Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat organlarini tashkil qilish, 
ularning o‘zaro munosabatlari, vazifalari va vakolatlarini tushuntirib bering. 
2. Zakot va uning turlarini tushuntiring. 
3. Soliq yig‘uvchi va to‘lovchilarning huquqiy maqomini yoritib bering. 
4. «Islom moliya huquqi» tushunchasining mohiyatini ayting. 


102
UCHINCHI BO‘LIM 
7-BOB. OILA, NIKOH VA MEROS HUQUQI 
7.1. Islomda «nikoh» tushunchasi va shartlari 
Oila-nikoh musulmon huquqida mukammal darajada ishlab chiqilgan, 
keng qamrovli huquq tarmoqlaridan biridir. Ushbu huquq tarmog‘i orqali 
oila, nikoh, er va xotinning huquq va majburiyatlari, nikohni tuzish, bekor 
qilish, farzand tarbiyasi, nafaqa olish yoki berish bilan bog‘liq muno-
sabatlar huquqiy tartibga solinadi. 
«Nikoh» tushunchasi musulmon huquqida shunday shartnoma-bitim 
sifatida ta’riflanadiki, unga muvofiq nikohga kirgan xotin erkak uchun 
begona, «taqiqlangan» bo‘lmaydi. Nikoh tuzish uchun ayol yoki 
erkakning xohishi kifoya qilmaydi. Doimiy nikoh uchun ham, 
vaqtinchalik nikoh uchun nikoh duosini o‘qish va nikoh bitimini tuzish 
talab etiladi. 
Islom ulamolari, ayniqsa, Hanafiy mazhabi namoyandalari oilaviy 
hayotning yaxshi va chiroyli davom etishi uchun kelin bilan kuyov bir 
necha o‘rinlarda o‘zaro teng bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydilar. Ular 
ta’kidlagan o‘zaro tenglikning hamma davr va  makonga mos keladigani 
diyonat, iqtisod, kasb va hunardir. 
Diyonat 
deganda, ayolning e’tiqodi, dindorligi, solihaligi nazarda 
tutiladi. Bunday ayol e’tiqodsiz, gunoh ishlarni oshkora qilib yurgan er 
kishiga teng bo‘lmaydi. 
Iqtisoddan 
maqsad esa, kelin bilan kuyovning oilalari iqtisodiy 
tomondan bir-birlariga yaqin bo‘lsalar, ularning o‘zaro til topishishi oson 
va yengil bo‘ladi.  
Kasb va hunar 
deganda, kuyovning kasb-hunari kelinning otasining 
kasb-hunariga yaqinroq bo‘lishi nazarda tutilgan. 
Nikohning shartlari. Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar. 
Islom 
olimlari istilohida bu toifadagilar – «al-muharramot minan-niso», ya’ni 
ma’lum kishiga nisbatan nikohga olish, uylanishlik harom qilingan 
ayollar, deb ataladi. 
Bular ikki toifaga bo‘linadi. 
Birinchi toifa 
umuman, hech ham 
uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar. 
Ikkinchi toifa 
esa vaqtincha uylanish 
mumkin bo‘lmagan ayollardir. Ikkinchi toifadagilaridan uylanishni man 
etuvchi sabab ketsagina, ularga uylanish mumkin. 


103
Birinchi toifaga uch xil: 1) tug‘ishganlik; 2) uylanish sababli 
qarindosh bo‘lgan; 3) sut emadigan davrda yigit va qizning bir ayolni 
emganligi sababli uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar kiradi. 
Er va xotinning huquqlari. 
Er va xotin bir-birlari bilan sahih nikoh 
orqali bog‘langanlaridan so‘ng, ularda o‘zaro huquqlar ham vujudga 
keladi. Bular mushtarak huquqlar, erning xotindagi huquqlari va 
xotinning erdagi huquqlaridan iboratdir:  
1) 
mushtarak huquqlar 
er bilan xotin o‘rtasida bo‘ladigan, uni 
bajarishda hamkorlik qilish lozim bo‘lgan huquqlardir. Bunday huquqlar 
sirasiga 
sahih aqd 
– nikoh sababli bir-birlaridan foydalanish kiradi. Zero, 
Alloh taolo «Mo‘minlar» surasining 7-oyatida: «
O‘zaro or-nomuslarini 
jufti halollaridan boshqalardan saqlovchilar najot topuvchilardan
»,– 
degan. Bunga er va xotin bir-birlarining yaqin kishilari – qarindoshlarini 
hurmat qilish, oilaga keladigan daromadlarni tejamkorlik bilan sarflash, 
oila yashab turgan uy-hovlining ichki va tashqi tomonlarini ozoda saqlab, 
tug‘ilgan farzandlarni e’tiqodli, axloqli, o‘qimishli, hunarli, jamiyatga 
foydali kishilar qilib tarbiyalash, bir-birlaridan meros olish kabi burchlar 
kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 4-bobining 21-moddasida 
ham: «Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va 
xotin birgalikda hal qiladilar»,– deyilgan; 
2) 
erning xotindagi haqi
. Ma’lumki, har qanday jamiyatda, u xoh 
katta va xoh kichik bo‘lishidan qat’i nazar, uning a’zolaridan bitta 
layoqatlisi jamiyatda intizom va tarbiyani saqlash, a’zolarining huquq-
larini himoya qilish maqsadida boshliq qilib tayinlanadi. Oila ham kichik 
bir «jamiyat»dir. Islomda oila eng muhim va nozik masala bo‘lganligi 
sababli, Alloh taoloning o‘zi oilaga kim boshliq bo‘lishi lozimligini 
Qur’oni karimda ko‘rsatmalar berib, «Niso» surasining 34-oyatida: 
«
Erkaklar xotinlari ustidan rahbardirlar. Alloh ularning ba’zilarini 
ba’zilaridan ortiq qilib yaratdi. Hamda ayollarni boqish, ularga 
uylanayotganda mahr berishlari erlarning vazifalaridandir»,–
 deydi, 
chunki erlar jismonan baquvvat bo‘lib, oilani himoya qilish, a’zolarini 
tartibga chaqirish, ularga odob berish vazifalarini bajaruvchi, hissiyotga 
berilmaydigan, g‘azabi kelganda, o‘zini tuta olish xislatlari bilan 
ayollardan ajralib turadilar. Shu bilan birga, oilada bo‘ladigan noxushlik 
yoxud uning buzilishi xavfi tug‘ilgani sababli oilani tuzishga sarflagan 
mablag‘larni mulohaza qilish sifatiga ham egadirlar. Yuqorida 
ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra, taloq qilish huquqi ham erlarga berilgan. 
Oilada intizom bo‘lishi zarurligi, oila a’zolarining boshliqqa, jumladan, 


104
ayolning eriga ma’ruf, ya’ni gunoh bo‘lmaydigan ishlarda itoat etishi 
talab qilinadi. Oiladagi ichki ishlar ko‘proq ayollarning vazifasi bo‘lib, 
tashqaridagi ishlar erlarning vazifasi hisoblanadi; 
3) 
xotinning erdagi haqi
. Islomda erlarning ayollarda haqlari 
bo‘lganidek, ayollarning ham erlarida haqlari bordir. Zero, Alloh taolo 
«Baqara» surasining 228-oyatida: «
Ayollarning qilishi lozim bo‘lgan 
vazifalari bo‘lgani kabi, ularning ham foydalariga bir qancha yaxshilik 
ila qilinadigan ishlar bordir», 
«Niso» surasining 19-oyatida:
 «Ayollar 
bilan yaxshi muomalada bo‘lib hayot kechiringlar
», – deb ko‘rsatma 
bergan. Oyatda ta’kidlangan «yaxshi muomala» iborasini ulamolar, 
sizlarga ayollar yaxshi muomala qilsalar, sizlar ularga ham shunday 
muomala qilinglar, – deb tushuntiradilar. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) 
ham marhamat qilib: 
«Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahli ayoliga yaxshilik 
qiluvchilardir. Men ham o‘z ahlimga sizlardan ko‘ra yaxshi muomala 
qiluvchiman», – deganlar. 
Alloh taolo «Baqara» surasining 233-oyatida:
«Ularni (onalarni) yaxshilik bilan yedirib-kiydirish otaning 
zimmasidadir»,
 – desa, «Taloq» surasining 6-oyatida esa: «
Ayollarni o‘z 
imkoniyatlaringizga qarab turar joy bilan ta’minlanglar»,
 – deb 
marhamat qilganligi bois, erkak kishiga o‘z iqtisodiy ahvoliga qarab, 
ayolini ta’minlashi vojibdir. 
Nikohning tugatilishi. 
Musulmon huquqi bo‘yicha nikoh quyidagi 
asoslarga ko‘ra tugatilishi mumkin: a) er yoki xotindan birining vafoti 
bilan; b) erning taloq qo‘yishi; d) nikohning fas’h bo‘lishi; f) xotinning 
arizasiga muvofiq, qozining nikohni bekor qilish haqida chiqargan qarori; 
h) hul’a sababli; i) lion oqibatida. 
Erning 
taloq 
qo‘yishi nikohning bekor qilinishidir. Er tomonidan 
ushbu so‘zning aytilishi ayolni barcha xotinlik majburiyatlaridan to‘la 
ozod etadi. Bunday holatda er tomonidan berilgan mol-mulk (mahr) 
xotinda qoladi, er xotinni idda muddati o‘tguncha moddiy ta’minlab 
turishi kerak. 
Fas’h 
– er nikoh shartnomasining biror-bir shartini bajarmagani 
sababli, xotinning tashabbusiga ko‘ra ajrashishdir; biroq er-xotin 
murosaga kelib yarashsalar, bunday ajrashish haqiqiy emas, deb topiladi. 
Hul’a 
– xotinning tashabbusiga ko‘ra uzil-kesil ajrashish, bunda xotin 
er tomonidan o‘ziga ajratilgan mol-mulk (mahr)dan mahrum bo‘ladi, boz 
ustiga unga tovon puli – ivod to‘lashi shart; ivod miqdori o‘zaro 
kelishuvga ko‘ra yoki qozi tomonidan belgilanadi; 
Lion 
– bir-birini la’natlash, bunda er xotinini xiyonatda ayblaydi, 
lekin isbotlab bera olmaydi, xotin esa erini yolg‘onchilik va tuhmat 


105
qilganlikda ayblaydi; ajrashish uzil-kesil bo‘ladi, xotin o‘z mahrini 
yo‘qotadi, er esa, bunday ajrashishdan keyin tug‘ilgan bolani o‘ziniki, deb 
tan olmasligi mumkin.  

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə