Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi


Davlat boshqaruvi shakllari: imomlik va xalifalik



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
islom huquqi

6.2. Davlat boshqaruvi shakllari: imomlik va xalifalik 
Dastlab birinchi xalifani saylash chog‘ida Alining xalifalikka bo‘lgan 
huquqini faqat uch nafar sahoba – Abu Zarr al-G‘afforiy, Mihdad ibn al-
Asvad va fors Salmon al-Forsiy yoqlab chiqdilar. Biroq ularning 
gaplariga hech kim quloq solmadi. Xalifa Usmon davrida jamiyatning 
quyi tabaqalari o‘rtasidagi norozilikning kuchayishi bois Alining dovrug‘i 
oshdi. Abu Zarr (653-y. v.e.) «Ali firqasi» shialik harakatining faol 


85
tashkilotchisiga aylandi. Abu Zarr Damashqda, xalifa noibi Muoviya 
huzurida hukmdor tabaqaning dabdababozligi va ochko‘zligini qoralab, 
va’z aytdi. U payg‘ambarning oilasi, ya’ni Ali va uning Fotimadan 
tug‘ilgan o‘g‘illari – Hasan va Husayn imomlik huquqiga egalar, deb 
e’lon qildi.  
Milodiy 653–655-yillarda xalifa Usmon hokimiyatiga qarshi 
norozilik tobora kuchayib bordi. 656-yil may oyining boshlarida 
Madinaga misrliklardan elchilar keldi. Usmon Alining vositachiligida ular 
bilan muzokaraga kirishdi va qo‘yilgan talablarni qondirishga va’da berdi. 
Ammo shundan keyin xalifa Misrdagi noibi ibn Abu Sarhuga elchilar 
vataniga qaytgach, ularni qatl etishni buyurib, maktub yubordi. Biroq 
yo‘lda misrliklar maktubni qo‘lga kiritdilar va Madinaga qaytib kelib, 
boshqa norozilar bilan birga Usmonning uyini qamal qildilar. Ular 
Usmondan xalifalikdan voz kechishni talab qildilar. Usmon rozi 
bo‘lmadi. Shunda isyonchilar uni o‘ldirdilar.  
Misrliklarning taklifiga ko‘ra (ularga kufaliklar va basraliklar ham 
qo‘shildi) Ali ibn Abu Tolib xalifa deb e’lon qilindi. Ammo sahobalardan 
Talha va az-Zubayr, shuningdek Aliga nisbatan adovatda bo‘lgan 
payg‘ambarning bevasi Oyshaning tarafdorlari unga qarshi bosh 
ko‘tardilar. Ular Alining qat’iyatsizligi va sustkashligidan foydalanib
Basrani egallab oldilar. Ayni vaqtda qatl etilgan Usmonning qarindoshi, 
Suriya hokimi Muoviya ham Aliga qarshi urush e’lon qildi. 656-yilning 
dekabrida Basra shahri yaqinida bo‘lgan «tuyalar jangi»da Ali Talha va 
az-Zubayrning kam sonli qo‘shinini tor-mor keltirdi. Oysha asir olindi. 
Lekin Ali unga izzat-ikrom ko‘rsatib, qo‘yib yubordi. Shunday qilib, eski 
muhojirlarning bir qismiga suyangan guruh tor-mor etildi. Payg‘am-
barning kuyoviga qarshi faqat birgina raqib – Muoviya qoldi. Ali o‘z 
qarorgohini Iroqning Kufa shahriga ko‘chirib, suriyaliklarga qarshi urush 
boshladi. 657-yilning iyulida Furot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin 
degan joyda yuz bergan jangda Alining qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u 
raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi. Alining harakatidan norozi bo‘lgan 
askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etib, «xorijiylar» deb 
atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. 
«Shialar» singari «xorijiylar» ham dastlab sof siyosiy firqa bo‘lgan va 
keyinchalik alohida diniy oqimga aylangan. Alining tarafdorlari shundan 
buyon «shialar» deb ataladi. Ular Ali va uning avlodlariga, shuningdek 
avloddan avlodga o‘tuvchi xalifalik – imomat g‘oyasiga sodiqdirlar.  
Ali bilan Muoviya o‘rtasidagi urush 658-yilda yana avj oldi. Biroq 
Ali maslahatchilarining so‘ziga kirib, avaal «xorijiylar»ga qarshi yurish 


86
qildi, ularning qo‘shinini Nahravon yaqinidagi jangda tor-mor keltirdi. 
Lekin «xorijiylar» oqimi yo‘q qilib tashlanmadi. Shundan beri «shialar» 
va «xorijiylar» o‘rtasidagi ixtilof murosasizlik tusini oldi.  
Hazrat Ali 661-yil 19-yanvarda Kufa masjididan chiqayotganda 
Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy degan xorijiy tomonidan jaro-
hatlandi va ikki kundan so‘ng vafot etdi. Bundan avval (660-yilda) 
Muoviya Quddusda xalifa deb e’lon qilingan edi. Oxirgi ikki yilda 
ustunlik Muoviya tarafida bo‘lgan fuqarolar urushi Alining o‘limidan 
so‘ng barham topdi. Shialar ikkinchi imom deb hisoblagan Alining katta 
o‘g‘li Hasan Muoviya bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, o‘z huquqlaridan voz 
kechdi, buning evaziga ko‘p miqdorda pul va boy mulklar olib, Madinada 
yashay boshladi. Muoviya o‘zining barcha raqiblarini afv etdi. U 
xalifalikning barcha viloyatlarida xalifa deb tan olindi (uning xalifalik 
davri 661–680-yillar). Muoviya davrida poytaxt Damashqqa ko‘chirildi, 
chunki unga asosiy tayanch bo‘luvchilar Suriyada yashaydigan arab 
qabilalari edi.  
Ummaviylar sulolasining hukmronlik davrida (661–750) xalifalik ilk 
feodal jamiyatga aylandi. Ummaviylar dunyoviy davlat qurdilar. Bu 
muhojirlar va ansorlardan iborat diniy davlat tarafdorlarining noroziligini 
kuchaytirdi. Madina muxolifat markazi bo‘lib qoldi. Lekin 
Ummaviylarning eng xavfli raqiblari shialar va xorijiylar edi. Xorijiylar 
qo‘zg‘olonlar ko‘tarishda doim quyi tabaqalar – dehqonlar, qashshoq 
badaviylar, shahar hunarmandlari va qullarga tayanardilar. Xorijiylar 
o‘tgan xalifalardan faqat Abu Bakr va Umarni tan olardilar, xolos. Ular 
o‘z oralaridan «xalifalar» tayinlar edilar, lekin ularni xorijiylarning 
o‘zlaridan boshqa hech kim tan olmasdi. Bularning barchasida ilk 
xorijiylikning demokratik xususiyati namoyon bo‘ladi. Amalda ushbu
oqimning tarafdorlari musulmonlar jamoasini davlatning oliy organi, deb 
hisoblaganlar, xalifalarga bu jamoaning xizmatkorlari sifatida qaraganlar.  
Xorijiylar ta’limotiga ko‘ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi 
va jamoaga bo‘ysunadi. Har qanday taqvodor musulmon (hatto u qul yoki 
qora tanli bo‘lsa ham) xalifa etib saylanishi mumkin. Agarda xalifa jamoa 
manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl 
etiladi. Xorijiylar fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi 
shart. 
VII asrning oxirida xorijiylar ko‘targan ko‘plab qo‘zg‘olonlar 
ummaviylardan bo‘lgan xalifalar tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi. 
Oxirgi qo‘zg‘olonlar xalifa Marvon II (744–750)ning davrida Mesopo-
tamiya va Arabistonda ko‘tarildi. Bu mashhur sarkarda qo‘zg‘olonni 


87
bostirish uchun juda ko‘p harbiy kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi. 
Ummaviylar bilan shialar ham murosaga kela olmaganlar. Ummaviylar 
bilan Alining avlodlari o‘rtasidagi xalifalik uchun kurashlar jarayonida 
islom dini ikki asosiy yo‘nalish – sunniylik va shialikka bo‘linganini biz 
yuqorida aytib o‘tdik.  
Ilk shialar faqat arablar edi. Biroq, Ummaviylar davrida bu harakat 
Iroq va Eronda ham keng tarqaldi. Shialar bu davlatlarning aholisiga 
arablar bilan teng huquqlarni berishni va’da qildilar.  
Xalifalik hokimiyatini avval Aliga, uning vafotidan keyin esa 
avlodlariga berish masalasi shialar bilan ummaviylar o‘rtasidagi kurash-
ning siyosiy maqsadiga aylandi. Bu shialarning avloddan avlodga o‘tish 
tamoyiliga asoslangan xalifalik hokimiyatini tan olishlarini anglatar edi.  
Shialarga ummaviylarga qarshi kurashning g‘oyaviy asoslari zarur 
edi. Ali Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning oilasidan chiqqanligi, 
Alining o‘g‘illari – Hasan va Husayn payg‘ambarning nabiralari ekanligi 
shialar uchun shunday asos bo‘lib xizmat qildi. Bundan tashqari, ular 
ummaviylarni Qur’on qoidalaridan chetga chiqishda va dahriylikda 
aybladilar. Yuzaga kelgan sharoitda shialar marhum Alining shaxsini o‘ta 
ilohiylashtirib yubordilar. Shialarning hadislarida u nafaqat Muhammad 
(s.a.v.) payg‘ambarga teng, balki ba’zan undan ham yuqori qo‘yiladi. 
Ular o‘rtasida Allohning Muhammad (s.a.v.)ga  aytgan quyidagi 
«so‘zlari» keng tarqalgan: «...agar sen bo‘lmasang, men osmonni yarat-
magan bo‘lardim, lekin Ali bo‘lmasa, men seni yaratmagan bo‘lardim»
1
.
Usmon to‘plab kitob shakliga keltirgan Qur’onning 114-surasiga 
shialar «Ikki ziyo» deb nomlangan yana bir surani qo‘shganlar. Bunda 
«ziyo»lardan birinchisi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar, ikkinchisi Ali, 
deya tan olingan. Shialar Qur’onning to‘plovchilarini uning mazmunida 
Alining ilk islom tarixidagi rolini pasaytirib ko‘rsatganlikda ayblaganlar.  
Sunna hadislari to‘planib, qayd etilishi jarayonida Qur’on matni va 
diniy ta’limotning mazmuni ko‘proq ummaviylarning manfaatlariga 
moslangan. Tabiiyki, shialar bu bilan kelisha olmaganlar, ular sunnani 
inkor etib, Ali va uning tarafdorlari manfaatlari bilan bog‘liq hadislardan 
iborat mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bunday to‘plamlar «Axbor» deb 
atalgan.  
Ko‘pgina islomshunoslar hadislarning bu ikki to‘plamini qarama-
qarshi qo‘ymaslik kerak, deb hisoblaydilar. Masalan, taniqli fransuz 
sharqshunosi A. Masse: «Matnlarning aksariyati umumiy bo‘lib, roviylar-
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ
:

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə