#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
114
ham mamlakat ichkarisidan chiqavermasligini, ularning chetdan turib tashkillashtirishga
urinish hollari
mavjudligini ham unutmaslik zarur.
Psixologlar tomonidan hozirgi kunda “axboriy
-
qo‘poruvchi omil” degan tushuncha iste’molga
kiritilgan. Haqiqatdan ham internetda tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar ba’zan harbiy
har
akatlarni amalga oshirgandan ham ko‘proq samara berishi mumk
in.
Xususan mazkur axborotlarning shaxsga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
•
kishilarning axloqiy-psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtayi nazari v
a e’tiqodini maqsadli
ravishda o‘zgartirishga nisbatan qarat
ilgan axboriy bosim, xuruj;
•
noto‘liq,
ataylab buzilgan, noto‘g’ri ma’lumot va axborotlarning tarqatilishi;
•
to‘g’ri ma’lumotning kishilar tomonidan noto‘g’ri idrok etilishini ta’minlashga intil
ish.
Axboriy ta’sirning foyda yoki zarari uning o‘zi emas, balki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan natijasi bilan
tavsiflanadi. Zero, axboriy ta’sir mohiyati uning muayyan jarayonlarni boshqarishga nisbatan imkoniyatida
namoyon bo‘ladi. Aniqlanishicha, hayoliy olamda ko‘p vaqt o‘tkazuvchilar gipnozga beriluvchan sh
axslar
bo‘lishadi. Kompyuter o‘yinlari dasturini ma’lum maqsadlar asosida, kishini “zombilashtirish”ga xizmat
qiladigan so‘zlar vositasida tuzish esa mutaxassislar uchun murakkab ish emas.
Umuman
olganda
, nazarimizda o‘smirlar, yoshlarni internetning salbiy ta’siridan himoyalash uchun
bir qator ishlarni amalga oshirish zarur.
Eng avvalo, me’yorga amal qilish kerak, ya’ni bolaning kompyuter oldida o‘tkazadigan vaqtini
belgilab, chegaralab berish lozim. Uni
ng o‘rniga turli badiiy, ilmiy kitoblarni o‘qish, mus
iqa, sport bilan
shu
g’ullanishga undash maqsadga muvofiq. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilari
kuniga 10 daqiqa,
ikkinchi-
beshinchi sinf o‘quvchilari 15 daqiqagacha kompyuterda i
shlashlari mumkin.
O‘rta umumta’lim maktablarining 6
-
9 sinf o‘quvchilari 20
-
25 daqiqagacha, o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limi
muassasalari talabalari yarim soatdan bir soatgacha kuniga kompyuter qarshisida o‘tirishlari tavsiya etiladi.
Shu bilan birga, inte
rnetning ma’lum bir saytlari va portallariga kirishni
chegaralovchi dasturlardan
foydalanilgani ham ma’qul. Bu ishlarni amalga oshirish orqali internetning o‘smirlar psixikasiga
ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.
Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarning
turli destruktiv guruhlar,
g’
oyalar tomonidan tar
g’
ib
qilinayotgan qadriyatlar ta’siriga tushib qolish xavfi tobora ortib bormoqda. Zero, kerakli, muhim
hayotiy
qadriyatlarni va yo‘nalishlarni shakllantirish ancha murakkab jarayon bo‘lib, u irodaviy zo‘r berish yoki
ko‘rsatmalar orqali emas,
balki mavjud an’analar va tartiblar asosida tarkib toptiriladi. Yoshlarning muhim
hayotiy rejalari ular uchun asosiy hisoblangan, hayotiy ahamiyatga molik yo‘nalishlar xarakteriga bog’
liq
bo‘ladi. Hayotiy ahamiyatga molik yo‘nalishlar yigit va qizlar yon
-atrofidagi muhit,
yaqinlariga xos
qadriyatlar tizimi asosida shakllanadi. Yoshlarga yaqin muhit, shaxslar esa o‘ziga xos, zamonaviy yoshlar
submadaniyati ko‘rinishlarini egallagan shaxslardir. Yoshlar su
bmadaniyatining ijtimoiy-falsafiy mohiyati,
qadriyatl
ar tuzilmasining xususiyatlari qay darajada chuqur o‘rganilganligi, shuningdek, hayotiy
yo‘nalishlarining ehtimoliy deformatsiyalanishuvi jihatlari qanchalik tahlil qilinganligiga qarab ularga
maqsadga muvofiq psixologik-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda p
sixologik-
pedagogik jihatdan qo‘llab
-
quvvatlash to‘g’risida fikr yuritish mumkin. Zamonaviy yoshlar har xil qadriyatlar va yo‘nalishlarga ega
bo‘lib, ularning vujudga kelishida yigit va qizlarning ijtimo
iylashuvi, tarbiyasi singari bir qator tashqi omillar
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sharoitda turli shaxslarda har xil hayotiy pozitsiya shakllanishi mumkin.
Ayrim yoshlar juda osonlik bilan ijtimoiy hayotga maqsadga muvofiq tarzda moslashsalar, boshqalarida bu
juda qiyinlik bilan kechadi. Yosh avlod vakillariga psixologik-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish, ularni psixologik
-
pedagogik jihatdan qo‘llab
-
quvvatlash bir qator jihatlariga ko‘ra muhimdir. Eng avvalo, ta’kidlash lozimki,
yoshlar barcha jamiyatlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, istiqbolidir. Yoshlar
shaxsining shakllanishi
butun dunyoda murakkab siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar kechayotgan bir paytga to‘g’
ri kelayotgan
ekan, ularni to‘g’ri tarbiyalashda albatta, katta avlodning ko‘magi zarur bo‘ladi. Yigit va qizlarga zaruriy
psixologik-p
edagogik maslahat, yordam ko‘rsatish, ularda tegishli xulq
-
atvor ko‘nikmalarini shakllantirish,
kuch-
g’ayratini to‘g’ri o‘zanga yo‘naltirish, ongini destruktiv g’oyalar ta’siridan muhofaza qilish shaxs,
davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashning muhim
omillaridan biridir. Rasmiy yoshlar uyushmalari,
tashkilotlariga
yigit va qizlar, o‘smir, o‘spirinlarni ko‘proq jalb etish ularni to‘g’
ri tarbiyalash, adekvat,
maqsadga muvofiq psixologik-
pedagogik yo‘na
ltirishda katta ahamiyatga ega.
Psixologik-pedagogik
ta’sir doirasida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq:
-
yoshlarning kasbiy, kognitiv, ijtimoiy faoliyat sohalarida muhim strategik yo‘nalishlarni aniqlab
olishlariga yordam beradigan qadriyatlar tizimini shakllantirish;
- ijtimoiy tako
millashuv va mas’uliyat hissini tarkib toptirishga ko‘maklashuvchi ma’naviy yuksalish,
tafakkur madaniyati ko‘nikmalarini rivojlantirish;