Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833



Yüklə 274,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix28.11.2023
ölçüsü274,49 Kb.
#135842
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)

6-diagramma. Ota-
onalarning “Yot g’oyalar ta’siri kuchaygan sharoitda siz o‘z o‘rningizni qanday 
tushunasiz” degan 
s
avolga javob ko‘rsatkichlari
 
Umuman, olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari aksariyat ota-onalarning farzand tarbiyasiga 
munosabati ijobiy hamda diniy aqidaparastlik, diniy oqim va yot 
g’
oyalarga qarshi kurash tarafdorlari 
ekanligini ko‘rsatgan. “Yoshl
arni yot 
g’oyalar ta’siridan him
oya qilishda siz ota-
ona sifatida o‘z rolingizni 
qanday tushunasiz?” deganda 100% ota
-
ona “tarbiyani kuchaytirish zarur” deb javob berishgan.
Hozirgi zamon ota-onalaridagi farzandlarida fuqarolik ongi, pozitsiyasi, yuksak ma

naviy-axloqiy 
qadriyatlar shakl
lantirilishiga nisbatan beparvolik o‘ta og’ir oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, tabiat, 
yashash uchun kurash qonunlariga ko‘ra eng kuchli jonzotlar hayotda yashab qoladi. Majoziy ma’noda 
aytganda, hozirgi vaqtdagi globallashuv sharoitida ham psixologik, mafkuraviy, 
g’
oyaviy jihatdan kuchli 
fuqarolarga ega davlatlar jahonda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ladi. Zero, jahonning eng ilg’
or deb 
tanilgan davlatlari (AQSH, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlar)da bo‘lib o‘tayot
gan turli noxush 
70
15
10
1 кв
Vahobiylik
Diniy aqidaparastlik
Egosentrizm
90
10
mahalla-maktab
ota-ona
60
65
Ijobiy
Mening vazifam


#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
 
109 
hodisalar, terrorchilik aktlari mazkur vaziyatlar, destruktiv holatlar, faoliyat barcha uchun kun tartibidagi eng 
dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. 
Globallashuv jarayoni deb atalayotgan hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari, internet hayotimizga 
shiddat bil
an kirib kelib, uning ajralmas tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib qoldi. Internet mafkuraviy 
muammolar bilan masalalarni hal etishda muhim vositalardan biriga aylanib ulgurdi. Biroq shu bilan birga 
uning imkoniyatlari bilan bir
ga jahon global axborot to‘rini
ng aniq, ochiq-oydin tasavvur qilish lozim 
bo‘lgan tahdid va xavf
-xatari mavjudligini ham nazardan qochirmaslik lozim. Komp'yuter 
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib borishi natijasida kompyuterdan ish faoliyatlarida 
foydalanuvchilar bilan birga i
nternet hamda kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari berilib, addikt sifatida 
shakllanib qolgan insonlar soni ortib bormoqda. Barcha sohalardagi yangiliklarga, eng avvalo, yoshlarning 
qiziqish bildirishini nazarda tutsak, ayni paytdagi kompyuter texnologiyalari addiktlarining aksariyatini 10 
yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda.
G’
arb mamlakatlarida rasmiy ravishda 

kompyuterdan patologik foydalanish

istilohidan 
foydalanishadi. Bugungi kunda ushbu atama, so‘z birik
masi (kompyuterdan patologik foydalanish) hali 
internet va kompyuterga nisbatan yuzaga keladigan psixologik qaramlik xususida mutaxassislarda yakdil fikr 
shakllanmaganligiga qaramay, kompyuterni ijtimoiy maqsadlardan o‘zga maqsadlar uchun ham uzluksiz 
qo‘l
lovchi shaxslarga nisbatan ishlatilmoqda. 
Umuman olganda, zamonaviy kompyuter texnologiyalariga qaramlik, tobelik (addiksiya) ikki xil 
ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin:
- internet-qaramlik (internet-addiksiya); 

kompyuter o‘yinlariga haddan tashqari be
rilish. 
Bu ikkala ko‘rinishning 
umumiy va xususiy jihatlari mavjud. Kompyuter qaramligining umumiy 
xususiyatlari sirasiga o‘zaro bog’
liq bir qator psixologik va fiziologik simptomlarni kiritish mumkin. 
Psixologik belgilar quyidagilar: 
- kompyuter qarshisida eyforiya holati yoki qulaylikni his etish; 

kompyuter bilan ishlashdan o‘zini to‘xtata olmaslik;

kompyuter qarshisida o‘tkazilayotgan vaqtning tobora ko‘payib borishi;

oila va do‘stlar, kishilarga nisbatan e’tiborning kamayib borishi;
- kompyuterdan boshqa joylarda depressiya, achchiqlanish hissining kuzatilishi; 

ish beruvchilar va oila a’zolariga o‘z faoliyati yuzasidan yolg’on ma’lumotlarning berilishi;

ish yoki o‘qish faoliyati bilan bog’
liq muammolarning mavjudligi. 
Jismoniy (fiziologik) belgilarga quyidagilar kiradi: 

karpal kanal sindromi (qo‘llar va barmoqlardagi asab tolalarining muskullarning zo‘riqib ishlashi 
natijasida zararlanishi); 

ko‘zlarning quruqshab qolishi;

boshning ba’zan qattiq og’
rishi; 
- yelka, orqadagi o
g’
riqlar; 

o‘z 
vaqtida ovqatlanmaslik, 
ovqatni ba’zan kanda qilish; 
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik;
- uyquning buzilishi. 
Kompyuterdan patologik foydalanish umuman olganda alkogolizm yoki giyohvandlik (kimyoviy 
qaramlik, tobelik) singari kishini tubanlikka yetaklamasligi mumkin. Biroq, uning kishi shaxsi rivojiga salbiy 
ta'sir etishini inkor qilib bo‘lmaydi. Addiksiya xususida gap ketganda kompyuter o‘yinlarining shaxs 
ruhiyatiga ta’siri masalasi albatta tahlil etilishi zarur. Ayrim addiktlar va ularning
ota-onalari, qarindosh-
uru
g’lari bilan suhbat o‘tkazgan tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, addiktlarda yuqori darajadagi xavotir 
va depressiya ko‘zga tashlanib turadi. Addiktlarning yaqinlari ularning haddan tashqari jizzaki, jahldor, 
hissiy jihatdan notur
g’
un ekanliklarini 
ta’kidlaydilar. Kompyuter o‘yinlari addiktlari o‘yinga nisbatan doimiy 
ehtiyojni his qiladilar, biroq shu bilan birga doimiy ravishda frustratsiya holatida bo‘lganliklari sababli shu 
ehtiyojni qondirolmaslikdan aziyat chekadilar. Bunday 
g’
ayritabiiylik, paradoksni tushunishda addiktlarning 
virtual (hayoliy) va real olamga daxldor psixik xususiyatlarining tavsifi yordam beradi. Ushbu tavsifga ko‘ra 
(darvoqe, uni ko‘pchilik addiktlar ma’qullashadi), muammoni quyidagi tarzda yoritish mum
kin: 
addiktlarning real 
olamda doimiy ravishda frustratsiya va tushkun kayfiyat holatida bo‘lganliklari ularda 
yuqori darajadagi xavotirlanish va depressiya holatini keltirib chiqaradi. Bu klinik-psixopatologik metod 
yordamida aniqlashtirilgan. Kompyuter o

yinlari vaqtida ular ongida qanday jarayonlarning kechishini 
aniqlash ancha murakkabdir, chunki, o‘yindan chalg’
ish yoki chal
g’itishga bo‘lgan har qanday urinish bu 
virtual, hayoliy olamni tark etishni anglatadi. Biroq, addiktlar bilan bo‘lgan suhbatlarda

ma’lum 
bo‘lishicha, o‘yin jarayonida ularning kayfiyati ancha ko‘tariladi, chunki bu paytda ijobiy hissiyotlar 



Yüklə 274,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə