|
Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
112
Insonning o‘zi haqida tasavvurlari shakllanishi yosh davrlariga bog’liq bo‘lib, odatda o‘smirlik
davr
ida “Men” timsoli to‘la tarkib topmagan bo‘ladi. Bunday hollarda virtual, hayoliy timsollar o‘smirning
bu boradagi ehtiyojlarini qondirishga yordamga keladi. Jamiyatda to‘la ravishda o‘zini o‘zi namoyon
qilolmagan shaxs virtual reallikda, hayoliy makonda buni amalga oshirishga harakat qiladi. Mazkur holat
internet qaramlikda yuzaga keladi. Muomala, muloqot, ijtimoiylashuv jihatdan muammolari bo‘lmagan
shaxs esa virtual olamdagi faoliyatga ehtiyoj sezmaydi. Ko‘pgina adabiyotlarda yozilishicha, internetga
qaram kishilarni ikki guruhga
bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mansub shaxslarning masalan, onlayn o‘yin
vaqtida kayfiyatlari ko‘tarinki bo‘ladi. Ular guruhiy o‘yinlarni o‘ynashni xush ko‘rishib, o‘yinni yutgan
paytlarda boshqalar tomonidan ra
g’
batlantirilishni yoqtirishadi. Mana shu n
arsa ular uchun muhim bo‘lib,
kompyuter, internet ular uchun ijtimoiy ma’qullanish vositasidir. Ikkinchi guruhga mansub insonlar esa
hayotlaridagi muayyan bir qiyinchiliklardan qochish uchun internetga murojaat qilishadi. Internet ular
misolida ancha chuqu
r muammo (masalan jismoniy kamchiliklar, o‘zini o‘zi baholashning past darajasi)ning
simptomi, belgisi hisoblanadi. Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan jinoyatchilik va internet o‘yinlari
orasidagi bo
g’liqlik ham aniqlangan. O‘yinchilar virtual olamda qo‘llaridagi qurol bilan ma’lum bir
bosqichga yo‘l olganlarida ularning miyasi xuddi real olamda shu harakatni bajargan kabi munosabat
bildiradi, reaksiya ko‘rsatadi. Internet o‘yinlardagi zo‘ravonlik muammosi to‘g’
risida keyingi vaqtlarda juda
ko‘p gapirilmoqda. Olimlar eng yuqori muvaffaqiyat barcha jonzotni o‘ldirish bilan baholanadigan
kompyuter o‘yinlarida aksariyat vaqtlarini o‘tkazadigan bolalar, insonlar tomonidan jamiyatga estetik,
axloqiy, ma’naviy zarar yetkazilishini ta’k
idlaydilar. Voqelikdan chek
inishni istaydigan kishilar me’yor
degan tushunchani unutib, juda ko‘p vaqtlarini kompyuter qarshisida o‘tkazadilar. Natijada real voqelikdan
vaqtincha emas, butunlay uzilib qolish xavfi yuzaga keladi. Kompyuterdagi rolli o‘yinla
rning kishi
psixikasiga ijo
biy jihatini shunday ta’riflasa bo‘ladi: shaxs stressdan xalos bo‘lish, muammolardan chalg’
ish
maqsadida ma’lum vaqt mobaynida kompyuterda o‘ynashi mumkin. Patologik holatlarda esa buning
teskarisi ko‘zga tashlanadi, ya’ni inson
fiziologik ehtiyojlarini qondirish, real hayot qandayligini unutib
yubormaslik uchungina kompyuterdan zo‘r
-
bazo‘r “uziladi”. Ehtiyojlarning qolgan qismi hayoliy olamda
qondiriladi. Bunday kishi, o‘smir uchun real olam xavfli tuyula boshlaydi. 3D
-Action (uc
h o‘lchamli)
o‘yinlarga qat
tiq bo
g’lanib qolgan bir kompyuter addiktining aytishicha, kompyuter o‘ynashni to‘xtatib,
ko‘chaga chiqqach, qo‘lida qurol yetishmayotganini his qiladi. “Qurolsiz o‘zimni himoyasiz his qilaman va
tezroq uyga qaytib, yana komyuter
o‘ynashga kirishaman”, deydi. Ko‘rinib turibdiki real voqelikdan
qochishga intilish bu hisning tobora kuchayib borishiga sabab bo‘ladi.
Kiberxavfsizlik masalalariga butun dunyoda alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida 2002-yilday
oq “Kiberhudud xavfsizligini ta’minlash yuzasidan Milliy strategiya” qabul qilingan
edi. Belorussiyada 2010-yili
“
Internetning milliy segmentidan foydalanishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g’
risida
”
farmon qabul qilindi. Buyuk Britaniyada 2011-
yili bo‘lib o‘tgan tartibsizli
klarda
ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarni vaziyatni izdan chiqarishga chaqirgan yoshlar aniqlanib, jinoiy
javobgarlikka tortildilar. Xuddi shu singari Rossiya aholisida ham internet
axborot, ma’lumot manbasi
sifatida aholida eng ko‘p ishonch uyg’
otmoqda. Mos
kva davlat universiteti ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan
sot
siologik so‘rov natijalariga ko‘ra, 36,9 % respondent aynan internet mamlakat va dunyoda bo‘lib
o‘tayotgan voqea
-hodisa
lar to‘g’risida haqqoniy, to‘liq ma’lumot berishiga ishonadi. Ikkinchi o‘rin
ni federal
televidenie ma’lumotlari egallagan (34,1 %). Uchinchi
-
to‘rtinchi o‘rinlarni (27,4%) axborotning norasmiy
manbalari - qarindosh-uru
g’lar, do‘stlar, hamkasblar, shu bilan birga ta’lim muassasalari pedagoglari,
mahalliy nashrlar ma’lumotlari tashki
l etadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|