Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

 
26 
 
 


132
«Matematika va informatika o’qitish usulubiyati» o’quv kursi bo’yicha 
ma’ruza mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning 
konseptual asoslari 
O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda 
o’zining munosib o’rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini 
ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu 
islohotlarning samarasi bevosita ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis 
kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. 
Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar 
tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi 
taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy 
vazifalaridan 
biriga 
aylandi. 
1997 
yilda 
qabul 
qilingan 
O’zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini 
belgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr 
boshlanishiga zamin yaratdi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi 
sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, 
yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab 
muammolarni yechimini topib, ularni amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi 
xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida 
bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish
o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik 
vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy 
qilishdan iboratdir.
«Matematika va informatika o’qitish usulubiyati
» 
kursining maqsad 
vazifasiga matematika va informatika o’qitish usullari zamonaviy muammolarini 
va 
uning 
rivojlanish 
tendensiyasini 
bilishi;zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalarning matematika o’qitishda foydalanish usullarini egallashi;o’zining 
o’quv jarayonida va kelgusidagi professional faoliyatida matematika va 
informatika o’qitish usullaridan foydalana olish; matematika va informatika 
o’qitish usullarini qo’llay olishi; matematika va informatika o’qitish usullari
nazariy asoslari va o’qitish prinsiplari asosida pedagogik faoliyatni samarali 
amalga oshira olish kiradi. 
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining 
mahoratigagina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim 
darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa 
ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan 
hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim 
barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea-
hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar 


133
natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. 
Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim 
individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan 
kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga 
beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa 
ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, 
tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va 
o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: 
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, 
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik 
texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni 
undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik
tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot 
yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa 
tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. 
Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Matematika va informatika o’qitish 
usulubiyati

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə