Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
islom huquqi

«Albatta, Alloh va uning 
payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish 
harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘lim yo dorga osish yoki 
oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l 
bilan o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir»
, – 
deyilgan. Mazkur oyatda jinoyatchiga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan bir 
necha jazo turlari ko‘rsatilgan bo‘lib, jazo tayinlovchi ulardan birini 
tanlash huquqiga ega. 
Ayrim huquqiy maktablar vakillari, masalan, Zohiriylar dispozitiv 
normalarni tan olmaganlar va tomonlarning shartnoma shartlarini 
o‘zgartirishga haqlari yo‘q, deb hisoblaganlar. Ularning fikricha, 
shartnoma shartlari musulmon huquqi tomonidan o‘zgarmas qilib 
o‘rnatilgan. Boshqa huquq maktablarining vakillari esa tomonlarning 
musulmon huquqi taqiqlamagan har qanday kelishuvlarini 
ma’qullaganlar. Hanafiylar va Shofi’iylar maktabi kompromiss (kelishuv, 


79
murosa qilish) nuqtai nazarni quvvatlaganlar. Umuman olganda, 
musulmon huquqida ko‘plab normalar imperativ xarakterga ega. 
Musulmon huquqiy doktrinasi ta’limoti musulmonlar huquqiy normalarni 
biladilar degan nuqtai nazardan kelib chiqadi. Aks holda, agarda 
musulmonlar u yoki bu normani bilmasdan xatti-harakat sodir etgan 
bo‘lsalar, ular javobgarlikdan ozod etiladilar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar 
ushbu holatni faqat Qur’on va sunna normalariga tegishli, mujtahidlar 
tomonidan qabul qilingan normalar esa musulmonlar ularni bilish yo 
bilmasliklaridan qat’i nazar, amal qiladi, deyishgan. Musulmon 
huquqining boshqa huquqiy tizimlar, jumladan roman-german huquqiy 
tizimidan muhim farqi shundaki, uni sohalarga bo‘lish manbalarga 
bog‘liq emas. Bitta manba musulmon huquqining bir necha sohasi uchun 
asos, zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.  
Musulmon huquqining shakllanishi davrida uni sohalarga bo‘lish 
masalasi ko‘tarilmagan. Huquq normalarini dastlab mazmuniga ko‘ra 
guruhlashga harakat qilingan. Musulmon huquqi nazariyasi to‘liq 
shakllangach, uning normalarini sohalarga bo‘lish davri boshlandi
1
.
Lekin, huquqiy maktablar orasida musulmon huquqi normalarini alohida 
sohalarga taqsimlash borasida yakdillik bo‘lmagan va bu hol hozirgacha 
saqlanib qolmoqda. Ba’zi tadqiqotchilar musulmon huquqi normalarini 
uchta katta guruhga bo‘ladilar. Musulmon huquqi tizimi musulmon-
larning uch asosiy hayot tarzini tartibga soluvchi norma va tamoyillarni 
«qamrab oladi». Ular musulmonlar bilan Alloh o‘rtasidagi; fuqarolar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; davlatlar va dinlar o‘rtasidagi muno-
sabatlarni tartibga soluvchi normalardir. 
Ba’zi tadqiqotchilar musulmon davlati va u bilan fuqarolar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar va institutlar yig‘indisini 
alohida mustaqil guruhga ajratadilar. Hanafiy mazhabiga mansub olimlar 
esa davlatlar, xalqlar, turli dinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 
soluvchi normalar yig‘indisini alohida guruhlarga ajratadilar. Masalan, 
«Majalla-al-ahkom al-adliya»da (ilk islom kodeksi) islom bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha qoidalar ikki katta guruhga bo‘lingan.  
Birinchi guruh 
ibodat – barcha musulmonlarning diniy majburiyat-
larni ado etishlari bilan bog‘liq qoidalar. 
Ikkinchisi guruh 
muomalot – fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosa-
batlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisi. 
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:
ɂɫɦɨɢɥ ΢ɚΙΙɢ ɂɡɦɢɪɥɢ
.
Ԟɢɤɦɚɬɢ ɬɚɲɪɢɴ
 (
ɂɫɥɨɦ ԟɭԕɭԕɲɭɧɨɫɥɢ
-
ɝɢɧɢɧɝ ԟɢɤɦɚɬɢ
). 
ɀ
. 1. – 
ɂɫɬɚɦɛɭɥ
, 1986.


80
Muomalot o‘z o‘rnida uchta asosiy guruhga bo‘lingan: 
– shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi normalar; 
– jinoyat huquqi; 
– fuqarolik huquqi. 
Musulmon huquqi nazariyasi ushbu uch tarmoq bilan bir qatorda, 
yana boshqa uchta tarmoqni, ya’ni «hokimiyat normalari» sohasi, sud 
huquqi, siyar normalari – musulmon xalqaro huquq normalarini ajratadi. 
Musulmon huquqi normalarini yuqorida bayon qilingan tarzda sohalarga 
bo‘lish hozirgi zamon huquqshunosligida keng tarqalgan nuqtai nazar, 
deb hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim huquqshunoslar musulmon 
huquqini umumiy va xususiy turlarga bo‘lish g‘oyasini ilgari surganlar. 
Lekin, an’anaviy musulmon huquqshunoslik fanida ushbu g‘oya deyarli 
tasdig‘ini topmagan. Musulmon huquqini amaliyotda umumiy va xususiy 
turlarga bo‘lish hollari birmuncha darajada uchraydi. Bu vaziyatda shuni 
ta’kidlash lozimki, huquq normalari umumiy va xususiy turlarga 
ajratilayotganda, ular tartibga soladigan munosabatlarning mazmuni 
emas, balki tartibga solish usuli asos qilib olingan. Ayrim tadqiqot-
chilarning fikricha, musulmon huquqi, umumiy olganda, xususiy huquq-
dir. Uning normalari asosan, shaxsning manfaatlari, jamiyatda tutgan 
o‘rni, hayoti, huquq va majburiyatlari, oilasi va mulkini muhofaza qilish 
va boshqalar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Mutaxassislar xususiy huquqqa shaxsiy, oila, fuqarolik va savdo huquqi 
kabi sohalarni kiritadi. Jinoyat huquqi borasida ta’kidlash lozimki, ushbu 
huquq sohasi ko‘p jihatdan xususiy huquqdir. Chunki jinoyat huquqi bir 
nechta jinoyatlarni hisobga olmaganda, asosan alohida shaxslar manfaati, 
shaxsi va haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Unda umumiy va 
xususiy huquq normalari aralashib ketgan. Xuddi shunday holat 
musulmon sud huquqida ham kuzatiladi. Mutaxassislar tom ma’nodagi 
umumiy huquqqa hokimiyat normalari huquqini ham kiritadilar. Ushbu 
soha normalari orqali davlat organlarini tashkil qilish, ularning 
vakolatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, davlat organlari o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar, ma’muriy-huquqiy munosabatlar tartibga solinadi. 
Umumiy huquqning yana bir sohasi – musulmon xalqaro huquqidir. 
Undagi normalar musulmon davlati bilan boshqa davlatlar, musulmon 
jamoasi bilan boshqa dinlar va diniy jamoalarga mansub kishilarning 
o‘zaro aloqalari, islomga munosabati, urush va tinchlik masalalarini 
tartibga soladi. Musulmon xalqaro huquqini sof holda umumiy va xalqaro 
huquq deb atash mumkin emas. Chunki u umumiy manfaatlar bilan bir 
qatorda, xususiy manfaatlar bilan ham bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni 


81
tartibga soladi. Shuningdek, u bir tomondan, davlatlararo munosabatlarni, 
ikkinchi tomondan esa, islom mamlakati hududidagi musulmon jamoasi 
bilan boshqa diniy tashkilotlar, musulmonlar bilan musulmon 
bo‘lmaganlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Demak, 
musulmon xalqaro huquqida ham umumiy huquq normalari bilan xususiy 
huquq normalari qorishib ketgan. Musulmon huquqi normalarini 
sohalarga bo‘lish masalasida yuqoridagi fikr-mulohazalarga yakun yasab, 
shuni ta’kidlash lozimki, ushbu masala munozarali bo‘lib, bu haqdagi 
tortishuvlar hozirgacha davom etmoqda. Buning sabablaridan birinchisi 
musulmon huquqining murakkab, serqirra, sermazmun va ko‘p manbali 
huquq tizimi ekanligidir. Ikkinchi muhim sababi – musulmon huquqi 
nazariyasi va amaliyotiga yuqorida qayd etilgan musulmon huquq 
maktablari vakillarining ko‘rsatgan ta’sirlaridir. Uchinchidan, yer 
kurrasidagi turli mintaqalar, mamlakatlarda musulmon huquqi, uning 
sohalari va institutlari, muammolarini o‘rganish, tadqiq qilishga qiziqish-
ning ortib borayotganligidir.  

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə