Ahorat p m 4 2021 issn 2181-6833


#4, 2021 PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL



Yüklə 274,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/19
tarix28.11.2023
ölçüsü274,49 Kb.
#135842
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
8.Жумаев Улуғбек Сатторович compressed (1)

#4, 2021
PEDAGOGIK MAHORAT*ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ МАСТЕРСТВО*PEDAGOGICAL SKILL
 
111 
muhabbatini namoyon qilishiga, erkalashiga ehtiyoj his qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi, 
maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni suyub, erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli 
gaplar va muomala bilan ularga hissiy yaqinlik namoy
on qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo‘ladilar va 
erkalayotgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi, ularning pinjiga 
suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, bolalar o‘z tengdo
shlari bilan 
bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida nizo
-tortishuvlarga duch kelganida va ayniqsa tengdoshlaridan 
“jabrlanganda”, “yengila boshlaganidan”, ota
-onasidan va atrofida yaqinlaridan emotsional dalda, hissiy 
qo‘llab
-quvvatlash kutadi va bu borada ularga muro
jaat qiladi. Agar o‘z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, 
o‘zini erkin, tetik, g’olib his qiladi va ular bilan quvonib yuradi. O‘zining kichkinagina hayotida duch kelgan 
“muammolari”ni hal qilishda kattalar yordamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan
muntazam foydalanishga 
intiladi. O‘smirlik davrida esa aksincha, o‘smir endi “yosh bola” emas, endi u “katta odam”, katta odam esa 
mustaqil bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar yordamiga murojaat qilish 
tengdoshlar tomonidan qora
lanadi, va buni o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar 
tomonidan oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini erkalab, silab
-
siypashlarini, “arzimagan narsalar”
uchun kattalar tomonidan bildiriladigan olqishlarni 

yoqtirmaydi

. Endi 
ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab
-
quvvatlashlaridan holiroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal 
qilishga intiladilar. Oldinlari ko‘chada, bog’
chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga 
shikoyat qilib ota-
onasidan yordam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, 
kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-
onalarini uning “ishlariga” aralashmasliklarin
i xohla
ydi. Bularning barchasi o‘smirlarda bevosita 
kuzatiladigan emot
sional avtonomiyaning ta’siridir. O‘smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana 
biri makoniy avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o‘smirlar imkon qadar o‘z xonasida yolg’
iz qolishga, biron bir 
ish
ni bajarayotgan yoki biron bir joyda bo‘lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz bo‘lishga ayniqsa o‘z ota
-
onasi, oila a'zolari nazaridan chetroqda bo‘lishga, o‘z o‘y hayollari bilan mashg’ul bo‘lib vaqt o‘tkazishga 
intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosa
n o‘z tengdoshlari, yaqin o‘rtoqlari bilangina muloqotda bo‘lib o‘z ota
-
onasi bilan imkon qadar kamroq muloqotda bo‘lishga intilib o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda 
o‘smirda kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota
-onalar ularning bunday 
holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda qo‘proq qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib aytganda 
ularning avtonomiyasiga 

bostirib kiradilar
”. Buni esa o‘smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o‘smirlar va 
ularning ota-onalar
i o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga kelishiga 
asos bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha “o‘tkinchi” deb tavsiflanadigan o‘smirlik davrida organizm, asab tizimi 
o
g’ir va uzoq vaqt davomida ta’sir qiladigan ta’sirotlarga hali ba
rdosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday 
hollarda asab tizimi tormozlanish holatiga o‘tishi mumkin. Bu esa organizmning o‘ziga xos himoya 
mexanizmi hisoblanadi. Mazkur davrning asosiy faoliyati o‘qish bo‘lib, o‘smirning nafaqat bilim, 
malakalarni egallashi, balki 
maslak, e’tiqod, ehtiyoj va motivlarni, ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini 
shakllantirishi ham muhimdir. Internet esa hozirgi zamonda ushbu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi. 
Kishilarda axborot ko‘rsatadigan ta’sirga nisbatan javob, uni qabul qilish
reaksi
yasi har xildir. Ta’bir joiz 
bo‘lsa, axborot, ma’lumotning psixikaga ta’siri borasida eng “kuchsiz” qatlam
-yoshlar deyish mumkin. 
Hozirgi vaqtda fanning yangi tarmo
g’
i - 
axboriy (kompyuter) psixologiyasi yo‘nalishi shiddat bilan 
rivojlanmoqda. 
Ushbu yo‘nal
ishda quyidagi muammolar tadqiq etiladi: 

insonning tobora takomillashib borayotgan kompyuter texnologiyalari, axboriy oqim oldidagi 
qo‘rquvi (kompyuterofobiya);

shaxsning insonlar bilan emas, balki kompyuter va uning vositasida muloqot qilishga intilishi 


informomaniya



kompyuterda ishlash jarayonida kishilarning toliqishi; 

kompyuterga qattiq bo
g’
lanib qolishning oldini olish. Kompyuter, internetga qattiq bo
g’
lanib qolish 
giyohvandlik singari asta-sekin, bosqichma-bosqich rivojlanib boradigan jarayondir. Bu kasallikning uch 
bosqichi mavjud: 
Birinchi bosqichda ko‘pincha muammolardan chekinish, ularni unutish uchun global tarmoq
internetga oshiqiladi. 
Ikkinchi bosqichda shaxsning internetdan uzilishi juda qiyinligi ko‘zga
tashlanadi. Ya’ni, bu 
bosq
ichda internetda o‘tkazilayotgan vaqt miqdori tobora ko‘payib boradi.
Uchinchi bosqich - 
to‘liq qaramlik bo‘lib, unda inson internetda o‘tkazayotgan vaqti ilgarigidan 
ko‘proq bo‘lmasa, oladigan huzur
-
halovati kamayayotgandek bo‘l
adi. Buni giyohvand qabul qiladigan 
narkotik modda miqdorining ko‘payib borishiga qiyoslasa bo‘ladi. Bu holatni quyidagicha izohlash, 
tushuntirish mumkin. 



Yüklə 274,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə