Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Islomda «mulk huquqi» tushunchasi va turlari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
islom huquqi

8.3. Islomda «mulk huquqi» tushunchasi va turlari 
Islomda xususiy mulk abadiy, nihoyasiz, deb hisoblanadi. Xususiy 
mulk egasi (molik) o‘z mulkining to‘laqonli egasi bo‘lib, hech qanday 
shaxs unga o‘z mulkini to‘la tasarruf qilishida xalaqit bera olmaydi. 


128
Faqatgina uning tasarrufi tufayli o‘zgalarning mulkiga yoki shaxsiga 
ziyon yetayotgan bo‘lsa, uning faoliyatiga aralashish, tartibga chaqirish 
mumkin bo‘ladi. Musulmon huquqida xususiy mulkni himoya qiluvchi 
ko‘plab normalar mavjud. Payg‘ambar alayhissalom: 
«Insonning obro‘si, 
izzat-nafsini to‘kish harom, mulkiga tajovuz qilish jinoyatdir»,
 – deganlar. 
Yana bir hadisida dinidan qat’i nazar, shaxsning xususiy mulkiga ko‘z 
olaytirishdan, unga tama qilishdan qaytarib, bunday salbiy holatlar 
islomdan emas, deganlar
1
. Xususiy mulk egaligi to‘g‘risida ko‘plab 
fikrlar mavjud. Hanafiy mazhabining namoyandalari mulkka 15 yil egalik 
qilish bilan bu mulk xususiy mulkka aylanadi, degan fikrni bildirganlar. 
Shunga ko‘ra, 15 yil biror mulkka egalik qilgan fuqarolar o‘sha mulkka 
tamoman ega bo‘lib qoladilar. Molikiy mazhabi fikricha, ko‘chmas 
mulkka o‘n yil, ko‘char mulkka nisbatan ikki-uch yil egalik qilgan shaxs, 
agar o‘sha mulk egasi e’tiroz bildirmas ekan, uning tamoman egasi bo‘lib 
qoladi. Molikiy mazhabi tarafdorlari o‘z so‘zlariga Muhammad 
(s.a.v)ning: 
«O‘n yil davomida buyumga egalik qilgan shaxs uning egasi 
bo‘lib qoladi»,
– degan hadisini dalil sifatida keltirganlar. Mazkur fikrga 
e’tiroz bildiruvchilar: 
«Vaqt o‘tishi bilan ham mo‘minning huquqi bekor 
bo‘lmaydi», 
– degan hadisni dalil o‘rnida keltirganlar. 
Da’vo muddatining vaqti haqida ham ulamolar orasida ixtiloflar (turli 
fikrlar) mavjud bo‘lgan. Ba’zilar uni 15 yil, deb belgilasalar, ba’zilar 30 
yil, deb belgilaganlar. Keyinchalik bu muddatlar turli islom 
mamlakatlarida o‘z mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib, qisqartirilgan. 
Agar narsaning o‘zi va uning mevasi ham xususiy mulk obyekti 
hisoblansa, bunday egalikka tamomila egalik huquqi deyiladi. Ammo, 
xususiy mulk obyektiga mulkdan olingan foyda yoki uning mevalari 
kirsa, bunday egalik shakliga «irtifoq», ya’ni uzufrukt deyiladi. 
Musulmon huquqiga ko‘ra, egalik fuqarolik bitimlari, meros olish va 
g‘animatlarga ega bo‘lish orqali qo‘lga kiritiladi. Mulkni xususiylash-
tirishning boshqa shakllari ham bor. Agar biror odamning mulki boshqa 
bir shaxsning mulki bilan qo‘shilib ketib, so‘ng ularni ajratib olishning 
iloji bo‘lmasa, unday holda yangi buyum va egalikning yangi bir shakli 
kelib chiqadi. Abu Hanifaning fikriga ko‘ra, bu holatda xususiy mulk 
egasi o‘z mulkiga qo‘shilib ketgan molning pulini to‘lashi shart. Imom 
Shofi’iyning fikricha, mazkur mulkning egalari uning bo‘linishini talab 
qilish huquqiga egadirlar, agar o‘sha mulkni bo‘lishning imkoniyati 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
Ⱥɛɭ Ɇɭɫɨ Ⱥɲɴɚɪɢɣ
.
Ⱥɥ
-
ɦɚɜɫɭɚɬɭ ɮɢɥ ɢɫɥɨɦ
  (
ɂɫɥɨɦɞɚɝɢ ɤɟɧɝɱɢ
-
ɥɢɤ
). – 
Ȼɚɣɪɭɬ
, 1986. – 88 
ɛ
.


129
bo‘lmasa, ikkala shaxs ham o‘sha mulkka ega hisoblanadilar. Musulmon 
huquqi o‘zaro urushlarda egasiz sochilib yotgan ashyo-buyumlarga 
g‘animat sifatida ega bo‘lishga, tabiat resurslariga ega bo‘lishga, 
hayvonlarni ov qilishga, daryodagi ne’matlardan foydalanishga ruxsat 
bergan. Qur’oni karim ta’limotiga ko‘ra, o‘lja olingan mol-mulklar uch 
toifaga bo‘linadi: 
1) anfol 
asosan dushmanlardan urushlar natijasida tortib olingan yer 
maydonlari. Bunday yerlar hech kimning xususiy mulki bo‘la olmaydi. 
Davlat boshlig‘i ushbu yerlarni tasarruf qiladi. U o‘z xohishi bilan bu 
yerlarni xohlagan odamiga bera oladi. Bunday yerlar kimlargadir hadya 
qilinadigan, vaqf uchun beriladigan xususiy mulk obyekti bo‘la olmaydi. 
Mazkur yerlardan olingan foyda chegaralarni mustahkamlash, yo‘l, 
ko‘prik qurilishlari uchun ishlatilgan

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə