Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833


#4, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Yüklə 274,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix28.11.2023
ölçüsü274,49 Kb.
#135842
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)

#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
 
112 
Insonning o‘zi haqida tasavvurlari shakllanishi yosh davrlariga bog’liq bo‘lib, odatda o‘smirlik 
davr
ida “Men” timsoli to‘la tarkib topmagan bo‘ladi. Bunday hollarda virtual, hayoliy timsollar o‘smirning 
bu boradagi ehtiyojlarini qondirishga yordamga keladi. Jamiyatda to‘la ravishda o‘zini o‘zi namoyon 
qilolmagan shaxs virtual reallikda, hayoliy makonda buni amalga oshirishga harakat qiladi. Mazkur holat 
internet qaramlikda yuzaga keladi. Muomala, muloqot, ijtimoiylashuv jihatdan muammolari bo‘lmagan 
shaxs esa virtual olamdagi faoliyatga ehtiyoj sezmaydi. Ko‘pgina adabiyotlarda yozilishicha, internetga 
qaram kishilarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga mansub shaxslarning masalan, onlayn o‘yin 
vaqtida kayfiyatlari ko‘tarinki bo‘ladi. Ular guruhiy o‘yinlarni o‘ynashni xush ko‘rishib, o‘yinni yutgan 
paytlarda boshqalar tomonidan ra
g’
batlantirilishni yoqtirishadi. Mana shu n
arsa ular uchun muhim bo‘lib, 
kompyuter, internet ular uchun ijtimoiy ma’qullanish vositasidir. Ikkinchi guruhga mansub insonlar esa 
hayotlaridagi muayyan bir qiyinchiliklardan qochish uchun internetga murojaat qilishadi. Internet ular 
misolida ancha chuqu
r muammo (masalan jismoniy kamchiliklar, o‘zini o‘zi baholashning past darajasi)ning 
simptomi, belgisi hisoblanadi. Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan jinoyatchilik va internet o‘yinlari 
orasidagi bo
g’liqlik ham aniqlangan. O‘yinchilar virtual olamda qo‘llaridagi qurol bilan ma’lum bir 
bosqichga yo‘l olganlarida ularning miyasi xuddi real olamda shu harakatni bajargan kabi munosabat 
bildiradi, reaksiya ko‘rsatadi. Internet o‘yinlardagi zo‘ravonlik muammosi to‘g’
risida keyingi vaqtlarda juda 
ko‘p gapirilmoqda. Olimlar eng yuqori muvaffaqiyat barcha jonzotni o‘ldirish bilan baholanadigan 
kompyuter o‘yinlarida aksariyat vaqtlarini o‘tkazadigan bolalar, insonlar tomonidan jamiyatga estetik, 
axloqiy, ma’naviy zarar yetkazilishini ta’k
idlaydilar. Voqelikdan chek
inishni istaydigan kishilar me’yor 
degan tushunchani unutib, juda ko‘p vaqtlarini kompyuter qarshisida o‘tkazadilar. Natijada real voqelikdan 
vaqtincha emas, butunlay uzilib qolish xavfi yuzaga keladi. Kompyuterdagi rolli o‘yinla
rning kishi 
psixikasiga ijo
biy jihatini shunday ta’riflasa bo‘ladi: shaxs stressdan xalos bo‘lish, muammolardan chalg’
ish 
maqsadida ma’lum vaqt mobaynida kompyuterda o‘ynashi mumkin. Patologik holatlarda esa buning 
teskarisi ko‘zga tashlanadi, ya’ni inson 
fiziologik ehtiyojlarini qondirish, real hayot qandayligini unutib 
yubormaslik uchungina kompyuterdan zo‘r
-
bazo‘r “uziladi”. Ehtiyojlarning qolgan qismi hayoliy olamda 
qondiriladi. Bunday kishi, o‘smir uchun real olam xavfli tuyula boshlaydi. 3D
-Action (uc
h o‘lchamli) 
o‘yinlarga qat
tiq bo
g’lanib qolgan bir kompyuter addiktining aytishicha, kompyuter o‘ynashni to‘xtatib, 
ko‘chaga chiqqach, qo‘lida qurol yetishmayotganini his qiladi. “Qurolsiz o‘zimni himoyasiz his qilaman va 
tezroq uyga qaytib, yana komyuter 
o‘ynashga kirishaman”, deydi. Ko‘rinib turibdiki real voqelikdan 
qochishga intilish bu hisning tobora kuchayib borishiga sabab bo‘ladi.
Kiberxavfsizlik masalalariga butun dunyoda alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida 2002-yilday
oq “Kiberhudud xavfsizligini ta’minlash yuzasidan Milliy strategiya” qabul qilingan 
edi. Belorussiyada 2010-yili 

Internetning milliy segmentidan foydalanishni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g’
risida

farmon qabul qilindi. Buyuk Britaniyada 2011-
yili bo‘lib o‘tgan tartibsizli
klarda 
ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarni vaziyatni izdan chiqarishga chaqirgan yoshlar aniqlanib, jinoiy 
javobgarlikka tortildilar. Xuddi shu singari Rossiya aholisida ham internet 
axborot, ma’lumot manbasi 
sifatida aholida eng ko‘p ishonch uyg’
otmoqda. Mos
kva davlat universiteti ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan 
sot
siologik so‘rov natijalariga ko‘ra, 36,9 % respondent aynan internet mamlakat va dunyoda bo‘lib 
o‘tayotgan voqea
-hodisa
lar to‘g’risida haqqoniy, to‘liq ma’lumot berishiga ishonadi. Ikkinchi o‘rin
ni federal 
televidenie ma’lumotlari egallagan (34,1 %). Uchinchi
-
to‘rtinchi o‘rinlarni (27,4%) axborotning norasmiy 
manbalari - qarindosh-uru
g’lar, do‘stlar, hamkasblar, shu bilan birga ta’lim muassasalari pedagoglari
mahalliy nashrlar ma’lumotlari tashki
l etadi. 

Yüklə 274,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə