Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833


#4, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Yüklə 274,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix28.11.2023
ölçüsü274,49 Kb.
#135842
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)

#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
 
110 
kuchayadi. Kayfiyatning ko‘tarilishi bog’liq ravishda kechadigan ijobiy hissiyotlar kompyuterda o‘ynash 
quvonchini ko‘z oldiga keltirib oldinda
n rohatlanish bilan ham bo
g’liq bo‘ladi. Biroq, o‘yindan so‘ng, ya’ni 
virtual olamni tark qilganlaridan keyin ular yana ilgarigidek tushkun, so‘niq kayfiyatga qaytadilar. 
Ko‘pchilik addiktlar ijtimoiy hayotga yaxshi moslasha olmaydigan kishilardir. Ularda 
k
o‘pincha maishiy, 
oilaviy, ish faoliyati, qarama-qarshi jins vakillari bilan bo
g’
liq muammolar uchrab turadi. Shuning uchun 
addiktlarga real olam zerikarli, yoqimsiz, xavfli tuyuladi. Ayni sabab inson qoidalarni o‘zi belgilaydigan, 
barcha narsaga ruxsat etilgan virtual olamda yashashga intiladi. Mantiqan olganda ham, virtual olamni tark 
etish addikt uchun yoqimsiz holatdir, chunki u yana o‘z xohlamaydigan olamga qaytishga majbur bo‘ladi, 
yana kayfiyati tushadi, o‘zini har tomonlama noxush his etadi. Shunin
g uchun, addiktlarda kayfiyat yomon 
bo‘lishining sababi bir tomondan kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan doimiy ehtiyojning mavjudligi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan shu ehtiyojni qondirish imkonining yo‘qligidir. Hissiy
-emotsional sohada ularda o
g’
ishlar 
borligining yana bir sababi subyek
tiv darajada o‘z faoliyatlari (kompyuter o‘yinlari)ning foydasizligini 
anglashlari va psixologik qaramlik oldida o‘z ojizliklarini his qilishlaridir. Bu o‘ziga xos kognitiv dissonans, 
ya’ni ijtimoiy jihatdan ma’qullanadigan hayot bil
a
n addiktning hayoti o‘
rtasidagi nomuvofiqlikni bildiradi. 
Boshqacha aytganda, addiktlar mudom o‘zlarini o‘zlari inkor qiladigan sharoitda yashaydilar. Bu jihat g’
alati 
tuyulsa-
da, haqiqatdan ham ko‘pchilik kompyuter o‘yinlarining ashaddiy ishqibozlari o‘z
xatti-harakatlari 
to‘
g
’risida jiddiy mulohaza yuritadilar. “Qiladigan shuncha ishim bor edi, men esa tuni bilan kompyuter 
o‘ynadim” qabilidagi fikrlar ularni qiynaydi. Ayrim addiktlar uchungina kompyuter o‘yinlari psixologik 
himoya vazifasini bajarishi mumkin. 
Ta’kidlanganidek,
ko‘pchilik hollarda addiktlar real vaziyatdagi dezadaptatsiya (moslasha olmaganlik) 
holatlarini virtual olamdagi kompyuter personajlari roliga kirish orqali bartaraf qilishga harakat qiladilar. 
Addikt o‘z virtual “Men”ini topishga i
n
tiladi, chunki bu “Men” kuchliroq, aqlliroq bo‘lib, u qurol ishlatishi 
mumkin, uning xohlagan narsani sotib olishga imkoni yetadi. Lekin inson o‘zining real dunyoda 
yashayotganini ham esidan chiqarmaydi, shu tariqa hatto shaxs ongining ikkiga bo‘linishi k
uzatilishi 
mumkin. Shu 
nuqtayi nazardan virtual olamdagi o‘ta qudratli qiyofasidan voz kechib, o‘z “Men”iga qaytish 
addiktlarni qanoatlantiradigan ish emas. RIA “Новости” agentligi “Дружеский Рунет” fondining 3500 dan 
ko‘proq o‘smir orasida o‘tkazgan so‘ro
vi natijalariga tayanib xabar berishicha, hozirgi vaqtda 15-17 yosh 
orali
g’idagi mamlakat yoshlarining yarmidan ko‘prog’i internetda deyarli “yashayotganligi” Rossiya 
Federatsiyasi psixologlarini qattiq tashvishlantirmoqda. Bu yoshlarning 90% internetga shaxsiy 
kompyuterlardan u
lanishadi. Statistikaga ko‘ra, 62% voyaga yetmagan foydalanuvchilar internetdagi har 
qanday mazmundagi saytlarga kirishga intilishadi. Bunda bola yoki o‘smir psixikasini jarohatlovchi 
ma’lumotni uchratish ehtimoli juda kattadir. Internetdan foydalanishda u
ning salbiy emas, balki bolalar 
qobiliyatlarini o‘stirishi, aqliy imkoniyatlarini oshirishi singari ijobiy jihatlariga e’tiborni qaratish maqsadga 
muvofiqdir. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana boradi. Uning 
atrofidagilarga, a
yniqsa o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. 
Uning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi. O‘smirlik davrida shaxs egosentrizmi boshqa davrdagilarga 
qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o‘smir o‘z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo‘yadigan, 
o‘ziga ko‘proq bino qo‘yadigan bo‘lib qoladi. Shu davrda o‘g’
il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki 
kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma’noda o‘zining xatti
-
harakatini nazorat qilish, o‘zining yuri
sh-
turishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz
-andoz bilan shu
g’
ullanish kabi holatlar 
kuzatiladi. Shu davrda o‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsiyatiga oid bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning 
uchun jiddiy salbiy kechinmalar
ning kechinilishiga asos bo‘lishi mumkin. O‘smirlik davrining xarakterli 
xususiyatlaridan yana biri - 
bu davrda o‘smirlarda kuzatiladigan o‘smirlik avtonomiyasi holatidir. O‘smirlik 
avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi. 
Ma’lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog’iga muhtoj bo‘ladi. Ota
-onasi va 
boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani muntazam nazorat ostida tutadi. Ular 
bolani har tomonlama 
qo‘llab
-
quvvatlab turadilar va bola bunday qo‘llab
-quvvatlash, daldalarga muhtojlik 
his etib turadi. O‘smirlik davrida esa bola o‘z hayotini, xavfsizligini ta’minlash borasida nisbatan 
mustaqillikka erishadi. Endi u o‘zini o‘zi himoya qila olishi, lozim bo‘lsa o‘zi o‘z imkoniyatlari darajasida 
mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o‘z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o‘zi qondira olishi mumkin 
bo‘ladi

Yuqorida keltirib o‘tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o‘smirlik yoshiga yetishi 
bilan unga 
qator huquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Muayyan huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lish va 
bundan o‘smirning xabardorligi unda huquqiy avtonomiyaning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Bunday 
avtonomiyaga ega bo‘lish o‘smirda o‘z xatti
-harakat
i uchun javobgarlik, mas’uliyatlilik hissini yuzaga 
keltiradi. O‘smirlik avtonomiyalaridan yana biri hissiy
-
emotsional avtonomiyadir. Ma’lumki, bola dunyoga 
kelgan ondan boshlab u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo‘llab
-quvvatlashiga, mehr-



Yüklə 274,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə