Alisher navoiy asarlaridagi iqtisodiy qarashlarning ilmiy nazariy tahlili



Yüklə 430,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.04.2023
ölçüsü430,99 Kb.
#105872
növüАнализ
1   2   3   4   5
Ismailova Fazilat Xabibullayevna

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 –TOM 2 – SON / 2023 - YIL / 15 - FEVRAL 
www.bestpublication.org
 
271 
iqtisodiy rivojining asosi deb ta‟rif bergan. Alisher Navoiyning iqtisodiy qarashlari va 
g„oyalari uning “Hiloliya”, “Vaqfiya”, “Mahbub ul-qulub”, “Hotami Toyiy”, asarlarida 
o„z aksini topgan. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari - 
bu 1469-yilda Husayn Boyqaroning taxtga kelishiga bag`ishlanib yozilgan "Hiloliya" 
asaridir. U shaxsning tarixdagi o„rniga katta e‟tibor berib, mamlakatning iqtisodiy-
siyosiy ahvoli mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog„liqligini aytib 
shunday deydi: “Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa 
va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o„zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat 
bo„ladi, agar aksi bo„lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo„ladi”. Husayn Boyqaro 
hukmronlik qilgan davrda hazrat Navoiy mamlakatda markazlashgan saltanat vujudga 
kelishi, viloyatlar obod etilishi, qishloqlarda dehqonchilik, shaharlarda hunarmandchilik 
va savdoning kengayib taraqqiy etishi yo„lida xizmat ko„rsatadi va saltanat tarixida 
nisbiy rivojlanish ko„zga tashlanadi. Asarda Alisher Navoiyning irrigatsion inshootlar 
qurilishiga ham sezilarli hissa qo„shganligini kuzatishimiz mumkin. Navoiy Markaziy 
Osiyo sharoiti uchun irrigatsion inshootlarni kengaytirish - iqtisodiy rivojlanishga olib 
boruvchi muhim omillardan biri ekanligini ta‟kidlagan. Uning rahnamoligi ostida 70 dan 
ortiq kanallar va ariqlar qazildi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq xo„jaligida 
yetishtiriladigan hosildan olinadigan daromad tashkil etgan. Tarixdan ma‟lumki, o„sha 
davr feodal jamiyatda irrigatsiya inshootlarini qurishni kengaytirish iqtisodiyotini 
rivojlantirishga keng ta'sir ko„rsatgan. Navoiy feodalizm davrida asosiy ishlab chiqarish 
vositasi bo„lgan yerni kengaytirishga, uning mahsuldorligini oshirishga katta e'tibor 
qaratgan. 
Navoiy boylikni ikki yo„l bilan topish mumkin, deydi. Birinchi yo„li - bu o„z 
mehnati bilan iqtisod qilib boylikni to„plash, orttirish, yig`ish va o„ziga to„q yashash. 
Bunday boylik to„plashga Navoiy hayrihohlik bildirdi. U olingan va to„plangan boylikni 
uch qismga bo„lib, birinchi qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o„zining va 
oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun 
sarflashga chaqiradi. Masalan, 1482-yilda yozilgan "Vaqfiya" asarida A.Navoiy shaxsan 
o„zining yerlaridan olingan daromad misolida daromadning o„z harajatlari va oila ahliga 
yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga 
chaqirgan. Boylik topishning ikkinchi yo„liga esa, ya'ni o„g`rilik, ta'magirlik va zo„rlik 
hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan 
nafratlanadi va shu yo„l bilan boylik orttirayotgan kishilarni jamiyat hisobiga 
yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir, deb ta'riflaydi. 
Shuningdek, "Vaqfiya" asarida Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qildirgan mulk
yerlari haqida, vaqfiy joylardagi idora yoki xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin 
qilingan maosh, o„rnatilgan tartib-qoidalar, xayriy marosimlar, binolar ta'miri haqida 
so„z ketadi va hokazo. Bu qaydlar orasida muallifning talabalar va mudarrislar hamda 
ularga belgilangan maosh sistemasi diqqatiga sazovordir. Masalan, har bir mudarrisda 
11 tadan talaba bo„lishi kerak, talabalar esa o„zlashtirishlari darajasiga qarab a'lo, o„rta 



Yüklə 430,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə