Alisher navoiy asarlaridagi iqtisodiy qarashlarning ilmiy nazariy tahlili



Yüklə 430,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix16.04.2023
ölçüsü430,99 Kb.
#105872
növüАнализ
1   2   3   4   5
Ismailova Fazilat Xabibullayevna

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 –TOM 2 – SON / 2023 - YIL / 15 - FEVRAL 
www.bestpublication.org
 
272 
va past guruhlarga bo„linadi va maosh belgilanadi. Mudarrislar madrasa qoshida 
yashashlari kerak, aks holda ular belgilangan maoshning yarmini oladilar. 
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan yana biri 1500-yilda yozilgan "Mahbub-ul-
qulub" asaridir. Ushbu asarda Navoiyning iqtisodiy fikrlari mujassamlashgandir. 
Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar 
jamiyatda moddiy ne'mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda 
muhim o„rin tutadi. A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to„g`risida 
quyidagi fikrlarni bildiradi: "Don sochuvchi dehqon yorish bilan rizq yo„lini 
ochuvchidir". 
Navoiy ishlab chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, 
ya'ni ishchi kuchidir, degan fikrni bildiradi. Uning fikricha, dehqon o„z mehnati bilan o„z 
ehtiyojiga zarur bo„lgan mahsulotni keragidan ko„proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning 
ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. 
Dehqoni azalki, tuzdi bu turfa chaman
Qilmadi aning barcha nabotini hasan. 
Bir sari agar ekti gulu sarvu suman 
O„zga sari tikti xasu xoshoku tikan. 
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo„lgan savdogarlarning o„zini ham ikki 
guruhga bo„ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi savdogarlar 
guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan 
savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga 
xayrihoxlik bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy ko„z 
bilan qaraydi. Ular o„z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga boyiydi. Shuning 
uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun zarardir, deydi. Savdogarning asosiy 
maqsadi foyda olishdir. 
Biri yuz bo„lishidan boshida savdo to„la, 
Bo„zi shoyi bo„lishidan ko„nglida istak ko„p. 
Bu yerda savdogar Navoiyning "Hotam Toyiy" asaridagi o„tin teruvchi cholga 
qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib o„tin teradi va bu o„tinni bozorga olib 
borib, pulga sotadi. O„tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni iste'mol mahsulotlari sotib oladi. 
Bu joyda "tovar - pul - tovar" jarayoni boradi. O„tinchi cholning ayirboshlashdan 
ko„zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib 
olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi 
bo„ladi, deydi. Qo„ygan oz puli ko„p bo„lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni 
ayirboshlashdan maqsad qiymatdir yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. Demak, 
Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan biri mavjud bo„lgan. U shahar 
olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: "Shahar olibsotarlari xiyonatchi, o„ziga foyda 
va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, arzon olib qimmat sotish 
uning orzusi. Olishda shoyini bo„z deydi, sotishda bo„zni maqtab shoyi deydi. Molini 



Yüklə 430,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə