Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


 Ogohlantiruvchi va taqiqlovchi normalar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
islom huquqi

5.3. Ogohlantiruvchi va taqiqlovchi normalar 
Taqiqlovchi normalar u yoki bu xatti-harakatni sodir etishni man 
qiladi. Islom ta’limotida bu turdagi normalar 
zulmiy 
va 
zulmiy bo‘lmagan 
haromlar, 
deb ataladi. Harom islom dinida qattiq taqiqlangan amal bo‘lib, 
uni qilish mutlaqo mumkin emas. Bunday amalni qilgan kishi katta 
gunohga botadi, uni qilmagan esa katta savobga muyassar bo‘ladi. 
Haromning haromligini inkor qilgan kishi iymonidan ajraladi. Zulmiy 
harom uni sodir qilgan kishigagina zararli bo‘lmay, boshqalar uchun ham 
zararlidir. Zulmiy harom amallarning o‘ta qattiq taqiqlanganlari 90 dan 
ortiq. Bular: sizni o‘ldirishga qasd qilmagan kishini siz ham o‘ldirmangiz, 
birovning hech bir a’zosini kesib yoki urib aybdor qilmangiz, hech 
kimning molini talab olmangiz, savdo-sotiqda birovning haqini o‘z 
molingizga aralashtirmangiz, yetimlarning mollariga xiyonat qilmangiz, 
zino qilmagan kishini zinokor, deb so‘kmangiz, ko‘rmagan, bilmagan 
ishingizga guvohlik bermangiz, xalq orasiga urush-janjal va adovatga 
sabab bo‘luvchi fitna, fasod solmangiz, oziq-ovqat kabi xalqning zarur 
mahsulotlarini arzon vaqtda olib qo‘yib, xalqqa yana qimmat narxda 
sotmangiz, sotayotgan molingizning aybini oluvchiga aytmay, aldab 
sotmangiz. Qiz bolani o‘zi xohlamagan kishiga zo‘rlab erga bermangiz. 
Bergan ahdingizni buzmangiz. Hokim va rahbarlar qo‘l ostidagi 
kishilarga zulm qilmasinlar kabi qoidalar bo‘lib, ularda u yoki bu xatti-
harakatni sodir qilish taqiqlangan.  
Zulmiy bo‘lmagan haromlarning zulmiy haromlardan farqi shundaki
bunday xatti-harakatlarni sodir qilishdan keladigan zarar faqat ularni sodir 
qilgan shaxsga tegadi. Jamiyat va boshqa shaxslar bunday turdagi 
haromlardan zarar ko‘rmaydi. Zulmiy bo‘lmagan haromni sodir etgan 
kishi o‘z xati-harakatidan afsuslanib, gunohini kechirishini so‘rab 
Allohga iltijo qilsa, uning kechirilish ehtimoli bor. Zulmiy haromni sodir 
etgan kishi esa kechirilmaydi. Qimor o‘ynab, boylik orttirish, sudxo‘rlik 
qilish, pora olish, najas va harom narsalarni sotib olish, ishsizlik va 
yalqovlik bilan kun kechirish, tamagirlik qilish, vaqf moliga xiyonat 
qilish, baytul-mol pulini nohaq o‘zlashtirish, zino qilish, zino ishlariga 
vositachilik qilish, mast qiluvchi ichimliklarni ichish kabilar zulmiy 
bo‘lmagan harom ishlar bo‘lib, ularni qilish taqiqlangan.  
Alohida holatlarda inson xulq-atvori, harakatlari va uning oqibatini 
belgilovchi normalar ham musulmon huquqi nazariyasida bir necha 
guruhni tashkil etadi. Ularning birinchisi 
mubohdir
. Muboh – biror ishni 
qilish yoki qilmaslikni insonning ixtiyoriga berish haqidagi normadir. 


77
Birinchidan
, ushbu normani bajarmaslik gunoh hisoblanmaydi. 
Ikkin-
chidan
, bu normada belgilangan xatti-harakatni sodir qilish biror holat, 
hodisa, voqea bilan bog‘lanadi. Masalan, Qur’oni karim «Moida» 
surasining ikkinchi oyatida «
ehromdan chiqib halol bo‘lgach, ov 
qilaveringiz
», deyilgan. Ushbu oyatdagi «ov qilaveringlar», degan 
ko‘rsatma majburiy bo‘lmay, balki ixtiyoriydir. Ovni faqat xohlagan kishi 
qilishi mumkin. Ov qilish – halol bo‘lish degan fikrga bog‘langan. Bu 
harakatdan maqsad – ehromdan chiqishni ko‘zda tutgan.  
Ikkinchi to‘plam qonunlari 
vaz’iy hukmlar 
(ijtihod asosida qabul 
qilingan hukmlar, qarorlar to‘plami) deb ataladi. Ushbu qoidalar besh 
qismdan iborat: sabab, shart, mone, ruxsat va azima, sihha va butlon. 
Sabab, ya’ni biror, voqea, hodisaning kelib chiqishi, sodir bo‘lishining 
shart-sharoiti, xizmat qiluvchi fakti. Masalan, Qur’oni karim «Baqara» 
surasining 180-oyatida: 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə