Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
islom huquqi

garov 
deb, qarzning evaziga 
biror buyumni ishonch tariqasida qoldirish tushuniladi. Arab tilida 
garovni 
rahn, 
garov qo‘yuvchini 
rohin,
 garovga olib qoluvchini 
murtahin,
garov obyekti esa 
marhun 
deb ataladi. 
Musulmon huquqida garov bilan bog‘liq munosabatlar quyidagicha 
tartibga solinadi:  
1) garov shartnomasi uchun har ikki tomonning o‘zaro roziliklari 
talab etiladi va o‘zaro ishonch asosida bo‘lganligi uchun og‘zaki holda 
tuziladi (garovga beruvchi va uni oluvchi o‘rtasida qabul vositasida garov 
ahdi tuziladi. Biroq (mol) qo‘ldan qo‘lga o‘tmaguncha, mukammal tarzda 
kuchga kirmaydi. 
Garovning taklif va qabuli:
 garov beruvchi: «Bu 
narsani qarzim muqobiliga senga garovga berdim», – deb yoki shunday 
ma’nodagi boshqa bir gapni aytib va garovga oluvchi: «Roziman», – 
degan ma’nodagi roziligidan dalolat beruvchi bir gapni aytishidir. Bunda 
«garov» so‘zi aytilishi shart emas); 
2) har ikki tomonning muomalaga layoqatliligi; 
3) garov qo‘yuvchida garovga berayotgan buyum ustidan haqiqatan 
egalik huquqining mavjudligi. Imom Abu Hanifaning fikriga ko‘ra, 
shirkatdagi buyum faqat alohida ajratilib qo‘yilgan holdagina rohin 


121
tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. Imom Shofi’iy esa shirkatdagi 
buyumni alohida ajratmasdan turib ham, shirkatda bo‘lgan, bo‘linmas 
buyumlarni ham garovga qo‘yish mumkin, deb hisoblangan; 
4) taslim – garovga topshirish, iqboz – garov predmetining 
murtahinning qo‘liga o‘tishi sharti. Imom Shofi’iy: «Murtahinning men 
garovni qabul qildim, deyishining o‘zi kifoya, istasa, garovni qarzdorning 
o‘zida qoldiradi», – degan fikrni bildirgan; 
5) garovga biror ashyoni qoldirish qarzdorni qarzdan ozod qilmaydi, 
balki garov predmeti uning qarzini to‘lashi uchun vosita bo‘lib, qarzdorga 
doimo o‘z qarzini uzish majburiyatini eslatib turadi; 
6) kelishilgan muddat o‘tgunga qadar qarzdor garov predmetini 
qarzini to‘lash maqsadida sotish huquqiga ega. Muddat o‘tgandan so‘ng, 
qarzdor turli vaj-bahonalar bilan qarzini to‘lamasdan yursa, hokimning 
buyrug‘i bilan garov predmeti (yoki obyekti) sotilib, murtahinga bergan 
qarzi barobaridagi miqdor to‘lanadi; 
7) garov predmeti (yoki obyekti)ni qarzdorning ruxsatisiz hech kim 
tasarruf qila olmaydi. Garov obyektidan foydalanib turish borasida 
ulamolar ikki xil fikr bildirganlar. Ahmad ibn Hanbal, Abu Lays 
Samarqandiy, Hasan Basriy, Abu Is’hoq va boshqalar payg‘ambar 
(s.a.v.)ning: « Hayvon garovga qo‘yilgan ekan, uning yem-hashagi 
murtahinning zimmasida bo‘lib, yem-hashagi barobarida sutidan 
foydalanishi mumkin», – degan hadisidan kelib chiqib, garov obyektidan 
foydalanish mumkinligini ta’kidlaganlar. 
Abu Hanifa, Molik, Shofi’iy kabi ulamolar murtahinning garov 
obyektidan foydalanishga haqi yo‘q, garov obyektidan keladigan barcha 
foyda qarzdorga taalluqli, degan fikrni bildirganlar; 
8) belgilangan muddat tugagach, agar tomonlar o‘zaro kelishsalar, 
muddatni yana uzaytirishlari mumkin
9) garovga beriladigan narsa (garov obyekti) sotishga yaraydigan, 
shuningdek ahdlashuv vaqtida mavjud hamda qiymatga ega, olib berish 
(topib berish) mumkin bo‘lgan narsa bo‘lishi kerak. Garovning evaziga 
beriladigan narsa to‘lovli (mazmun) mol bo‘lishi shart;
10) garov molini oluvchi shaxs uni o‘zi yoki oilasi, sherigi yoki 
xizmatchisi kabi ishongan odamning huzurida saqlashi mumkin. Joy 
ijarasi, qorovul va farrosh haqi kabi garov molining muhofazasi uchun 
ketadigan xarajatlar garovni olgan shaxs tomonidan to‘lanadi. Garov 
hayvon bo‘lsa, yemi va cho‘ponining haqi, agar ko‘chmas mulk bo‘lsa, 
ta’miri va sug‘orilishi, tozalash kabi uning saqlanishi uchun sarflanadigan 
sarfu xarajatlar garov beruvchining zimmasida bo‘ladi. Garov beruvchi va 


122
oluvchidan biri boshqasiga taalluqli bo‘lgan xarajatlarni o‘zicha to‘lab 
yuborsa, bu ehson, deb qaraladi va uni keyin talab qilib ololmaydi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə