Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə50/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60

A) Fransiya B) Italiya C) Angliya D) Belgiya

256. Birinchi jahon urushidan keyin Fransiyaning o‘z ittifoqdoshlari bo‘lgan Polsha va Chexoslovakiyaga nisbatan xiyonatini nimada ko‘rish mumkin.

A) 1938-yil Myunxenda Sudet viloyatini Germaniyaga berish haqidagi shartnomani imzolaganida

B) 1925-yil Germaniya bilan hech qanday hujum qilmaslik haqida kelishib olganligida



C) 1925-yil Fransiya Polsha va Chexoslovakiyaning Germaniya bilan chegaralarini kafolatlamaganligida

D) 1932-yil Fransiyaning Rossiya bilan Sharqiy Yevropa davlatlarida o‘z ta’sir doiralarini egallash haqidagi kelishuvida

257. Fransiya nechanchi yilda ikki jahon urushi oralig‘ida eng yuqori sanoat ishlab chiqarishga erishdi?

A) 1929-yil B) 1926-yil C) 1930-yil D) 1934-yil

258. Buyuk Britaniya nechanchi yilda ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi?

A) 1919-yil B) 1922-yil C) 1929-yil D) 1920-yil

259. Quyidagi qaysi davlatda “Jangovar xochlar” deb nomlangan fashistik tashkilot faoliyat olib brogan?

A) Italiyada B) Ispaniyada C) Germaniyada



D) Fransiyada

260. 1932-yilgi “Fransuz hamkorligi” fashistik tashkiloti kim tomonidan tuzilgan edi?

A) E.Errio B) Koti C) Ye.Dalade D) A.Koni

261. Myunxen shartnomasini imzolagan Fransiya hukumati rahbarini aniqlang?

A) R.Puankare B) Ye.Dalade C) L.Blyum

D) A.Mileran

262. Nima sababdan Fransiyada fashizm hokimiyatni egallay olmadi?

A) Fransiya fashizmning ijtimoiy tayanchi yo‘qligi va xalq frontining fashizmga qarshi kurashi

B) Fransiyada fashistlarga rahnamolik qiladigan shaxslarning bo‘lmaganligi

C) Fransiya hukumatining fashistlar harakatini keskin taqiqlaganligi va uning mamlakatdan haydalishi

D) Fransiyada fashistik targ‘ibotlarning amalga oshirilmaganligi

263. Millatlar Ittifoqi joriy etgan mandat tizimiga ko‘ra, Falastin, Transiordaniya, Iroq hududlarini boshqarish huquqi qaysi davlatga berildi?

A) Italiyaga B) AQSHga C) Buyuk Britaniyaga

D) Fransiyaga

264. Millatlar Ittifoqi joriy etgan mandat tizimiga ko‘ra, Germaniyaning Janubiy-G‘arbiy Afrikasini boshqarish huquqi qaysi davlatga berildi?

A) Avstraliyaga B) Yangi Zellandiyaga

C) Buyuk Britaniyaga D) Janubiy Afrika Ittifoqiga

265. Qaysi davlatda qalbaki aksiya sotishni fosh qilgan “Stavisskiy ishi” amalga oshirilgan?

A) Fransiyada B) Rossiyada C) Italiyada

D) Angliyada

266. Millatlar Ittifoqi joriy etgan mandat tizimiga ko‘ra, Avstraliya qaysi hududni boshqarish huquqiga ega bo‘ldi?

A) Yangi Zellandiya



B) Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalari C) Zanzibar orollari

D) Marshall va Marian orollari

267. Millatlar Ittifoqi joriy etgan mandat tizimiga ko‘ra, G‘arbiy Samoa orollari qaysi davlat boshqaruviga berildi?

A) Avstraliya B) Janubiy Afrika Ittifoqi



C) Yangi Zellandiya D) Fransiya

268. Qachondan boshlab Angliya “Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi” deb ataladigan bo‘ldi?

A) 1937-yildan B) 1967-yildan C) 1919-yildan

D) 1921-yildan

269. XX asrning 30-yillarida Buyuk Britaniya tashqi siyosatda ikki asosiy muammoga duch keldi. Bular …

A) Fransiyaning kuchayishi, Rossiyaning Germaniya bilan yaqinlashuvi

B) AQSHning Germaniyani qo‘llab-quvvatlashi, Turkiyaning Angliya himoyasi ostidagi Gretsiyaga harbiy tahdidi

C) Ispaniyadagi fuqarolar urushi va Xitoyga chet davlatlarning intervensiyasi

D) Fashistlarning Yevropadagi agressiv siyosati, Angliya mustamlakalarida milliy-ozodlik kurashining kuchayishi

270. Buyuk Britaniya – Germaniya dengiz bitimi nechanchi yil imzolangan?



A) 1935-yil 30-iyun B) 1928-yil 18-mart

C) 1931-yil 13-sentabr D) 1925-yil 22-aprel

271. Buyuk Britaniya – Germaniya dengiz bitimiga ko‘ra …

A) Germaniya Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining 3/1 qismiga teng dengiz floti tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

B) Germaniya Boltiq dengizi havzasidagi harbiy flotini qisqartiradigan, O‘rtayer dengiziga harbiy flot quradigan bo‘ldi.

C) Germaniya Fransiya harbiy-dengiz flotiga teng flot tuzish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

D) Germaniya La-Mansh bo‘g‘ozida harbiy baza qurish huquqini qo‘lga kiritdi.

272. “Vestministr nizomi”ga muvofiq Buyuk Britaniya dominionlari … .

A) faqat ichki siyosatda mustaqillikni qo‘lga kiritdi



B) Buyuk Britaniya bilan birga “Britaniya Millatlar Hamdo‘stligi” ga birlashdi

C) Yangi Zellandiya va Janubiy Irlandiya mustaqillikni qo‘lga kiritdi

D) o‘z xalqining plebeytsiy yo‘li bilan mustaqil bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi

273. Janubiy Irlandiya mustaqil davlat bo‘lgan yilni aniqlang.



A) 1937-yil B) 1921-yil C) 1947-yil D) 1949-yil

274. Birinchi jahon urushidan so‘ng Turkiyaga qarashli Dodekanes oroli qaysi davlatga berildi?

A) Belgiya B) Fransiya C) Italiya D) Angliya

275. Birinchi jahon urushidan keyin qaysi davlatga Fransiya harbiy-dengiz flotiga teng flotga ega bo‘lish huquqi berildi?

A) AQSHga B) Yaponiyaga C) Belgiyaga

D) Italiyaga

276. Birinchi jahon urushidan keyin Italiya o‘zi da’vo qilgan qaysi hududlarni ololmadi?

A) Triyest porti, Adriatika dengizi sohilidagi yerlar

B) Dalmatsiya, Valoniya, Simerna

C) Janubiy Tirol, Dodekanes oroli

D) Dalmatsiya, Triyest oroli, Janubiy Tirol

277. Italiyada Orlando nechanchi yillarda bosh vazir lavozimida faoliyat olib borgan?



A) 1917-1919-yillar B) 1918-1920-yillar

C) 1915-1919-yillar D) 1914-1918-yillar

278. 1918-yil Italiya Rossiyaning qaysi hududlariga qo‘shin kiritgan?

A) Uzoq Sharq va Janubiy Sibir

B) Arxangelsk, Ukraina, Bessarabiya

C) Armaniston va Ozarbayjon



D) Odessa, Murmansk, Vladivostok

279. Italiya bosh vaziri Orlando iste’foga chiqqach, bosh vazirlik lavozimini kim egalladi?

A) Jollitti B) Mussolini C) Nitti

D) Alchido de Gasperi

280. Mussolini va Vatikan o‘rtasida nechanchi yil shartnoma imzolandi?

A) 1929-yil B) 1931-yil C) 1923-yil D) 1936-yil

281. Mussolini qaysi shartnomani “Yevropa uning atrofida birlashsa arziydigan ahdnoma” deb atadi?



A) “Antikomintern pakti” B)Po‘lat bitim”ini

C) “Myunxen shartnomasi” D) “Lokarni bitimi”

282. 1937-yilga kelib Italiya … .

A) Albaniyaga hujum boshladi



B) industrial-agrar davlatga aylandi

C) Albaniyani butunlay bosib oldi

D) agrar-industrial davlatga aylandi

283. Italiya qiroli Viktor-Emmanuel III ga telegramma jo‘natib, undan hokimiyatni Mussoliniga topshirishni talab qilgan shaxslar qaysi tashkilot rahbarlari edi?

A) “Katta fashist kengashi” partiyasi

B) “Fashi di kombattimento” tashkiloti

C) “Matmak suplias” sanoat korxonasi

D) “Sanoat bosh konfederatsiyasi”

284. Quyidagi qaysi davlatda “Katta fashist kengashi” deb atalgan tashkilot faoliyat yuritgan?

A) Ispaniyada B) Italiyada C) Fransiyada

D) Ruminiyada

285. 1923-yil Gresiyaga qarashli bo‘lgan Korfu orolini qaysi davlat bosib olgan?

A) Italiya B) Yugoslaviya C) Turkiya

D) Angliya

286. 1924-yil Yugoslaviyaga qarashli Fiuma porti qaysi davlat ixtiyoriya o‘tdi?

A) Fransiya B) Chexoslavakiya C) Italiya

D) Ruminiya

287. “Vatanparvarlik ittifoqi” deb nomlangan fashistik partiya qaysi davlatda vujudga kelgan edi?

A) Italiyada B) Germaniya C) Fransiyada

D) Ispaniyada

288. Ispaniyada harbiy fashistik diktatura nechanchi yillarda mavjud bo‘lgan?



A) 1923-1930-yillar B) 1929-1939-yillar

C) 1922-1931-yillar D) 1926-1933-yillar

289. 1923-yil 13-sentabrda Ispaniyada davlat to‘ntarishi uyushtirgan Primo de Rivera kim edi?

A) Kataloniya harbiy okrugi qo‘mondoni

B) “Ispan falangasi” tashkiloti a’zosi

C) Liberal partiya rahbari

D) Siveliya viloyati gubernatori

290. 1931-yil Ispaniya respublika deb e’lon qilindi. Respublikada tuzilgan kaolitsion hukumatga kim boshchilik qilgan?

A) Primo de Rivera B) M. Asanya C) A. Kabalero

D) F. Franko

291. Ispaniyada “Ispan falangasi” deb nomlangan partiya nechanchi yilda tuzilgan?

A) 1919-yil B) 1936-yil C) 1933-yil D) 1929-yil

292. Ispaniya fashist davlatini 1939-yil 1-aprelda tan olgan davlatni aniqlang.

A) Angliya B) Italiya C) Germaniya D) AQSH

293. 1920-yil AQSH da butun dunyoda ishlab chiqarilgan neftning qanchasi ishlab chiqarildi?

A) 47 % B) 67 % C) 71 % D) 80 %

294. “Baltimor-Ogayo” deb nomlangan reja qaysi davlatda qabul qilingan?

A) Fransiyada B) Italiyada C) Ispaniyada

D) AQSHda

295. AQSH hukumati 1918-yilda qabul qilgan “Da’vatkorlik to‘g‘risidagi hujjat”ga ko‘ra, mamlakatdagi mavjud tuzum to‘g‘risida bildiriladigan har qanday salbiy fikrlar jinoyat, deb e’lon qilindi. Shunga binoan, mamlakatning qancha aholisi jazolarga mahkum etildi?



A) 2 mingdan ortiq B) 9 mingga yaqin

C) 10 mingdan ortiq D) mingga yaqin

296. Qaysi mamlakatda kasaba uyushmalari harakatining faollari bo‘lgan Sakko va Vansetti ishi amalga oshirilgan edi?

A) Kubada B) Italiyada C) Chilida D) AQSHda

297. Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning Yevropacha yo‘li – bu …

A) ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo‘li bilan hal etish

B) tadbirkorlik faoliyatini yanada o‘stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish

C) boylikning katta qismini ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflash

D) yerga ishlov berishning yangi shakllarini joriy etish orqali mayda dehqonlar ishini yengillashtirish

298. AQSHda1927-yili … dona avtomobil ishlab chiqarildi.

A) 10 mln. B) 28 mln. C) 7 mln. D) 9 mln.

299. Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning Amerikacha yo‘li – bu …

A) ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo‘li bilan hal etish



B) tadbirkorlik faoliyatini yanada o‘stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va boylikning bir qismini ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflash

C) ishsizlar sinfini korxonalar tashkil etish orqali yo‘qotish

D) yerga ishlov berishning yangi shakllarini joriy etish orqali mayda dehqonlar ishini yengillashtirish

300. “Buyuk depressiya” davrida AQSHdagi banklarning qanchasi kasodga uchradi?



A) 10 ming B) 5 ming C) 15 ming D) 3 ming

301. Tarixda “yangi ijtimoiy falsafa” deb nom olgan hodisa qaysi davlatda vujudga kelgan edi?

A) Fransiyada B) Rossiyada C) AQSHda

D) Buyuk Britaniyada

302. XX asrninh birinchi yarmida “Halol raqobat kodeksi” deb nomlangan hujjat qaysi davlatda ishlab chiqilgan edi?

A) Fransiyada B) Rossiyada C) AQSHda

D) Buyuk Britaniyada

303. XX asrning 20-yillariga qadar Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan davlatni aniqlang.

A) Fransiya B) Rossiya C) AQSH

D) Buyuk Britaniya

304. XX asrning 20-yillari oxiriga kelib Lotin Amerikasiga sarmoya joylashtirish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan davlatni aniqlang.



A) AQSH B) Rossiya C) Fransiya

D) Buyuk Britaniya

305. Nechanchi yilda AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqida qonun qabul qilindi?

A) 1929-yil B) 1936-yil C) 1935-yil D) 1932-yil

306. AQSHning qaysi prezidenti talabi bilan 1921-1922-yillardagi Vashington konferensiyasini chaqirilgan edi?

A) G. Guver B) U. Garding C) K. Kulij

D) V. Vilson

307. 1928-yilga kelganda Lotin Amerikasining nechta davlati AQSHga moliyaviy qaram bo‘lib qoldi?

A) 20 ta B) 11 ta C) 9 ta D) 14 ta

308. AQSH Kongressi qachon “Fermerlarga yordam haqida”gi qonunni qabul qildi?

A) 1935-yil 18-iyulda B) 1932-yil 7-martda

C) 1933-yil 12-mayda D) 1936-yil 11-iyulda

309. 1930-yil Londonda o‘tkazilgan konferensiyada qaysi davlat harbiy-dengiz floti Buyuk Britaniyaniki bilan bir xil qudratga ega bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi?



A) AQSH B) Rossiya C) Fransiya

D) Germaniya

310. AQSH tarixida kim to‘rt marta ketma-ket prezidentlikka saylangan yagona shaxs hisoblanadi?

A) T. Ruzvelt B) U. Garding C) F.Ruzvelt

D) V. Vilson

311. I-jahon urushidan keyin Lotin Amerikasining qaysi davlatida butun hokimiyatni amalda qahva oligarxiyasi qo‘lga oldi?

A) Kuba B) Braziliya C) Peru D) Venusiela

312. I-jahon urushidan keyin Lotin Amerikasining qaysi davlatlari iqtisodiy jihatdan nisbatan taraqqiy etgan davlatlar edi?



A) Argentina, Chili, Urugvay

B) Braziliya, Kuba, Paragvay

C) Peru, Argentina, Kolumbiya

D) Nikaragua, Gonduras, Salvador

313. XX asrning birinchi yarmida I. Irigoyen qaysi davlatda liberal islohotlarni amalga oshirgan?

A) Braziliyada B) Chilida C) Kubada



D) Argentinada

314. F. Ruzvelt AQSH prezidenti etib saylangach, birinchi ishni …

A) “Sanoatni qayta tiklash to‘g‘risidagi” qonunni qabul qilishdan boshladi

B) “Halol raqobat kodeksi” deb atalgan hujjatni imzolashdan boshladi



C) banklarni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlardan boshladi

D) fermerlarga davlat byudjetidan katta miqdorda pul ajratishdan boshladi

315. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi nima sababdan Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiyotiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi?

A) bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti chet el bozoriga bog‘liq bo‘lganligi va xorijiy kapitalga qaramligi

B) bu davlatlarning faqatgina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarganligi

C) bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti AQSH ning kapitaliga qaramligi

D) bu davlatlarning iqtisodiyotida natural xo‘jalikning ustun bo‘lganligi

316. AQSHning qaysi prezidenti Lotin Amerikasi davlatlari bilan “yaxshi qo‘shnichilik” siyosatini e’lon qilgan?

A) V. Vilson B) U. Garding C) K. Kulij



D) F. Ruzvelt

317. AQSHning qaysi prezidenti Lotin Amerikasiga nisbatan intervensiyadan voz kechganligi hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi haqida bayonot bergan?

A) V. Vilson B) U. Taft C) T. Ruzvelt

D) F. Ruzvelt

318. XX asr boshida Germaniya sarmoyasi Lotin Amerikasining qaysi davlatlari iqtisodiyotiga joylashtirilgan edi?



A) Argentina, Braziliya, Chili, Paragvay

B) Kolumbiya, Ekvador, Kuba, Gaiti

C) Gvatemala, Peru, Venusuela, Kuba

D) Braziliya, Meksika, Panama, Kosta-Rika

319. Germaniya fashistlari Lotin Amerikasida ham fashistik tashkilotlar tuzishga urindilar. Ularning rejasiga ko‘ra, qaysi davlatlar fashizm ekspansiyasining Lotin Amerikasidagi tayanchlari bo‘lishi kerak edi?

A) Peru va Chili B) Argentina va Braziliya

C) Ekvador va Peru D) Paragvay va Urugvay

320. Quyidagi qaysi davlatda 1930-yil davlat to‘ntarilishi amalga oshirilishi natijasida J. Vargas diktaturasi o‘rnatildi?

A) Argentinada B) Meksikada C) Kubada

D) Braziliyada

321. Braziliyada 1935-yil fashizmga qarshi kurash kurash maqsadida tuzilgan tashkilotni aniqlang.

A) “Braziliya milliy harakati kengashi”

B) “Buyuk ozodlik fronti”



C) “Xalq fronti umumbraziliya tashkiloti milliy ozodlik Alyansi”

D) “Vatanparvarlik ittifoqi”

322. Birinchi jahon urushidan keyin qaysi davlat bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi?

A) Argentina B) Braziliya C) Kanada

D) Kosta-Rika

323. Birinchi jahon urushidan keyin qaysi davlat go‘sht mahsulotlari eksporti bo‘yicha birinchi chiqib oldi?

A) Kanada B) Peru C) Kuba D) Argentina

324. Birinchi jahon urushidan keyin qaysi davlat bug‘doy eksport qilish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi?

A) Argentina B) Braziliya C) Kanada

D) Kosta-Rika

325. Qaysi davlatda general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to‘ntarishi o‘tkazildi?

A) Kanadada B) Meksikada C) Kubada

D) Argentinada

326. Tarixga “Savedro Lamas pakti” nomi bilan kirgan hujjatning mohiyatini aniqlang.



A) Lotin Amerikasi davlatlari va AQSH o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik va yarashuv to‘g‘risida

B) Meksika neftini Lotin Amerikasi davlatlariga eksport qilish haqida

C) Lotin Amerikasi davlatlarining AQSH ekspansiyasini cheklashga oid shartnomasi

D) Argentinada cherkovning barcha mulklarini davlat mulkiga aylantirish haqida

327. 1917-yilning 5-fevralida qaysi davlatda demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi?

A) Braziliyada B) Kubada C) Argentinada



D) Meksikada

328. 1938-yilning mart oyida Meksika hukumati qaysi sohani milliylashtirish haqida qaror qabul qildi?

A) metal ishlab chiqarish sanoatini

B) neft sanoatini

C) toshko‘mir va gaz ishlab chiqarish sohasini

D) fan va maorif tizimini

329. Kubaning birinchi jahon urushida ishtiroki asosan qanday xizmatdan iborat bo‘ldi?

A) Yevropaga qand-lavlagi mahsulotlarini jo‘natishdan

B) Yevropaga tibbiy xizmat guruhlarini jo‘natishdan

C) Yevropaga kiyim-kechak jo‘natishdan

D) Yevropaga harbiy-texnika jo‘natishdan

330. XX asrning 20-yillarida Kuba eksportining 90 % ini qaysi mahsulot tashkil etgan?

A) kauchuk B) ko‘mir C) qand D) qahva

331. 1933-yil Kubada prezidentlik lavozimiga saylangan San Martin asli …



A) Gavana universiteti professori edi

B) Kubaning AQSHdagi elchisi edi

C) qahva oligarxiyasining rahbari edi

D) mamlakat bosh vaziri edi

332. XX asrning 30-yillarida F. Batista diktaturasi qaysi davlatda o‘rnatilgan edi?

A) Kanadada B) Meksikada C) Kubada

D) Argentinada

333. 1917-yilning 26-oktabrida Germaniyaga urush e’lon qilgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang.

A) Argentina B) Braziliya C) Kanada D) Kuba

334. Meksikada nechanchi yil ruhoniylarning siyosatga aralashuvini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi?



A) 1926-yil B) 1928-yil C) 1933-yil D) 1919-yil

335. 1934-yilda qilgan Lotin Amerikasining qaysi davlatida “Agrar kodeks” kuchga kirdi?

A) Kanadada B) Meksikada C) Kubada

D) Argentinada

336. 1917-yilning 17-aprelida Germaniyaga urush e’lon qilgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang.

A) Argentina B) Braziliya C) Kanada D) Kuba

337. XX asrning 20-yillariga kelib Kuba qandiga talabning kamayishiga sabab bo‘lgan omilni aniqlang.

A) Kubada boshqa turdagi sanoatning ham rivojlanishi

B) Kubadagi qand ishlab chiqaruvchi zavodlarga AQSH monopoliyasining o‘rnatilishi

C) Yevropada qand ishlab chiqarishning ko‘payishi

D) Yevropa davlatlarining Sharq davlatlari bilan tuzgan manfaatli shartnomalari

338. 1931-yilgi Kubadagi norozilik harakatlari natijasida qaysi universitet yopib qo‘yildi?

A) Machado universiteti B) Mansanilo universiteti

C) Guantanamo universiti D) Gavana universiteti

339. Qaysi davlatda 1938-1940-yillarda Roberto Ortis prezidentlik lavozimida bo‘ldi?

A) Braziliyada B) Kubada C) Argentinada

D) Meksikada

340. Ikkinchi jahon urushiga qadar Braziliyada qaysi yillarda konstitutsiya qabul qilingan?

A) 1891, 1934-yillar B) 1889, 1933-yillar

C) 1891, 1938-yillar D) 1888, 1928-yillar

341. Birinchi jahon urushi yillarida Amerika Qo‘shma Shtatlari monopoliyalari … miqdorida sof daromad ko‘rdilar.

A) 28 mlrd dollar B) 35 mlrd dollar

C) 47 mlrd dollar D) 23 mlrd dollar

342. 1923-yilda AQSHda ishchi tashkilotlar “Baltimor-Ogayo” deb nomlangan rejani qabul qilishlariga erishdi. Unga ko‘ra, …

A) kasaba uyushmalariga ishchilarning ish tashlashiga ruxsat beruvchi vakolat berildi

B) ishchilarning ish tashlashi natijasida korxonalarning ko‘rgan zararini kasaba uyushmalari to‘lamaydigan bo‘ldi



C) mulkdorlar ishchilar maoshini oshirish majburiyatini oldilar

D) korxona egalari vakolatlari kengaydi, yirik korxonalar davlat tasarrufiga olindi

343. AQSHda 1920-1930-yillar oralig‘ida fermer xo‘jaliklari sonining kamayishiga sabab bo‘lgan omilni aniqlang.

A) ishchilarning ommaviy ish tashlashlari

B) yer-mulklarning davlat tasarrufiga o‘tkazilishi

C) mamlakatga qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi

D) fermer xo‘jaliklari egalarining bank kapitalidan foydalanmasligi va qishloq xo‘jaligining zamonaviy texnologiyalaridan bexabarligi

344. AQSHning 32-prezidenti F. Ruzvelt nechanchi yillarda yashagan?

A) 1889-1944-yillar B) 1890-1946-yillar

C) 1888-1945-yillar D) 1882-1945-yillar

345. AQSHda 1929-yilda boshlangan “Buyuk depressiya” natijasida qancha bank sindi?



A) 10 ming B) 15 ming C) 20 ming D) 8 ming

346. AQSHda boshlangan “Buyuk depressiya” davrida president F. Ruzvelt mamlakatdagi banklarni saqlab qolish uchun qanday yo‘l tutdi?

A) barcha banklarga davlatdan qarz olishga ruzsat berdi

B) barcha banklarni tugatib, yagona davlat banki tashkil qildi

C) chet el korxonalariga qo‘yilgan bank kapitallarini qaytarish orqali bankni saqlab qoldi

D) faqat eng yirik banklarga davlat qarzi olishga ruxsat etildi

347. AQSH Kongressi “Buyuk depressiya” davrida “Fermerlarga yordam haqida”gi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, …

1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari oshirildi; 2) fermerlar bankdan xohlagan miqdorda kredit olishi belgilandi; 3) fermerlar ekin maydoni va chorva mollari sonini qisqartirish haqida davlat bilan shartnoma tuzishlari lozim bo‘ldi va shunday qilgan fermerlarga mukofot belgilandi; 4) fermerlarning qarzi davlat hisobiga o‘tkazildi yoki uni to‘lash noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi; 5) nihoyatda nochor fermer xo‘jaliklari tugatildi; 6) fermerlar 3 yilga barcha davlat soliqlaridan ozod etildi.

A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 6

348. XX asrning 20-yillarida AQSH tashqi siyosatida ikki yo‘nalish: izolyasionalizm va internatsionalizm tarafdorlari o‘rtasida doimiy kurash jarayoni bordi. Internasionalistlar qanday tadbir tarafdorlari edilar?

A) AQSH jahon siyosatining faol ishtirokchisi bo‘lishi tarafdorlari edilar

B) AQSHning qimmat turuvchi tashqi siyosiy tadbirlarga pul va mablag‘ sarflamasligi lozimligining tarafdorlari edilar

C) AQSHning eng avvalo ichki muammolar bilan shug‘ullanish tarafdorlari edilar

D) Amerika qit’asidagi barcha davlatlarni birlashtirish tarafdorlari

349. Jahon iqtisodiy inqirozi (Buyuk depressiya) yillarida faol siyosat olib borgan AQSH prezidentlarini aniqlang.

A) K. Kuluj va G. Guver

B) U. Garding va F. Ruzvelt

C) K. Kuluj va U. Garding



D) G. Guver va F. Ruzvelt

350. Birinchi jahon urushi davrida Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiyoti tez sur’atlar bilan o‘sa boshlashiga sabab nima edi?

1) I-jahon urushida qatnashayotgan davlatlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosi va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga nisbatan talabning ortib ketganligi; 2) urush tufayli Yevropadan keltiriladigan tayyor mahsulotlar keskin kamayganligi; 3) jahon bozorida xomashyo va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxi ko‘tarilganligi; 4) ishlab chiqarish texnikasining Yevropaga nisbatan zamonaviylashtirilganligi.

A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4



Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə