Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
islom huquqi

diya jazosini 
belgilaydi. Jinoyatchi dildan 
ham afv etilsa, qozi unga ta’zir jazosini belgilaydi. Bunday jazoda esa 
unga katta huquq berilgan bo‘ladi. 
Ta’zir jinoyatlarida qoziga katta huquq berilgan. U o‘z hukmi bilan 
jazo turlarini belgilaydi. Uning og‘ir yoki yengil bo‘lishini ham ko‘rsatib 
beradi. Jinoyatchini ozod etish ham uning hukmida bo‘ladi; 

uchinchidan,
 yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olish. Hudud, 
qasos, diya jinoyatlarida yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmaydi. 
Ularga beriladigan jazolar muqarrar bo‘lib, ko‘rsatilgan hech qanday 
sabablar inobatga olinmaydi. Ammo ta’zir jinoyatlarida yengillashtiruvchi 
holatlar mavjud bo‘lib, qozidan yengilroq jazoni tanlash talab qilinadi; 

to‘rtinchidan,
 jinoyatning isboti masalasi. Musulmon huquqida 
hudud, qasos jinoyatlarining isboti uchun muayyan guvohlar talab 
qilinadi. Masalan, zino jinoyati uchun to‘rtta guvohni shahodat qilish 


136
talab qilinadi. Boshqa turdagi jinoyatlar uchun ikkita guvoh talab etiladi. 
Ta’zir jinoyatlarida esa bitta guvohning shahodati ham joiz, deb qaraladi. 
Jinoyatlar maqsadiga ko‘ra, 
qasddan 
va 
ehtiyotsizlik 
natijasida sodir 
etilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar deganda, 
jinoyatchining bir amalni bajarish mumkin emasligini bila turib, uni 
bajarishi tushuniladi. Ushbu nisbat jinoyatning umumiy sifati, deb 
qaraladi. Endi uning xususiy jihatiga qaralsa, jinoyatchi bajaradigan 
amalining natijasini oldindan belgilab olishidir. Bunday umumiy va 
xususiy jihatlar e’tiborga olinadigan jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat, 
deb ko‘rsatiladi. 
Agar jinoyatchi jinoyatining natijasini oldindan belgilab olmagan 
bo‘lsa, 
shubhali qasd,
 deb yuritiladi.  
Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyatga uni sodir etgan shaxs 
taqiqlangan amalni bajarishni niyat qilmagan, balki xatolik yuzasidan 
sodir etgan, deb yuritiladi. Xatolik ikki turga bo‘linadi: 
jinoyatchi bir ishni bajarayotgan bo‘lib, bu ish tufayli jinoyat sodir 
etishi. Masalan, bir kishi yo‘lni toshlardan tozalayotib, ularni to‘g‘ri 
kelgan tomonlarga otayotganda, bir tosh bir odamga tegib, uni o‘ldirib 
qo‘ysa yoki ovchi mo‘ljalni noto‘g‘ri olib, bir kishini nobud qilsa, mazkur 
amallar xatolik yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar, deb hisoblangan; 
kishining hech bir ishni oxirigacha bajarmay, ehtiyotsizlik oqiba-
tida jinoyat sodir etishi. Masalan, bir kishi quduq qazib, uning yon-
atrofini to‘sib qo‘ymay, tashlab ketsa va boshqa kishining unga tushib, 
cho‘kishi natijasida o‘lishi. 
Ushbu bo‘linishdan maqsad jinoyatchiga jazo belgilash uchundir. 
Agar jinoyatning qasddan bajarilganligini isbotlashga dalillar yetishmasa
jinoyatchi jazodan ozod etiladi. Jinoyatchi jinoyatni ehtiyotsizligi tufayli 
sodir etgan bo‘lsa, u jazoni faqat ehtiyotsizlik qilgani uchun oladi. 
Qasddan sodir etilgan jinoyat qasdsiz jinoyatdan tubdan farq qilib, ba’zi 
vaqtda kishi qasdsiz jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jazodan umuman xalos 
qilinmasligi ham mumkin. 
Jinoyatlar sodir etilgan vaqtiga qarab, 
ochiq, noaniq va mujmal 
jinoyatlarga bo‘linadi. Agarda jinoyat sodir etilganiga ko‘p vaqt 
o‘tmagan, shuningdek uni aniq ko‘rgan guvohlar mavjud bo‘lsa, mazkur 
hodisa ochiq, aniq jinoyat, deb yuritiladi. 
Jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlari aniq bo‘lmasa, noaniq jinoyatlar, 
deyiladi. Ushbu ajratish musulmon huquqida ikki maqsadni ko‘zda tutadi: 
– birinchidan, jinoyatni 
isbot etish uchun. Masalan, agar jinoyat 
hudud jinoyatlariga kirsa, unga guvohlik berish (dalil ko‘rsatish) talab 


137
qilinadi. Guvohlar jinoyatning sodir etilgan vaqtini, jinoyatchini jinoyat 
ustida ko‘rishganligini aniq aytishlari lozim bo‘ladi. Bunday talab 
to‘rttala mazhabning imomlari tomonidan ham e’tirof etilgan; 
– ikkinchidan, 
jinoyatning oldini olish maqsadida. Masalan, jinoyat 
sodir etilganda, uning shohidi bo‘lgan har qanday shaxs kuchi yetganicha 
jinoyatchini jinoyatdan qaytarishi nazarda tutiladi. 
Jinoyatlar 
ijobiy 
va 
salbiyga 
ajraladi. 
Ijobiy jinoyatlar 
– taqiqlangan amallarni qilish tufayli sodir bo‘ladi. 
Masalan, o‘g‘rilik, qotillik, zino, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish va 
boshqalar. 
Salbiy jinoyatlar 
– buyurilgan amallarni qilmaslik tufayli sodir 
etiladi. Masalan, guvohning shahodat berishdan bosh tortishi, zakot 
bermaslik va boshqalar. 
Ko‘pgina fiqh olimlari salbiy jinoyatlar ijobiy jinoyatlar natijasida 
kelib chiqishini e’tirof etganlar. Uni sodir etgan shaxslarga esa uqubatlar 
belgilangan. Masalan, hibsda tutib turilgan mahbusga ovqat bermasdan, 
uni nobud qilish ijobiy jinoyatning salbiy jinoyat natijasida kelib 
chiqishidir. Musulmon huquqi ahkomlarida ta’kidlanishicha, ba’zi 
vaqtlarda yordam berishdan bosh tortgan kishilar o‘z qilmishlari uchun 
mas’ul bo‘lmaydilar. Masalan, biror kishi yong‘in ichida yoki suvda 
cho‘kayotgan bo‘lsa, unga yordam bermagan shaxs mas’uliyatdan xolis 
bo‘ladi. 
Jinoyatlar sodir etilish usullariga ko‘ra, 
oddiy 
va 
takrorlanuvchi 
jinoyatlarga bo‘linadi.  
Oddiy jinoyatlarga 
o‘g‘rilik, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish 
kabilar misol bo‘ladi. Bunday jinoyatlar vaqtincha yoki davom etuvchi 
bo‘lishi mumkin. Hudud, qasos va diya jinoyatlari oddiy jinoyatlar 
toifasiga mansubdir. 
Takrorlanuvchi jinoyatlar 
biror harakatning qayta takrorlanishidan 
yuzaga keladi. Qilmish ko‘rinishiga ko‘ra, jinoyat bo‘lmasa ham, lekin 
uning qayta-qayta takrorlanishi jinoyat, hisoblanadi. Qayta takrorlanuvchi 
jinoyatlar ta’zir jinoyatlari tarkibiga kirib, ularni bajarish musulmon 
huquqi ahkomlarida man etilgan. Oddiy jinoyatlar sodir etilgan kundan 
boshlab jinoyat hisoblanadi (agar u vaqtincha bo‘lsa, masalan, zino, 
o‘g‘rilik). 
Davom etuvchi jinoyatlar 
ruxsat etilgan davri tugagan vaqtdan 
jinoyat, deyiladi. 
Ketma-ket sodir etiladigan 
jinoyatlarda jinoyatchi bir turdagi 
jinoyatlarni ketma-ket sodir etadi. Masalan, jinoyatchi o‘g‘rilik qilib, bir 


138
joydan mollarni olib chiqib ketib, jinoyatni yana takrorlaydi. Yoki biror 
shaxsga ko‘pgina jarohatlar yetkazadi. Musulmon huquqida bunday 
jinoyatlar bitta jinoyat, deb qaraladi. Ular uchun jazo ham bir marta 
beriladi. Kimda-kim ikki yoki undan ortiq marta o‘g‘rilik qilsa, 
qilmishining bir martasi uchun jazo oladi. 
Takrorlanuvchi,
ketma-ket sodir etiluvchi va g‘ayrimuaqqat 
jinoyatlarining bir-biridan farqi.
 Takrorlanuvchi jinoyatlar ketma-ket 
sodir etiluvchi jinoyatlarga nisbatan ko‘pincha jinoyatga yaqin amallardan 
sodir bo‘ladi. Jinoyatga yaqin bir amalning o‘zi jazo uchun kifoya 
qilmaydi. Shu bois, u jinoyat hisoblanmaydi. Ammo ketma-ket sodir 
etiluvchi jinoyatlarda uning aksi bo‘lib, bitta jinoyat ishi uchun ham jazo 
matlub bo‘ladi. Masalan, bir shaxs biror uyning jihozlarini o‘g‘irlashni 
niyat qilib, shu jinoyatni amalga oshirsa, u buning uchun jazolanishi 
ma’lum. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar g‘ayrimuaqqat jinoyatlardan 
ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar 
ko‘p harakatli bo‘lishiga qaramasdan, uzilish bilan sodir etiladi. Har bir 
jinoyat ishidan so‘ng, ma’lum uzilish bo‘lib, keyin esa takrorlanadi. 
G‘ayrimuaqqat jinoyatlar davomli yoki yangilangan holda sodir etiladi. 
Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlarning bitta jinoyat, deya qaralishining 
sababi – musulmon huquqida bir turdagi jinoyatlar uchun jazolarning 
ko‘paytirilishiga ruxsat etilmasligidir. Uning uchun bitta jazo kifoya, 
deyiladi. Chunki jinoyatchi bir ishni niyat qiladi va uni sodir etadi, u esa 
bitta jinoyat hisoblanadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə