Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
islom huquqi

Garovning turlari. Vaqtincha foydalanishga olingan narsaning 
garovi. 
Bir odam o‘zganing molini istioraga olib, keyin uning ruxsati 
bilan garovga berishi mumkin. Bunga 
istiora garovi 
deyiladi. Mol 
egasining ruxsati mutlaq (shartsiz) bo‘lsa, istioraga olgan kishi uni turli 
tarzda (shaklda) garovga bera oladi. Molning egasi ma’lum miqdordagi 
pulga yoki ma’lum turdagi mol evaziga, falon odamga yoki falon 
shaharda garov berishi kabi shartlar bilan ruxsat bergan bo‘lsa, molni 
istioraga oluvchi faqat ana o‘sha shartlarga amal qilib, uni garovga bera 
oladi. 
Adlning qo‘li garov olganning qo‘li kabidir, ya’ni garov bergan va 
olgan shaxs o‘zlari ishongan bir odamda saqlanishi sharti bilan 
kelishsalar, u rozi bo‘lgach, molni qo‘liga (ixtiyoriga) olsa, garov bitimi 
yuridik kuchga kiradi. Shu bilan u odam garov olganning o‘rniga o‘tadi. 
Adl bo‘lgan odamning qarzi bor vaqtda, garovdagi ikki tarafdan birining 
ruxsatisiz garov molini boshqa birovga bera olmaydi, bersa, uni qaytarib 
olishi shart. Garov qaytarib olishdan ilgari yo‘qolsa, adl uning qiymatiga 
zomin (javobgar) bo‘ladi. Adl o‘lsa, ikki tarafning roziligi bilan garov 
boshqa bir adlga topshirilishi mumkin. Agar o‘zaro kelisha olmasalar, 
hokim garov molini birorta adlning qo‘liga (ixtiyoriga) topshiradi. 
Garov bergan yoki uni olgan shaxslardan biri boshqasining 
roziligisiz garovga qo‘yilgan obyektni sota olmaydi. Qarzni qaytaradigan 
vaqt kelsa-yu, garov bergan shaxs qarzini to‘lamay tursa, hokim garovni 
sotish yo‘li bilan qarzni to‘lashga buyruq beradi. Agar u ko‘nmasa, hokim 
garovni sotib, qarzni ado etadi. Garov bergan shaxs yo‘qolgan yoki 
bedarak ketgan bo‘lsa, garov olgan garov obyektini sotib, qarzini undirib 
berishni so‘rab, hokimga murojaat qiladi. Garov (moli)ning zararlanishi 
xavfi tug‘ilsa, garov olgan shaxs uni hokimning izni bilan sota oladi va 
pulni o‘z qo‘lida garovda tutadi. Agar hokimdan izn olmay sotadigan 
bo‘lsa, zomin (javobgar) bo‘ladi. Garov molni sotishga vakil bo‘lgan 
odam qarzni qaytarish vaqti kelganda garovni sotib, pulini garov olganga 
topshiradi. Agar u bundan bosh tortsa, garov molini topshirgan shaxs 
garovni sotishga majbur qilinadi. U ham bosh tortsa, hokimning o‘zi 
molni sotadi. Agar garov bergan yoki uning vorislari yo‘q bo‘lsa (g‘oyib 
bo‘lsa), garovni sotishga vakil majbur qilinadi. U ham sotishdan bosh 
tortganda, hokimning o‘zi molini sotadi. 
Musulmon huquqida qozilar uchun garovning qonuniylik darajasi 
borasida yuqoridagi qoidalar asosida tuzilgan majburiyatgina qonuniy 


123
hisoblangan. Garov obyektiga yetkazilgan har qanday zarar uni keltirgan 
shaxsdan undirilgan. Garovga aloqador nizo yuzasidan murtahin quyidagi 
hollarda guvohlarni keltirishi shart: 
1) garovga qo‘yilgan ashyoning soni va miqdori borasida nizo 
chiqqanda; 
2) obyekt garov yoki vadi’a (ya’ni qarzi bo‘lmasa ham birovga 
omonatga tashlab ketish) uchunligini tasdiqlash lozim bo‘lganda. 
Qarzdor quyidagi hollarda guvohlarni keltirishi kerak: 
1) murtahinni garov obyektiga shikast yetkazganlikda ayblasa; 
2) murtahin: «Garov obyektini sotishga ruxsat bermagan edim», – 
deb tongan holatda. 
Garov quyidagi hollarda tugatiladi: 
1) garov qarzdorning o‘z qarzini uzishi yoki murtahin qarzdorning 
qarzidan kechib yuborishi bilan; 
2) tomonlardan birining vafoti tufayli. Garovga beruvchi vafot etsa, 
uning vorislari merosdan qarzni to‘lab, garov predmetini qaytarib olishlari 
shart. Garovga oluvchi vafot etganda, garov moli meros moliga qo‘shib 
yuborilmay, balki qozi orqali hal qilinadi. 
Musulmon huquqida 
vadi’a 
(monat instituti) sababli majburiyatning 
kelib chiqishi quyidagicha: 
omonat 
qoldirish, omonat berish qadimdan xalqlar orasida o‘zaro 
ishonchga asoslanib joriy bo‘lib kelgan odat hisoblangan. Omonat 
huquqning turli manbalari asosida tartibga solingan. Islom dinida ham 
omonat instituti Qur’oni karim oyatlari, payg‘ambar hadislari asosida va 
mujtahid olimlarning qonun ijodkorligi faoliyati natijasida muayyan 
tartibga keltirilgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, 
vadi’a 
omonatning bir turi 
bo‘lib
,
biror shaxsning vaqtincha qoldirib ketgan mol-mulki, ashyosini 
saqlab turish majburiyatidir. 
Musulmon huquqining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karimning 
«Niso» surasi 57-oyatida, «Anfol» surasining 77-oyatida omonatni o‘z 
egalariga topshirish majburiyati ta’kidlagan. 
Ikkinchi manba bo‘lgan payg‘ambar hadislarida omonat to‘g‘risida 
juda ko‘p ko‘rsatmalar mavjud. Abu Hurayra payg‘ambarning quyidagi 
hadisini keltirgan: «

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə