120
qarzning biror qismi to‘g‘risida qarz egasi
bilan kelishganlarida, agar
ikkovi yoki aslning ozod etilishi shart etilgan yoki hech bir shart
qo‘yilmagan bo‘lsa, ikkovi ham ozod bo‘ladi. Agar yolg‘iz kafilning ozod
bo‘lishi shart etilgan bo‘lsa, faqat kafil ozod bo‘lib, talab qiluvchi esa
ixtiyorli bo‘ladi: istasa barcha qarzni asldan va istasa kelishuv badalini
(to‘lovini) kafildan, qolganini asldan oladi.
Kafil makful lahni (qarz egasini) birovning ustiga havola
etganda
(o‘tkazganda), buni makful lah va muhal alayh (qarzni zimmasiga olgan)
ham qabul etsa, u holda kafil va makful anh ozod bo‘ladi. Zar kafil vafot
etganda, mol makful bihning merosidan talab qilinadi. Tovarning puliga
kafil bo‘lganda bay’ (savdo) buzilsa yoki
tovarning haqli egasi chiqib,
olib qo‘ysa yoki aybi uchun qaytarib yuborilsa, kafil kafillikdan ozod
bo‘ladi.
Garov.
Islom qonunshunosligida shartnoma bo‘yicha bajariladigan
majburiyatlarni amalga oshirishda garov
ijobiy omillardan biri
hisoblanadi. Garov biror qiymatga ega bo‘lgan moddiy ashyoni haq
evaziga ushlab turishdir. Musulmon huquqida payg‘ambarimizning
sunnatlari va ulamolar ijmosi garovning huquqiy asosi hisoblanadi.
Muhaddislardan imom Buxoriy, Nasoiy, ibn Mojja rivoyatlariga ko‘ra,
Muhammad (s.a.v.) o‘z sovutlarini bir yahudiyga garovga qoldirib, undan
oilalari uchun arpa olganlar. Islom fiqhida
Dostları ilə paylaş: