Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

» 
o’quv kursi bo’yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi 
asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz: 
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu 
esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining 
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish 
maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv.
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida 
mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini 
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv.
Shaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 
Dialogik yondoshuv.
Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning 
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning 
natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi 
ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
Demokratlilik, tenglik, ta’lim 
beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi subyektiv munosabatlarda hamkorlikni, 
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda 
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim.
Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali 
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni 
obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani 
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. 


134

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə