|
Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
110
kuchayadi. Kayfiyatning ko‘tarilishi bog’liq ravishda kechadigan ijobiy hissiyotlar kompyuterda o‘ynash
quvonchini ko‘z oldiga keltirib oldinda
n rohatlanish bilan ham bo
g’liq bo‘ladi. Biroq, o‘yindan so‘ng, ya’ni
virtual olamni tark qilganlaridan keyin ular yana ilgarigidek tushkun, so‘niq kayfiyatga qaytadilar.
Ko‘pchilik addiktlar ijtimoiy hayotga yaxshi moslasha olmaydigan kishilardir. Ularda
k
o‘pincha maishiy,
oilaviy, ish faoliyati, qarama-qarshi jins vakillari bilan bo
g’
liq muammolar uchrab turadi. Shuning uchun
addiktlarga real olam zerikarli, yoqimsiz, xavfli tuyuladi. Ayni sabab inson qoidalarni o‘zi belgilaydigan,
barcha narsaga ruxsat etilgan virtual olamda yashashga intiladi. Mantiqan olganda ham, virtual olamni tark
etish addikt uchun yoqimsiz holatdir, chunki u yana o‘z xohlamaydigan olamga qaytishga majbur bo‘ladi,
yana kayfiyati tushadi, o‘zini har tomonlama noxush his etadi. Shunin
g uchun, addiktlarda kayfiyat yomon
bo‘lishining sababi bir tomondan kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan doimiy ehtiyojning mavjudligi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan shu ehtiyojni qondirish imkonining yo‘qligidir. Hissiy
-emotsional sohada ularda o
g’
ishlar
borligining yana bir sababi subyek
tiv darajada o‘z faoliyatlari (kompyuter o‘yinlari)ning foydasizligini
anglashlari va psixologik qaramlik oldida o‘z ojizliklarini his qilishlaridir. Bu o‘ziga xos kognitiv dissonans,
ya’ni ijtimoiy jihatdan ma’qullanadigan hayot bil
a
n addiktning hayoti o‘
rtasidagi nomuvofiqlikni bildiradi.
Boshqacha aytganda, addiktlar mudom o‘zlarini o‘zlari inkor qiladigan sharoitda yashaydilar. Bu jihat g’
alati
tuyulsa-
da, haqiqatdan ham ko‘pchilik kompyuter o‘yinlarining ashaddiy ishqibozlari o‘z
xatti-harakatlari
to‘
g
’risida jiddiy mulohaza yuritadilar. “Qiladigan shuncha ishim bor edi, men esa tuni bilan kompyuter
o‘ynadim” qabilidagi fikrlar ularni qiynaydi. Ayrim addiktlar uchungina kompyuter o‘yinlari psixologik
himoya vazifasini bajarishi mumkin.
Ta’kidlanganidek,
ko‘pchilik hollarda addiktlar real vaziyatdagi dezadaptatsiya (moslasha olmaganlik)
holatlarini virtual olamdagi kompyuter personajlari roliga kirish orqali bartaraf qilishga harakat qiladilar.
Addikt o‘z virtual “Men”ini topishga i
n
tiladi, chunki bu “Men” kuchliroq, aqlliroq bo‘lib, u qurol ishlatishi
mumkin, uning xohlagan narsani sotib olishga imkoni yetadi. Lekin inson o‘zining real dunyoda
yashayotganini ham esidan chiqarmaydi, shu tariqa hatto shaxs ongining ikkiga bo‘linishi k
uzatilishi
mumkin. Shu
nuqtayi nazardan virtual olamdagi o‘ta qudratli qiyofasidan voz kechib, o‘z “Men”iga qaytish
addiktlarni qanoatlantiradigan ish emas. RIA “Новости” agentligi “Дружеский Рунет” fondining 3500 dan
ko‘proq o‘smir orasida o‘tkazgan so‘ro
vi natijalariga tayanib xabar berishicha, hozirgi vaqtda 15-17 yosh
orali
g’idagi mamlakat yoshlarining yarmidan ko‘prog’i internetda deyarli “yashayotganligi” Rossiya
Federatsiyasi psixologlarini qattiq tashvishlantirmoqda. Bu yoshlarning 90% internetga shaxsiy
kompyuterlardan u
lanishadi. Statistikaga ko‘ra, 62% voyaga yetmagan foydalanuvchilar internetdagi har
qanday mazmundagi saytlarga kirishga intilishadi. Bunda bola yoki o‘smir psixikasini jarohatlovchi
ma’lumotni uchratish ehtimoli juda kattadir. Internetdan foydalanishda u
ning salbiy emas, balki bolalar
qobiliyatlarini o‘stirishi, aqliy imkoniyatlarini oshirishi singari ijobiy jihatlariga e’tiborni qaratish maqsadga
muvofiqdir. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana boradi. Uning
atrofidagilarga, a
yniqsa o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
Uning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi. O‘smirlik davrida shaxs egosentrizmi boshqa davrdagilarga
qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o‘smir o‘z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo‘yadigan,
o‘ziga ko‘proq bino qo‘yadigan bo‘lib qoladi. Shu davrda o‘g’
il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki
kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma’noda o‘zining xatti
-
harakatini nazorat qilish, o‘zining yuri
sh-
turishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz
-andoz bilan shu
g’
ullanish kabi holatlar
kuzatiladi. Shu davrda o‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsiyatiga oid bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning
uchun jiddiy salbiy kechinmalar
ning kechinilishiga asos bo‘lishi mumkin. O‘smirlik davrining xarakterli
xususiyatlaridan yana biri -
bu davrda o‘smirlarda kuzatiladigan o‘smirlik avtonomiyasi holatidir. O‘smirlik
avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.
Ma’lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog’iga muhtoj bo‘ladi. Ota
-onasi va
boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani muntazam nazorat ostida tutadi. Ular
bolani har tomonlama
qo‘llab
-
quvvatlab turadilar va bola bunday qo‘llab
-quvvatlash, daldalarga muhtojlik
his etib turadi. O‘smirlik davrida esa bola o‘z hayotini, xavfsizligini ta’minlash borasida nisbatan
mustaqillikka erishadi. Endi u o‘zini o‘zi himoya qila olishi, lozim bo‘lsa o‘zi o‘z imkoniyatlari darajasida
mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o‘zi qondira olishi mumkin
bo‘ladi
.
Yuqorida keltirib o‘tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o‘smirlik yoshiga yetishi
bilan unga
qator huquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Muayyan huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lish va
bundan o‘smirning xabardorligi unda huquqiy avtonomiyaning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Bunday
avtonomiyaga ega bo‘lish o‘smirda o‘z xatti
-harakat
i uchun javobgarlik, mas’uliyatlilik hissini yuzaga
keltiradi. O‘smirlik avtonomiyalaridan yana biri hissiy
-
emotsional avtonomiyadir. Ma’lumki, bola dunyoga
kelgan ondan boshlab u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo‘llab
-quvvatlashiga, mehr-
|
|
|