|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullaridokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida»
o’quv kursi bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi
asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu
esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish
maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv.
Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv.
Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi
ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Demokratlilik, tenglik, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni,
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim.
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
|
|
|