Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
islom huquqi

5.2. Aniq va mavhum normalar 
Mohiyatiga ko‘ra, 
tavsiya etuvchi normalar 
islom ta’limotida 
vojib 
amallar,
 deb ataladi. Ular ham farz kabi musulmonlarni u yoki bu xatti-
harakatni bajarishga undaydi. Ularni bajarganlar savob oladi, 
bajarmaganlar esa gunohkor bo‘ladilar. Vojib amallarni inkor qilgan 
musulmon iymonsiz sanalmasa-da, gunohi kabira (katta gunoh) egasi 
bo‘ladi. Bunday amallarning eng muhimlari soni qirqta. Masalan, zakot 
to‘lashga qodir mo‘minlarning qurbon hayiti kunlarida jonliq so‘yib 
qurbonlik qilishlari, va’daga vafo qilish, er-xotinning bir-birlari oldidagi 
burch va vazifalarga rioya qilishlari, sotuvchi sotayotan narsasining 
aybini aytib sotishi zarurligi kabilar vojib amallarga kiradi. 


75
Ruxsat beruvchi normalar 
islom ta’limotida 
sunnat amallar 
deb 
yuritiladi. Sunnat lug‘aviy jihatdan «yo‘l» degan ma’noni, istilohiy 
ma’noda Muhammad (s.a.v.)ning so‘zlari, xatti-harakatlari, ma’qullagan 
ishlarini ifoda etadi. Ya’ni bu normalar «payg‘ambar belgilab bergan 
yo‘l», degan ma’noni anglatadi. Bunday amallarni bajarganlar savob 
oladi, bajarmaganlar gunohi kabira egasi sanalmasalar-da, qiyomat kunida 
qattiq malomatga qoladilar. Sunnat amallarning soni aniq emas, sababi 
sahih hadislarda belgilangan sunnat amallarning soni aholi orasida 
qanchalik tarqalganligiga bog‘liq. Sunnat amallarning turlari ko‘p bo‘lib, 
ular insonlarning turmush tarzi bilan bog‘liq holda bajariladi. Masalan, 
xatna qilish, misvok tutish, voyaga yetgan bolalarni uylantirish yoki 
turmushga berish, nikoh to‘yi va hokazo. 
Sunnat amallarning bir turi 
mustahabdir
. Mustahab – payg‘ambar 
(s.a.v.)ning umrida bir yoki ikki marotaba qilib, keyin tark qilgan 
amallaridir. Ularni bajargan kishi savob oladi, bajarmasa, gunohkor 
bo‘lmaydi. Muhtojlarga uy-ro‘zg‘or buyumlarini beg‘araz omonatga berib 
turish, suv chiqarish, oldi-sotdi ishlarida chaqqon va jur’atli bo‘lish, 
halolligiga shubha qilingan mollarni xarid qilmaslik, qarz bergan 
kishining iloji boricha qarzini so‘ramay turishi, qarz olgan odam qarzini 
tezroq to‘lashi kabilar mustahab amallardir. 
Tanbeh beruvchi normalar 
biror xatti-harakatni qilishdan qaytaruvchi 
normalardir. Bunday normalar islom ta’limotida 
makruh 
va 
harom 
deb 
ataladi. Mo‘min-musulmon kishi bunday ishlarni qilishdan saqlanishi 
lozim. Gunohidan qo‘rqib bunday ishlardan saqlangan kishi savob oladi, 
qilgan kishi gunohkor bo‘ladi. 
Makruh va harom amallar: ayollarning erlari yoki mahramlarisiz 
safarga chiqishlari, sotuvchi molini maqtab, qasam ichib sotishi, ayolni 
besabab taloq qilish, halolligi shubhali bo‘lgan mollar bilan savdo qilish
qozi va hokimning mahkamaga murojaat qilganlarga bir xil muomalada 
bo‘lmasligi, birovning hovlisiga iznsiz kirish, egasidan so‘ramay, uning 
molini sotib yuborish, bozorda narx-navoning ko‘tarilishini kutib, 
sotiladigan mollarni sotuvga chiqarmay saqlash, mollarni qimmat narxda 
sotish niyatida hammasini ko‘tarasiga olib qo‘yish, qo‘y yo sigirni baland 
narxda sotish maqsadida bir-ikki kun sog‘may saqlash, zakot yoki ushr 
uchun molning yomonrog‘ini tanlash kabilar bo‘lib, ularni qilish gunoh 
hisoblanadi. 


76

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə