Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833


#4, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Yüklə 274,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix28.11.2023
ölçüsü274,49 Kb.
#135842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)

#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
 
106 
ega vazifalardan hisoblanadi. Bugungi globallashuv sharoitida inson ongi va qalbi uchun turli usul va 
vositalar yordamida keskin olib borilayotgan kurashlar davom etmoqda. Mazkur harakatlar bevosita 
yoshlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularda milliy an’ana 
va qadriyatlarimizga, mamlakatimizda olib borilayotgan 
siyosatga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgandir. Bu muayyan ommaviy axborot 
vositalari, ommaviy san’at va madaniyat yordamida kerakli bo‘lgan g’oyalarni shakllantirish, yo‘l
-
yo‘
riqlar 
berish orqali amalga oshirilm
oqda. Natijani jamiyatning diniy, madaniy, ijtimoiy, ma’naviy sohalarida 
namoyon bo‘layotgan ekspansiya holatlarida ham kuzatish mumkin. Ayni holatlarning o‘z navbatida fojiali 
xarakterga ega bo‘lgan, quyidagi oqibatlarg
a olib kelishi ehtimoli bor: 
- yoshlar ijtimoiy aloqalar doirasining torayishi; 

qadriyatlar mazmunining o‘zgarishi;
yoshlarning faqat bugungi kun uchun yashab, istiqbolni o‘ylamasligi;
“Men” siymosining deformatsiyalashuvi;
- psixologik tushkunlikning yuzaga kelishi (ichki 
beqarorlik, ichki ziddiyat, ijtimoiy qo‘rquv, salbiy 
xarakter xislatlarining aksentuasiyalashuvi); 

o‘z o‘rnini oila, ish, o‘quv jamoasidan o‘zga joylardan topishga intilish.
Umumjahon muammolaridan biri hisoblangan yoshlarning destrukt
iv guruhlar ta’siri
ga tushishini 
tadqiq qilish borasida ko‘plab xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida va, shu jumladan, respublikamizda bir 
qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda mazkur muammoning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi 
ijtimoiy-psixologik omillar, statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlar har tomonlama ilmiy 
tahlil qilishga harakat qilinadi. 
Xorij va sobiq ittifoqda bir qator soha mutaxassislari yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik, 
giyohvandlik va alkogolizm kabi illatlarning 
kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy
-psixologik omillar va 
ularning oldini olish, shaxsda antimanipulyativ, assertiv xulqni shakllantirish borasida ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib bordilar. 
E.Bern, D.Karnegi, E.Shostrom, A.Maslou, P.M.Granovskaya, F.V.Bassin, A.I.Kochetov, 
I.A.Nevskiy, Z.A.Astemirov, V.N.Myasishev, K.E.Igoshev, L.M.Zyubin, A.Buryak, Y.N.Volkov, 
Y.V.Zaika, B.T.Kondrashchenko, L.I.Dolgova, G.G.Bochkareva, E.B.Melnikova kabi bir 
qator olimlar o‘z 
tadqiqotlarida destruktiv guruhlar faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolarni 
tadqiq etishga harakat qilganlar. V.P.Sheynov, V.B.Shapar, I.Vagin, N.N.Kozlov, L.Mixaylov, V.Solomin, 
G.M.Andreyeva, 
L.I.Bojovich, 
I.P.Bashkatov, 
B.T.Kondrashchenko, 
A.N.Leontev, 
N.D.Levitov, 
G’
.B.Shoumarov, E.
G’
oziyev, V.M.Karimova, N.S.Safayev, B.M.Umarov, R.S.Samarov, Z.T.Nishonova, 
N.A.So
g’inov, T.Malikova, A.X.Yugay, S.M.To‘ychiyeva kabi Rossiya va O‘zbekiston psixolog 
olimlarin
ing ta’kidlashlaricha, shaxs ongi, xulqi h
amda faoliyati mazmunini ularni qurshab olgan muhit 
belgilaydi. Ularning fikriga ko‘ra, kishi ongi, xulqi, xarakteri mikro va makro muhitdagi faoliyati orqali 
boshqariladi. Ijtimoiy muhitdagi noso
g’
lomlik esa kishi ongi va xulqida turli o
g’
ishlarni keltirib chiqaradi. 
Shaxsni manipulyativ tarzda boshqarishda avvalo, ong faoliyatining o‘rnini, mexanizm va qonuniyatlarini 
nazariy va amaliy talqin qilib, so‘ng antimanipulyativ xulqni shakllantirish zarurdir. Bu yo‘nali
shda olib 
boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga ahamiyat berilishi maqsadga 
muvofiq: 

yoshlarning ta’lim
-
tarbiyasi jarayonini turli mezonlar asosida o‘rganish, destruktiv guruhlar bilan 
aloqalarining vujudga kelishi sabablarini aniqlash

destruktiv guruhlarning 
qanday paydo bo‘lishi, faoliyat doirasining kengayishini, o‘z tarkibiga 
yoshlarni jalb qilish usul va vositalarini o‘rganish;

yoshlarni destruktiv 
g’oyalar va guruhlar ta’siridan saqlashning psixologik uslublarini
aniqlash, 
amaliyotchi psixolog va pedagoglar uchun ishlanmalar yaratish; 

yoshlarning turli ta’sirlarga berilmasligi yuzasidan mafkuraviy himoya, immunitet tizimini yaratish, 
assertiv xulq-atvorni shakllantirishning psixologik modelini ishlab chiqish; 

ta’lim muassasalarining ma’naviy
-
ma’rifiy ishl
a
r bo‘yicha mas’ul xodimlari, huquq
-tartibot idoralari 
va mahalla faollarini mazkur masalalar yuzasidan xabardorlik, savodxonlik darajasini oshirish va ulardan 
ekspertlar tanlash; 

destruktiv 
g’oyalar ta’siriga tush
gan yoshlarning hududiy, demografik, statistik, yosh va jinsiy 
xususiyatlarini o‘rganish;

yoshlarning destruktiv 
g’oyalar ta’siriga tushishi sabab va motivlarini o‘rganish;

destruktiv 
g’oyalar ta’siriga tushgan yoshlar shaxsining individual
-psixologik xususiyatlarini tahlil 
qilish va ularning tipologik tavsifnomasini tuzish; 

jins xususiyatlari bilan bo
g’liq ravishda yoshlik davridagi psixologik himoya ko‘rinishlarining o‘ziga 
xos jihatlarini tahlil qilish; 



Yüklə 274,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə