Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
islom huquqi

Ʉɥɢɦɨɜɢɱ Ʌ
.
ɂ
.
ɂɫɥɚɦ
:
ɨɱɟɪɤɢ
. – 
Ɇ
., 1962. – 
ɋ
. 113. 


88
ning ismiga ko‘ra farq qiladi»
1
, – deb yozadi.  Shunga qaramay, islom-
dagi asosiy yo‘nalish – sunniylik degan nom sunniylik ta’limotini tan 
olishdan kelib chiqqan. 
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar nabiralari – Hasan va Husayn 
(Hazrat Alining o‘g‘illari)ning xalifalik siyosiy maydoniga chiqishga 
urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Ularning mavqei va imomlik unvoni 
ularga hokimiyatni egallash imkonini bermadi.  
Xalifa Muoviya I ning o‘limi (680-yil) Ummaviylarga qarshi 
muxolifatning bosh ko‘tarishiga turtki bo‘ldi. Kufa shialari Makkaga
Alining ikkinchi o‘g‘li Husaynga vakillar yuborib, uni Kufaga taklif 
qildilar va undan xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishini 
so‘radilar. Shialar Alining katta o‘g‘li, ikkinchi imom Hasan 669-yilda 
vafot etgach, Husaynni uchinchi imom deb e’lon qilgan edilar. Husayn 
kichik lashkar bilan Makkadan Kufaga jo‘nadi. U jiyani Muslim ibn 
Oqilni Kufaga o‘zidan ilgariroq yubordi. Biroq Kufa noibi Ubaydulloh 
ibn Ziyod shialarning qo‘zg‘olonini avj olmasdan turib bostirdi, Muslim 
Kufaga yetmasdan halok bo‘ldi. Husayn yo‘lda bundan xabar topdi, lekin 
orqaga qaytishni xohlamadi. U yetmish nafar jangchisi, shu jumladan 18 
yoshli jiyani, ularning xotinlari va bola-chaqalari bilan Kufa yaqinidagi 
Karbalo dashtiga yetib kelganida, xalifa Yazidning sarkarda Umar ibn Said 
ibn Abu Vaqqos boshliq bo‘lgan to‘rt ming kishilik qo‘shini ularni qurshovga 
oldi. Husayn Umarning xalifaga taslim bo‘lish haqidagi talabini rad etdi
uning odamlari bir hafta mobaynida tashnalikdan azob chekdilar. 680-yil 9- 
oktabr tunida Husayn o‘z yaqinlariga vasiyat qoldirib, so‘nggi ko‘rsat-
malarini berdi. 10-oktabr kuni ertalabki namozdan keyin Husayn va uning 
odamlari jangga kirdilar. Husayn  jangda tengsiz mardlik ko‘rsatib, 
tanasining 67 joyidan jarohatlanib, shahid bo‘ldi. Uning jangchilari ham 
halok bo‘ldilar. Ularning tanasidan judo qilingan boshlari Damashqqa, xalifa 
Yazidga yuborildi. Xalifa Husaynning asir olingan xotinlari, bolalari va 
qarindoshlarini ozod qilib, Madinaga qaytishlariga ruxsat berdi. Karbalodagi 
fojia shialarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ular uchinchi imom Husaynni 
shahid, deb e’lon qildilar, Husaynning jasadi dafn etilgan Karbalo dashti 
shialarning asosiy ziyoratgohlaridan biriga aylandi. Shialar hozirgacha imom 
Husaynga motam tutadilar, «Shaxsey-vaxsey» deb nomlangan motam 
yurishlari o‘tkazadilar. Bu ibora «Shoh Husayn, voh Husayn», degan 
ma’noni anglatadi
2
.
                                               
1
Ɇɚɫɫɷ Ⱥ
.
ɂɫɥɚɦ
.
Ɉɱɟɪɤ ɢɫɬɨɪɢɢ
. – 
Ɇ
., 1961. – 
ɋ
. 139.
2
Ԕɚɪɚɧɝ
:
Ȼɨɫɜɨɪɬ Ʉ
.
ɗ
.
Ɇɭɫɭɥɦɨɧ ɫɭɥɨɥɚɥɚɪɢ
. – 
Ɍ
., 2007. – 
Ȼ
.24.


89
Dastlabki imomlarning barchalari o‘ldirilgani shialarning bu barcha 
imomlarning qismati, deb hisoblashlariga asos bo‘ldi. Ilk islom davrida 
musulmon jamoasida oliy hokimiyatga bo‘lgan huquq haqidagi fikrga 
yakun yasar ekanmiz, quyidagi xulosalarga keldik. Dastlab siyosiy 
harakat sifatida vujudga kelgan shialik Husaynning o‘limidan (680-yil) 
keyin o‘tgan 70 yil mobaynida, ya’ni xalifalik Abbosiylar sulolasining 
qo‘liga o‘tgunga qadar (750-yil) diniy yo‘nalishga aylandi. Shialikning 
diniy oqimga aylanishi zamirida shahid ketgan imomlar Ali va 
Husaynning ruhlariga sig‘inish yotadi.  
Shialik ta’limotida imomlarning mavqei sunniylik tizimidagidan 
ancha yuqori qo‘yiladi. Shialik ta’limotiga ko‘ra, imomlar o‘z 
hokimiyatini Allohning hukmiga asosan oladi, chunki Alining avlodlari, 
sulolasida har qaysi imomning tug‘ilishi Alloh tomonidan belgilab 
qo‘yilgan. Imomlarning diniy yoki siyosiy masala yuzasidan chiqargan 
har qanday hukmi qat’iy hisoblanadi. Aynan shu jihatdan shialik 
sunniylikdan keskin farq qiladi. Zotan, sunniylikda uzil-kesil qaror 
ulamolar va faqihlarning umumiy kelishuvi (ijmo) asosida chiqariladi, 
shialikda esa bunday qarorni imomning o‘zi chiqaradi.  
Xalifalik o‘rta asrdagi davlat sifatida Arabiston yarim orolining 
markaziy qismida yashagan arab qabilalarining birlashishi natijasida 
vujudga keldi. VII asrda arab davlatchiligi yuzaga kelishining o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, mazkur jarayon diniy tusga ega bo‘lib, yangi jahon 
dini – islomning shakllanishi bilan bog‘liq holda yuz bergan. Majusiylik 
va mushriklikdan voz kechish g‘oyasi ostida amalga oshirilib, qabilalarni 
birlashtirishni bosh maqsad qilib qo‘ygan siyosiy harakat 

 «Hanafiylik 
harakati» deb nomlangan.  
Hanif 
– yakkaxudolikka e’tiqod qiluvchi, haqqa moyil, taqvodor 
odam. Musulmonlarning rivoyatiga ko‘ra, islomgacha Arabistondagi 
qabila xudolariga sig‘inishni rad etib, zohid, yakka xudoga astoydil 
ishongan, ammo xristianlikka ham, yahudiylikka ham qo‘shilmagan va 
Ibrohim (s.a.v.) dinida bo‘lgan odam «hanif» deb atalgan. Qur’onda 
Ibrohim alayhissalom ham hanif deb atalgan, uning chinakam yakka 
xudolikka asoslangan dinini Muhammad (s.a.v.) tiklagan, deb 
hisoblanadi. Ibn Mas’udning naql qilishicha, Qur’onda «hanaf» atamasi 
mavjud1, matnning boshqa variantlarida u «islom» atamasi bilan 
almashtirilgan: 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə