Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


Islomda jazo va uning turlari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
islom huquqi

9.2. Islomda jazo va uning turlari 
Jinoyatlar ularga belgilangan jazolardan kelib chiqib, quyidagi 
turlarga bo‘linadi: a) hudud; b) qasos; d) diya; f) ta’zir. 
Birinchi tur – hudud jinoyatlari 
bo‘lib, bunday jinoyatlarga had 
jazolari belgilanadi, u Alloh haqi uchun beriladigan jazolardir. Had jazosi 
muayyan belgilangan jazo bo‘lib, uning quyi yoki yuqorisi bo‘lmaydi. 
Alloh haqining ma’nosi belgilangan jazodan hech bir shaxs yoki jamoat 
ozod etilmasligidir. Ushbu jinoyatlar jamiyat qoidalariga xilof 
bo‘lganidan jazo Alloh haqini bajarish uchun beriladi. Had jinoyatlari 
aniq belgilangan bo‘lib, ular zino, yolg‘on guvohlik berish, mast qiluvchi 
ichimlik iste’moli, o‘g‘rilik, qaroqchilik, dindan chiqish, qo‘zg‘olon 
ko‘tarishdir. Ushbu jinoyatlarga beriladigan jazolar 
had jazolari,
 deb 
ataladi. Har qaysi jinoyatning jazosi farqlanishi uchun ular zino hadi, 
ichkilik hadi va boshqalarga bo‘linadi. 
Ikkinchi tur 

qasos jinoyatlari 
bo‘lib, ular qasos yoki diya 
jinoyatlariga mustahiq, deyiladi. Qasos va diya jinoyatlari had jazolari 
kabi aniq belgilangan bo‘lib, shaxs haqi uchun bajariladi. Shaxs haqida 
jabrlanuvchiga (agar u hayot bo‘lmasa, uning qarindoshlariga) 
jinoyatchini afv etish huquqi beriladi. Bunday holda jinoyatchi jazodan 
ozod etiladi.  
Qasos va diya jazolari 
besh 
xil bo‘ladi: qasddan odam o‘ldirish; 
qasdga o‘xshash; xatolik orqasidan yuz bergan qotillik; qasddan 
keltirilgan zarar; xatolik orqasidan qilingan jinoyat. 
Uchinchi tur – ta’zir jinoyatlari 
bo‘lib, bunday jinoyatlar uchun ta’zir 
uqubatlari belgilangandir. Ta’zir uqubatlarining ma’nosi odobga chaqirish 
bo‘lib, u qozining hukmi bilan amalga oshiriladi. Ta’zir jinoyatlari uchun 
aniq jazolar belgilangan bo‘lmay, yengil yoki og‘ir uqubatlar bilan 
jazolash mumkin bo‘lgan. Bunda, albatta, jinoyatlarning tafsilotlarini aniq 
o‘rganib chiqish talab qilingan. Ta’zir jinoyatlari ribo, g‘iybatchilik, 
poraxo‘rlik va shunga o‘xshagan jinoyatlardan iborat. 


135
Had, qasos va diya jinoyatlarining ta’zir jinoyatlaridan farqi shuki, 
ularga hukmlar aniq, yozma belgilangan bo‘lib, o‘zgartirmay ijro etiladi. 
Ta’zir jinoyatlariga hukm chiqaruvchi qozidir. U jinoyat uchun jazo 
belgilayotganda, jamiyatdagi ahvolni ham hisobga oladi. Jamiyatdagi 
ahvol deganda, uning kechagi hayoti bilan bugungisi o‘rtasida farq bo‘lsa, 
uni e’tiborga olish ko‘zda tutiladi. 
Jinoyatlarning had, qasos, diya, ta’zir kabilarga bo‘lish quyidagi 
sabablarga asoslangan: 

birinchidan
, afv etish masalasi bo‘lib, had jinoyatlari afv 
etilmaydigan jinoyatlar hisoblanadi. Bunday jinoyatni sodir etgan kimsani 
jabrlanuvchi ham, hakam ham jazodan ozod etolmaydi. Ulardan biri afv 
etgan taqdirda ham, uning afv hech qanday kuchga ega bo‘lmaydi. Qasos 
jinoyatlarida esa jinoyatchini uqubatdan faqat jabrlanuvchi, agar u hayot 
bo‘lmasa, uning qarindoshlari ozod etadilar. Ushbu jinoyatda jabrlanuvchi 
olamdan o‘tsa-yu, uning yaqinlari bo‘lmasa, u holda davlat hokimi 
jinoyatchini jazodan ozod etish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’zir jinoyatlarida 
afv etish huquqi qozi kalonga beriladi. Ammo undan jabrlanuvchining 
haqiga to‘liq rioya etgan holda afv etish talab qilinadi; 
ikkinchidan,
 qozining hudud jinoyatlaridagi huquqi. Hudud 
jinoyatlari sodir etilganda, jazolar qozi tarafidan musulmon huquqida 
belgilanganidek, nuqsonsiz berilishi lozim bo‘ladi. Qozining hudud 
jinoyatlari jazolarini kechiktirishi mumkin emas. Uning hudud masala-
laridagi huquqi juda cheklangan bo‘ladi. Qasos jinoyatlari bo‘yicha ham 
qozi cheklangan huquqqa ega bo‘ladi. Agar jinoyatchi jabrlanuvchi 
tarafidan afv etilsa, qozi unga 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə