamayib borishi;
- kompyuterdan boshqa joylarda
depressiya, achchiqlanish hissining kuzatilishi;
-
ish beruvchilar va oila a’zolariga o‘z faoliyati yuzasidan yolg’on ma’lumotlarning berilishi;
-
ish yoki o‘qish faoliyati bilan bog’
liq muammolarning mavjudligi.
Jismoniy (fiziologik) belgilarga quyidagilar kiradi:
-
karpal kanal sindromi (qo‘llar va barmoqlardagi asab tolalarining muskullarning zo‘riqib ishlashi
natijasida zararlanishi);
-
ko‘zlarning quruqshab qolishi;
-
boshning ba’zan qattiq og’
rishi;
- yelka, orqadagi o
g’
riqlar;
-
o‘z
vaqtida ovqatlanmaslik,
ovqatni ba’zan kanda qilish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga
rioya qilmaslik;
- uyquning buzilishi.
Kompyuterdan patologik foydalanish umuman olganda alkogolizm yoki giyohvandlik (kimyoviy
qaramlik, tobelik) singari kishini tubanlikka yetaklamasligi mumkin. Biroq, uning kishi shaxsi rivojiga salbiy
ta'sir etishini inkor qilib bo‘lmaydi. Addiksiya xususida gap ketganda kompyuter o‘yinlarining shaxs
ruhiyatiga ta’siri masalasi albatta tahlil etilishi zarur. Ayrim addiktlar va ularning
ota-onalari, qarindosh-
uru
g’lari bilan suhbat o‘tkazgan tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, addiktlarda yuqori darajadagi xavotir
va depressiya ko‘zga tashlanib turadi. Addiktlarning yaqinlari ularning
haddan tashqari jizzaki, jahldor,
hissiy jihatdan notur
g’
un ekanliklarini
ta’kidlaydilar. Kompyuter o‘yinlari addiktlari o‘yinga nisbatan doimiy
ehtiyojni his qiladilar, biroq shu bilan birga doimiy ravishda frustratsiya holatida bo‘lganliklari sababli shu
ehtiyojni qondirolmaslikdan aziyat chekadilar. Bunday
g’
ayritabiiylik, paradoksni tushunishda addiktlarning
virtual (hayoliy) va real olamga daxldor psixik xususiyatlarining tavsifi yordam beradi. Ushbu tavsifga ko‘ra
(darvoqe, uni ko‘pchilik addiktlar ma’qullashadi), muammoni quyidagi tarzda yoritish mum
kin:
addiktlarning real
olamda doimiy ravishda frustratsiya va tushkun kayfiyat holatida bo‘lganliklari ularda
yuqori darajadagi xavotirlanish va depressiya holatini keltirib chiqaradi. Bu klinik-psixopatologik metod
yordamida aniqlashtirilgan. Kompyuter o
‘
yinlari vaqtida ular ongida qanday jarayonlarning kechishini
aniqlash
ancha murakkabdir, chunki, o‘yindan chalg’
ish yoki chal
g’itishga bo‘lgan har qanday urinish bu
virtual, hayoliy olamni tark etishni anglatadi. Biroq, addiktlar bilan bo‘lgan suhbatlarda
n
ma’lum
bo‘lishicha, o‘yin jarayonida ularning kayfiyati ancha ko‘tariladi, chunki bu paytda ijobiy hissiyotlar