Akmeologiyaning predmeti va uning fanlar tizimida tutgan o‘rni


Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-



Yüklə 27,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü27,79 Kb.
#183879
1   2   3
Mustaqil ta\'lim

Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-
uslubiy yo‘naltirilganligi

Akmeologiya, ilmiy bilimning har qanday boshqa sohasi 
kabi nafaqat uning kategorial-metodologik fan sifatida 
izohlovchi umumilmiy prinsiplarga ega, balki uni 
predmetga oid-uslubiy bilimning o„ziga xos sohasi sifatida 
ifodalovchi muayyan fanga oid xususiyatlariga ham ega. 
Akmeologiya shakllanib kelayotgan ilmiy fan bo„lganligi 
sababli uning predmetga oid-uslubiy xususiyati va 
kategorial-uslubiy doirasini aniqlash, hal etilishiga ma‟lum 
darajada muayyan akmeologik tadqiqotlarni kelgusidagi 
rivojlanish yo„llari bog„liq bo„lgan alohida 
loyihalashtiriluvchi vazifani aks ettiradi. 



Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan bog‘liqligi

Akmeologiyaning zamonaviy jamiyatshunoslik fanlari – 
amaliy, ijtimoiy fanlar kabi fundamental, falsafiy fanlar 
bilan aloqlari nimada namoyon bo„ladi? Aloqalar, 
jumladan, falsafa bilan aloqasi ikkita asosiy yo„nalish 
bo„ylab amalga oshiriladi: dunyoqarashga oid va 
metodologik. Oxirgi holatda falsafa akmeologiyani, bir 
tomondan, inson haqidagi yondash fanlar bilimlarini 
o„zlashtiruvchi va rivojlantiruvchi, boshqa tomondan esa 
uning kasbiy-ijodiy mahoratining shakllanishi haqidagi 
o„ziga xos tasavvurlarni ajratib ko„rsatuvchi va ishlab 
chiquvchi kompleks fan sifatida qurish vositasini belgilab 
beradi.



Akmeologiyaning insonni anglash tizimi bilan o‘zaro 
munosabati

Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan o„zaro 
aloqasidan farqli ravishda, uning inson haqidagi fanlar 
bilan o„zaro munosabatini ifodalovchi asosiy toifasi ijod 
demakdir. Aynan shu toifa akmeologiya uchun asosiy 
hisoblangan hamda akmeologiyaning inson haqidagi 
yondash fanlar bilan o„zaro munosabatida ochib berilgan 
mahorat, rivojlanish, iqtidor, qobiliyat, kreativlik, 
takomillashtirish, evristika, refleksika, tafakkur, shaxs, 
individuallik va qator boshqa tushunchalarni belgilab 
beradi.



Akmeologik yondashuv bazaviy jihatlari sifatida yoshga, 
ta‟limga, kasbga oid xususiyatlar ajratib ko„rsatiladi. Ular 
bioijtimoiylikning dastlabki asosi sifatida sub‟ektning o„z 
kasbiy mahoratini oshirishga yo„naltirilgan faolligini 
namoyon qilish uchun ob‟ektiv maydonni belgilab 
beradilar. Ushbu faollikda akmeologik imkoniyatlarni 
amalga oshirishning sub‟ektiv maydonining quyidagi kelib 
chiqqan (bazaviy jihatlarga nisbatan) akmeologik jihatlari 
ajratib ko„rsatiladi: kreativ, ekzistensial, kultural 
(madaniy). Akmeologik jihatlarning asosiylari kabi, 
ulardan kelib chiqqan barcha toifalariga oid tizimning 
o„zaro ta‟siriga nisbatan tizim hosil qiluvchi omil sifatida 
mahorat refleksivligi namoyon bo„ladi.

Yüklə 27,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə